“So'g'diyona” qisqa muddatli tatilga chiqdi
26 iyu 2017 21:10
Yangiliklar
“So'g'diyona” qisqa muddatli tatilga chiqdi
Xabar berganimizdek, "So'g'diyona" 23 iyuldan Toshkentda ikkinchi davraga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib borgan edi.
Bugun “SHo'rtan”ga qarshi nazorat uchrashuvidan so'ng jamoaga 2 kunlik tatil berildi.
29 iyul kuni futbolchilar “So'g'diyona” qarorgohida yig'ilishadi va chempionatga tayyorgarlikni davom ettirishadi.
Eslatib o'tamiz, jamoa ikkinchi davraning ilk bahsida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasini qabul qiladi. O'yin Jizzaxdagi “So'g'diyona” stadionida bo'lib o'tadi.
“So'g'diyona” matbuot xizmati
Fikrlar