So’nggi yangiliklar

22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  139 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  8 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  9 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  3 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  10 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  3 20:07Асрор Алиқулов: "Олимпиада йўлланмасини қўлга кирита оладиган таркибимиз бор"  2 19:59"Милан" Жиру ўрнига кимни олиб келади?  2 19:40Ўзбекистон U-23 терма жамоаси "Халифа" стадионида!  12 19:22Рауль "Реал"ни тарк этишга тайёр  3 19:01Ўзбекистон ва Вьетнам ўзаро ўйинлар тарихи ёхуд "қорли финал"ни эслаб  4 18:30Тухель АПЛ ва Ла Лига ўртасида танлов қилди  3 18:01Ўзбекистон Кубоги. 2-тур баҳсли вазиятлари юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  23 17:41"Бобур Арена"нинг айрим секторлари ёпилиши маълум қилинди. Бунга нима сабаб бўлди?  34 17:22Франция Евро-2024'да Команнинг хизматларидан фойдалана олмайди  0

SHo'rtan - Navbahor: PREVYU Yangiliklar

SHo'rtan - Navbahor: PREVYU

Teglar :  NavbahorSHo'rtan
Ertaga “Navbahor” G'uzorda “SHo'rtan” jamoasi mehmoni bo'ladi. Jamoamiz G'uzordagi uchrashuvga tayyorgarlikni Toshkentda olib bordi.

Ikki kun davomida poytaxtda mashg'ulot o'tkazildi. Bugun ertalab, Toshkentdan Qarshi sari yo'lga tushgan jamoamiz azolari kunning ikkinchi yarmida Qarshi shahriga etib kelishdi. Bundan biroz oldin jamoamiz Qarshi shahrida o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulot o'tkazdi.

Navbahor va SHo'rtan jamoalari O'zbekiston chempionatining oliy ligasida shu kunga qadar 23 bor o'zaro maydonga tushishgan. Bo'lib o'tgan uchrashuvlarning o'n ikkitasida Navbahor g'alabaga erishgan. Uch bor durang qayd etilgan bo'lsa, sakkiz o'yinda SHo'rtan uch ochkoni qo'lga kiritgan. To'plar nisbatidagi ko'rsatkich esa 35-31, Navbahor foydasiga. Jamoalar kuchlilar safida ilk bor 2005 yil to'qnash kelishgan. O'zaro o'yinlardagi yirik hisoblar 2010 va 2012 yillari kuzatilgan. 2010 yilgi chempionatda SHo'rtan Namanganda 4:0 hisobida mag'lub etilgan. Oradan ikki yil o'tib, G'uzorda SHo'rtan aynan shu natija bilan ustun kelgan.

G'uzorda o'tkazilgan 11 ta o'yinda jamoamiz to'rt marta g'alaba qozonishni uddasidan chiqqan. G'uzorliklar hisobidagi yutuqlar soni esa ettitani tashkil etmoqda. To'plar nisbatidagi ko'rsatkich 20-12, “SHo'rtan” foydasiga. “Navbahor” raqib maydonidan so'nggi bor 2013 yili uch ochko bilan qaytgandi. SHundan so'ng o'tkazilgan ikki bahsda g'uzorliklar g'alabani tantana qilishgan. 2014 yili “SHo'rtan” birinchi ligada qatnashganligi sababli o'yinlar soni ikkitani tashkil etayotganligini etirof etish joiz. Jamoalarning joriy yilgi chempionat birinchi davrasida Namanganda o'tgan bahsida “Navbahor” Oybek Qilichevning yagona goli tufayli 1:0 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritgan.

Jamoalarning G'uzordagi o'zaro o'yinlari natijalar
2005 yil

SHo'rtan - Navbahor - 3:1 (0:0).
Gollar:
I.Taran (2 ta), S.Usmonxo'jaev – I.Inomov.
2006 yil
SHo'rtan - Navbahor - 1:2 (1:2).
Gollar
: A.Mochinov – A.Asimov, D.Atoev.
  2007 yil
SHo'rtan - Navbahor - 1:2 (0:1).
Gollar
: M.Qurbonov – K.Boev, D.Xojiev.
2008 yil
SHo'rtan - Navbahor - 1:0 (0:0).
Gol:
D.Atoev.
2009 yil
SHo'rtan - Navbahor - 0:1 (0:0).
Gol:
N.Otaqo'ziev.
2010 yil
SHo'rtan - Navbahor - 2:0 (1:0).
Gollar
: SH.Erkinov, V.Klishin.
2011 yil
SHo'rtan - Navbahor - 1:0 (1:0).
Gol:
I.Taran.
2012 yil
SHo'rtan - Navbahor - 4:0 (4:0).
Gollar:
V.Afonin, I.Taran (2 ta), M.Mamazulunov.
2013 yil
SHo'rtan - Navbahor - 1:3 (4:0).
Gollar:
P. Solomin - A. Gapparov, S.Abdullaev, L. Koshelev.
2015 yil
SHo'rtan - Navbahor - 3:1 (0:1).
Gollar:
S.Berdiev, I.Taran (2 ta) - D.Jabborov.
2016 yil
SHo'rtan - Navbahor - 3:2 (1:1).
Gollar
: A.Omonov (18), R.Rahmonov (90+3), Z.Polvonov (90+4) - A.Bahriddinov (45, 82-pen.).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика