So’nggi yangiliklar

01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  18 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  3 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   0 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  8 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  5 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  4 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  11 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  150 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  29 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  17 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  11 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  5

So'nggi 10 yilni xorijlik murabbiylarsiz o'tkazdik Yangiliklar

So'nggi 10 yilni xorijlik murabbiylarsiz o'tkazdik

O'zbekiston terma jamoasi oxirgi 10 yilni faqat mahalliy murabbiylar qo'l ostida o'tkazdi.

2006 yil yanvar oyida rossiyalik Valeriy Nepomnyashiy O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan, yil oxiriga kelib u o'z lavozimini tark etgandi. 2007 yildan to hozirgi kunga qadar milliy terma jamoamizda 4 nafar mahalliy murabbiy faoliyat olib bordi xolos. O'FF shu davr mobaynida umuman xorijlik bosh murabiy xizmatiga murojaat qilgani yo'q.  2018 yilgi mundial ham sarobga aylangach ko'plab muxlislar terma jamoamizga kuchli xorijiy murabbiy kelishini kutishni boshlashdi. O'FF yangi rahbarlari ushbu holatga abatta etibor qaratishlariga ishonamiz.

Mana shu 10 yil ichida Osiyoning boshqa terma jamoalarida necha nafar xorijlik murabbiylar ishlashganiga etibor qaratamiz.

ERON
2011 yildan buyon ushbu terma jamoani portugaliyalik Karlos Keyrush boshqarib kelayotganidan muxlislarimizning xabarilari bor. Juda qaysar va tartibni yaxshi ko'ruvchi qattiqqo'l murabbiy bir necha bor Eron futbol Federaciyasi rahbariyati bilan urishib qolishi natijasida termadan ketishi haqida bayonot bergan, lekin 6 yil davomida uzluksiz ravishda "Melli" jamoasini ajoyib tarzda boshqarib kelmoqda. Aleks Fergyussonning sobiq yordamchisi boshchiligida forslar 2014 va 2018 yilgi Jahon chempionatlariga yo'llanma olishdi. 2015 yilgi Osiyo Kubogida chorak finalga qadar etib borishdi. Keyrush qo'l ostida Eron 74ta o'yin o'tkazib atiga 8 marta mag'lub bo'ldi hamda 46ta g'alaba, 20ta durang qayd etdi. 2009 yil germaniyalik Erik Rotmyuller ikki oy mobaynida bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi bo'lib ishlaganini inobatga olmasa oxigi 10 yilda ushbu jamoada Keyrushdan boshqa xorijlik murabbiy faoliyat olib bormadi.



SAUDIYA ARABISTONI

Bosh murabbiyni juda tez va juda ko'p almashtiradigan terma jamoa aynan Saudiya Arabistoni hisoblanadi. 2007 yildan buyon ushbu jamoada 11 marta bosh murabbiy almashdi. Braziliyalik Xelio Dos Anjos boshchiligidagi arablar 2007 yilgi Osiyo Kubogida finalga qadar etib borishdi va Iroqqa yutqazib qo'yishdi. Portugaliyalik Joze Pezeyru bu jamoani deyarli ikki yil davomida (2009 yil fevraldan 2011 yil yanvariga qadar) boshqardi. Qatardagi Osiyo Kubogida jamoa guruhdan ham chiqa olmagani uchun istefoga chiqqandi. 2011 yil iyun oyida braziliyalik Rojerio Lourenso bosh murabbiy etib tayinlandi, ammo keyingi oyda ishdan ketdi. Avgust oyida "Barselona"da ishlab tanilgan gollandiyalik Frank Raykard jamoaga olib kelindi. Ammo uning faoliyati ham ikki yilga borgani yo'q. 2013 yil yanvar oyida ispaniyalik Xuan Ramon Lopez Karo jamoa tepasiga kelib 2014 yil oxirigacha ishladi. Avstraliyadagi Osiyo Kubogi boshlanishiga bir oy qolganida rahbariyat ruminiyalik Kosmin Olarioni bosh murabbiy etib tayinlashdi. Ammo arablar O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olib yakunda o'sha guruhdan chiqa olishmagani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. SHu bois Olario ikki oy ishlab jamoadan ketgandi.

2015 yil avgust oyida rahbariyat Gollandiya terma jamoasi bilan 2010 yilgi Jahon chempionati finaliga qadar etib borgan murabbiy Bert Van Marveyk bilan shartnoma tuzishdi. Gollandiyalik mutaxassis o'z ishini ajoyib tarzda bajarib Yaponiya, Avstraliya, BAA kabi kuchli jamoalar yig'ilgan guruhda ikkinchi o'rinni olib Rossiyadagi mundial yo'llanmasiga ega chiqdi. Saudiya Arabistoni 2006 yilgi JCHdan buyon ilk bor mundialga chiqdi. Biroq Saudiya Arabistoni Futbol Federaciyasi rahbarlari kutilmaganda van Marveykka javob berishdi va uning o'rniga argentinalik Edgardo Bauzani bosh murabbiy etib tayinlashdi. Bauza may oyida BAA terma jamoasida ish boshlagandi. Lekin hech kim aynan Bauza terma jamoani Rossiyaga olib boradi deb aniq ayta olmaydi. Sababi Saudiya futboli rahbarlari uchun katta musobaqalar oldidan kutilmagan qaror qabul qilish yangilik emas.



YAPONIYA
Kunchiqar yurt terma jamoasida esa ha deganda murabbiy almashavermaydi. Oxirgi 10 yilni olsak Yaponiya terma jamoasida besh nafar bosh murabbiy faoliyat olib borganini ko'rish mumkin. Ulardan 3 nafari legioner murabbiylar hisoblanadi. 2010 yil avgust oyida mashhur murabbiy Alberto Zakkeroni Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtirldi. Italiyalik mutaxassis "samuraylar"ni Braziliyadagi mundialga olib bordi. Uning o'rniga 2014 yil avgust oyida meksikalik Xaver Agirre tayinlandi. Ushbu murabbiyning faoliyati uzoqqa cho'zilmadi. Avstraliyadagi qita chempionatiga amaldagi chempion sifatida tashrif buyurgan yaponlar chorak finalda BAAga yutqazib qo'yib musobaqa bilan, Agirre esa terma jamoa bilan xayrlashdi. 2015 yil mart oyida jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bosniyalik Vohid Halilxojich 2014 yilgi mundialda Jazoir terma jamoasini nimchorak finalga qadar etib borishida katta xissa qo'shgach Yaponiyaga keldi. Aynan ushbu murabbiy terma jamoani Rossiyadagi mundialga ham olib chiqdi.


AVSTRALIYA
2006 yildan buyon OFK azosiga aylangan terma jamoa ham xorijlik murabbiylar bilan ishlashni xush ko'radi. Biz tanlab olgan davr, yani 2007-2017 yillarda "sokkeruzlar"ni 7 nafar murabbiy boshqargan, ulardan 3 nafari vaqtincha bosh murabbiy lavozimini egallagan va bittadan uchrashuvni o'tkazishgan. 2007 yil dekabr oyida gollandiyalik Pim Verbek bosh murabbiy etib tayinlandi. U 2002 yilgi Jahon chempionatida Janubiy Koreya ustozi Gus Xiddinkning yordamchisi bo'lgan. Verbek Avstraliyani 2010 yil JAR mezbonlik qilgan mundialga olib chiqqan va o'sha musobaqadan keyin jamoadan ketgan. 2010 yil avgust oyida tajribali germaniyalik murabbiy Xolger Osiek Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. U jamoa bilan birga Qatardagi Osiyo Kubogida finalga qadar etib borgan va Yaponiyaga yutqazib qo'ygandi. Avstraliyaning hozirgi murabbiyi Ange Postekoglu aslida Greciyada tug'ilgan, biroq 5 yoshida oilasi bilan Avstraliyaga ko'chib kelgach shu yurt fuqarosiga aylangan.


JANUBIY KOREYA
XXI asr boshida koreyslarni Gus Xiddink, Jo Bonfrere, Dik Advokat, Pim Verbek (barchasi gollandiyalik) va Umberto Koelo (Portugaliya) kabi xorijiy murabbiylar boshqarishgan. Lekin biz tanlab olgan muddatda faqat bir nafar legioner mutaxassis Janubiy Koreya bosh murabbiyi bo'lgan ekan. 2014 yil sentyabr oyidan 2017 yil 15 iyuniga qadar germaniyalik Uli SHtilike Janubiy Koreya ustozi sifatida ishladi. Uning qo'l ostida jamoa 2015 yilgi Osiyo Kubogida finalga qadar etib bordi va SHarqiy Osiyo Kubogi sohibiga aylandi. Sal qolsa ushbu murabbiy tufayli Koreya Rossiyadagi mundialsiz qolishi mumkin edi. SHundan cho'chigan Janubiy Koreya futboli rahbarlari murabbiy bilan shartnomani bekor qilishdi. Uning o'rniga kelgan mahalliy mutaxassis ikki uchrashuvda 0:0 hisobida durang o'ynab Jahon chempionatiga chiqdi.

QATAR
Xuddi Saudiya Arabistoni kabi murabbiylarni juda tez almashtiradigan jamoalardan yana biri bu 2022 yilgi mundial mezboni Qatar. Oxirgi 10 yilda ushbu yurt terma jamoasida 10 marta murabbiy almashdi. Jamoliddin Musovich (Bosniya), Bruno Metsyu (Franciya), Milovan Rayevac (Serbiya), Sebastian Lazaroni va Paulo Autuori (ikisi Braziliyal), Jamol Belmadi (Jazoir), Xose Daniel Karreno va Xorxe Fossati (ikkisi Urugvay) kabi murabbiylar bir necha oy ishlab ortga qaytib ketaverishdi. Ayni paytda Qatarni Feliks Sanches (Ispaniya) boshqarmoqda. SHuncha legioner murabbiylar ishlaganiga qaramay Qatarga mundialga chiqish nasib qilmadi. Ammo navbatdagi Jahon chempionatiga murabbiysiz ham chiqa olishadi. Sababi mezbon mundialda avtomatik tarzda qatnashadi.

BAA
2007 yildan keyin Bruno Metsyu (Franciya), Dominik Batenay (Franciya) va Srechko Katanec (Sloveniya) kabi murabbiylar bilan hech nimaga erishilmagach BAA futboli rahbarlari 2012-2017 yillarda mahalliy murabbiy Mahdi Aliga ishonishdi. May oyida terma jamoa tepasiga argentinalik Edgardo Bauza kelgandi. Biroq yuqorida aytganimizdek Bauza kuni kecha mundial yo'llanmasiga ega chiqqan Saudiya Arabistoni bosh murabbiyiga aylandi.



XITOY
Terma jamoamizning Rossiyaga bormasligiga aybdorlardan biri bo'lgan Xitoy terma jamoasini so'nggi 10 yilda Vladimir Petrovich (Serbiya), Xose Antonio Kamacho (Ispaniya), Alan Perrin (Franciya) va Marchello Lippi (Italiya) kabi xorijiy murabbiylar boshqarishdi. Lekin ular ham O'zbekiston singari shu davr ichida biron marta Jahon chempionatiga chiqa olishmadi.

IROQ
So'nggi 10 yilda ushbu mamlakat terma jamoasida ham chetdan ko'plab murabbiylar faoliyat olib borishdi. Jorvan Vieyra (Braziliya), Egil Olsen (Norvegiya), Bora Milutinvich (Serbiya), Volfgang SHtark (Germaniya), Ziko (Braziliya) va Vladimir Petrovich (Serbiya). Vieyra 2007 yil Osiyo Kubogida Iroqni chempion qila olgandi. Biroq siyosiy notinchliklar tufayli xorijiy murabbiylar Iroqda ishlamay qo'yishdi va 2013 yildan buyon jamoani faqat mahalliy murabbiylar boshqarib kelishmoqda.



BAHRAYN
"CHet el xo'rozqandini" xush ko'ruvchi yana bir terma jamoa.  2007 yildan buyon Bahraynda Xans Peter Briegel (Germaniya), Senad Kreso (Bosniya), Milan Machala (CHexiya), Jozef Xikersberger (Avstriya), Piter Teylor (Angliya), Gabriel Kalderon (Argentina), Entoni Xadson (Angliya), Serxio Batista (Argentina) kabi murabbiylar faoliyat olib borishdi. Hozirgi kunda jamoani chexiyalik Miroslav Soukup boshqarmoqda.

IORDANIYA
Bu erda ham deyarli Bahraynga o'xshash holatni kuzatish mumkin. Taniqli murabbiylarni olib kelish bilan ish bitmasligining yaqqol isboti. So'nggi yillarda bu jamoada Nelu Vingada (Portugaliya), Adnan Hamad (Iroq), Hossam Hassan (Misr), Rey Uilkins (Angliya), Pol Put (Belgiya), Garri Rednapp (Angliya) kabi chet ellik mutaxassislar ishlashdi.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика