So’nggi yangiliklar

11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  6 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  2 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  11 10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  6 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  5 09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  5 08:57«Атлетик» афсонаси Икер Муниаин ёзда жамоадан кетишини маълум қилди  5 08:34Фернандо Торрес қайси жамоани бошқариши маълум  5 08:10«Барселона» «Манчестер Сити» етакчиларидан бирини 50 миллион еврога сотиб олиши мумкин  5 07:44Клопп кечаги мағлубиятдан сўнг чемпионлик имкониятлари ҳақида гапирди  13 07:20Лига 1. "Монако" - "Лилль" 1:0  1 07:15Лига 1. "Лорьян" - ПСЖ 1:4  1 07:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Шеффилд" 4:2  1 07:05АПЛ. "Эвертон" - "Ливерпуль" 2:0  0

"Spartak"ning chempionligini o'zbek palovi bilan nishonladim. Leonid Fedunning intervyusi Yangiliklar

"Spartak"ning chempionligini o'zbek palovi bilan nishonladim. Leonid Fedunning intervyusi

Teglar :  Leonid Fedun
"Spartak" direktorlar kengashi raisi Leonid Fedun "MatchTv" telekanaliga intervyu berdi.

- Oltin medallarni qaerda nishonlashga kelishib oldingiz?

- Aniq bo'ldi. 8 iyul kuni muxlis, veteran, homiy va sanatkorlarni yig'amiz. Bayram uyushtiramiz, jamoaga oltin medallar topshiriladi.

- Yana muxlislarni maydonga chiqarib yuborasizmi?

- Yo'q, bunaqasi takrorlanmaydi. Aslida avvallari ham shunday nishonlanar edi. So'nggi marotaba 1992 yilda bu sodir bo'lgan. SHundan so'ng g'alabalar biroz xotirjamroq nishonlana boshlandi, muxlislar maydonga yugurib chiqishmadi. Bu safar hammasi chiroyliroq bo'ldi. Bayram faqat stadionda bo'lib, shaharda o'tmaganidan xursandmiz.

- Ivan Urgantning efirida chempionlik haqida tennis va dushdan keyin bilganingizni aytdingiz. Qanday nishonladingiz? Jamoa emas - shaxsan siz.

- Oilaviy yig'ilish bo'ldi. O'g'lim va uning do'stlari kelishdi, o'zbek oshini olib kelishdi. Biroz vino ham ichdik.

- "Spartak" himoyasida rotaciya bo'ldi: Isaurralde, Serxio Rodriges, Fati, Suxi, Parexa, Joao Karlos, Brizgalov... Buning boshqa tomoni - bir-birini tushunmaslik.

- Bu savol bosh murabbiyga. Ammo rotaciya muhim.


- RFPL tijoratlashtirilishidan mamnunmisiz?

- Ko'p o'yinlar Premer-liganing darajasiga mos kelmaganidan so'ng, qanday qilib bundan mamnun bo'lishim mumkin? Marketing - mahsulot sifatiga bog'liq. Futbolni rivojlantirish strategiyasidagida yozilganidek rus futbolining mashhurligi va darajasini ko'tarish kerak. Buning uchun milliy jamoaning muvaffaqiyati kerak. Bunga esa - klubda o'stiriladigan sifatli futbolchilar lozim. Bularning barchasi malum bir sharoitda birlashishi mumkin. Jahon chempionati va Konfederaciyalar Kubogi bunga turtki bo'ladi degan umiddaman.

- "Spartak" liga yig'ilishida qanday o'zgarishlarni taklif qildi?

- Hech qanday.

- Hamma narsa sizni qoniqtiradimi?

- Klub ichki muammolari bilan band edik. "Strategiya-2030" konferenciyasida taklif bildirganman.

- Aynan qanday?

- Bu muhimmi?

- Agar nimadir qoniqtirmasa, klubning niyati - vaziyatga tasir ko'rsatish.

- Unga shunday tasir ko'rsatamiz: "Men kabi bajar". O'zimizning namunamizda ishontiramiz: Rossiya futboli mashhur bo'lishi mumkin. "Spartak"ning muxlislari soni ortmoqda. Har bir uchrashuvda etarlicha pul ishlab olyapmiz, ammo o'rtacha darajadagi RFPL jamoasidek. Marketing loyihalarini ishga tushiryapmiz, homiylarni jalb qilmoqdamiz va bular "Spartak"ni sevuvchi, uning brendini tushunadiganlar. Savol berishga haqqimiz bormi: Nega qolganlar bunday qilishmayapti?

- To'g'risini ayting: Xususiy klub sifatida, davlat jamoalari bilan raqobatdan charchamadingizmi?

- Ammo men g'alabaga erishdim-ku!

- "Tushino-2018" loyihasi qachon to'liqf ishga tushadi? Qachon pullar daryo kabi oqib keladi?

- Daryodek oqmaydi: Loyiha hozir barqarorlikka yaqinlashmoqda. Rubl devalvaciyasidan so'ng, afsuski, daromadlar tushib ketdi. Faqat valyutaga bog'liq bo'lgan futbolchilarning maoshi oshdi. Mehmonxona, koncert zali, Tushinodagi boshqa infratuzilmalar quriladi. Tez orada klub bazasini topshiramiz. Loyiha 2027 yilgacha mo'ljallangan.

- Bazani tadbir sifatida ochasizlarmiz?

- Poezd biroz o'tib ketdi: U hozir Konfederaciyalar Kubogida ishlatiladi.

- Ayni damda "Spartak" futbolchilariga transfer takliflari bormi?

- Xaridlar borasida g'oyalar bor, ammo ularga izoh bermayman. Karrera o'z intervyusida 3-4 poziciyani kuchaytirish kerakligini aytgan. "Spartak" futbolchilariga takliflar bo'lmadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика