So’nggi yangiliklar

00:00Европа лигаси. "Милан", "Ливерпуль" ва "Байер" иштирокидаги ўйинлар бошланди  1 23:37Эрон Про лигаси. Ўрунов 77 дақиқа ҳаракат қилган ўйинда "Персеполис" йирик ғалабага эришди  0 23:20Футзал бўйича Осиё кубоги. Тожикистон - Жанубий Корея 2:0   0 23:10Футзал бўйича Осиё кубоги. Япония - Қирғиз Республикаси 2:3   1 23:08АПЛда дебют қилган 19 ёшли футболчи майдонга тушганидан 3 дақиқа ўтгач, ҳушидан кетди   0 22:41U-23 Осиё кубоги. Қатар ҳакам томонидан қўшиб берилган 13-дақиқада Иордания дарвозасига ғалаба тўпини киритди  14 22:22Мессини немис грандлари ўз сафига қўшиб олмоқчи  8 21:54"Барселона"да Хавининг ўрнини ким эгаллаши деярли маълум  4 21:38Жасур Жалолиддинов: "Олимпиада йўлланмаси бериладиган мусобақада қандай ҳолатда бўлишимизга қарамай, натижа кўрсатишимиз керак"   4 21:17Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган навбатдаги клублар маълум, улардан бири — "Зальцбург"  1 20:50Футбол олами. ОКМК ва "Насаф"да мағлубият: Ўзбекистон кубоги 1-тури ҳақида батафсил   0 20:40U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Кувайтга қарши ўйинга тайёргарликни бошлади  2 20:25Ковачичнинг пенальтидан тепган зарбаси йўналишини топишда Лунинга жамоадоши ёрдам берди  4 20:18Сенсация! Индонезия Австралияни мағлубиятга учратди  10 20:08"Аркадағ" кетма-кет ғалабалар сони бўйича "Реал", ПСЖ ва "Манчестер Сити"дан олдинда  15

“Sevinch” kubok uchun kurashni chorak finaldayoq yakunladi Yangiliklar

“Sevinch” kubok uchun kurashni chorak finaldayoq yakunladi

Kecha “Sevinch” o'z maydonida Bekobodning “Metallurg W” jamoasi bilan O'zbekiston Kubogining ¼ chorak finali javob uchrashuvida bahs olib bordi.

Bu ikki jamoa keyingi yillarda faqat finalda tuqnash kelishayotgan bo'lishsa, bu yil chorak finaldayoq duch kelishdi.

Uchrashuv kutilganidek qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy tarzda o'tdi. Uchrashuv jamoamiz uchun omadsiz boshlandi. Hisob 4-daqiqada mehmonlar tomonida ochildi. Sobiq futbolchimiz Mahliyo Sarikova o'z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi – 0:1.

Albatta bu hisob “Sevinch”ni qoniqtirmas edi. SHu bois futbolchilarimiz imkon qadar hujumlarga zo'r berishdi. Birinchi bo'limni o'zidayoq nafaqat hisobni tenglashtirishimiz, balki oldinga ham o'tib olish uchun qulay imkoniyatlar bo'ldi. Afsuski, bu vaziyatlar qo'ldan boy berildi. Futbolchilarimiz birga-bir vaziyatlarda darvozani emas, darvozabonni ko'zlab zarba berishdi.

Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda raqib jarima maydonchasida o'yinchimiz SHaxnoza Qurbonovani himoyachilar to'xtatib qolishdi. Uchrashuv hakami 11 metrlik nuqtaga ishora qildi. Penaltini Maftuna SHoyimova bexato amalga oshirib, oradagi hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Ikkinchi bo'limda ham jamoamizda gol urish uchun ko'plab imkoniyatlar bo'ldi. Yana shu ahvol - vaziyatlardan foydalana olmaslik. 53-daqiqada Dildora Nozimova “Metallurg W” jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi – 1:2.

Uchrashuvning 86-daqiqasida Lyudmila Karachik hisobni 1:3ga o'zgartirishga erishdi.

Jamoamizning uchrashuvdagi ikkinchi goli 89-daqiqada Ilvina Ablyakimova tomonidan kiritildi – 2:3.

SHunday qilib, uchrashuvda “Metallurg W” jamoasi g'alabaga erishdi va kubok uchun kurashni yarim finalda davom ettiradigan bo'ldi. O'z tarixida to'qqiz karra O'zbekiston Kubogi sohibi bo'lgan “Sevinch” jamoamiz esa, bu yilgi kubok uchun kurashni chorak finaldayoq to'xtatdi.


XVI O'zbekiston Kubogi, ¼ finali javob uchrashuvi

“Sevinch” (Qarshi) – “Metallurg W” (Bekobod) 2:3 (1:1)

23.09.2017. “Geolog” stadioni.

Bosh hakam: Jasur Qudratov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Iskandar Zoitov (Toshkent vil.), Jafar Bobojonov (Toshkent)

Zaxira hakami: Husnora Jumaeva (Qarshi)

Nazoratchi: Oleg Dachev (Toshkent)

O'zAFA vakili: E.N.G'ulomova.

Dastlabki uchrashuv: 1:1

Gollar: Maftuna SHoyimova, pen. 45+3′-1:1, Ilvina Ablyakimova, 89’-2:3 –  Mahliyo Sarikova, 4′-0:1, Dildora Nozimova, 53′-1:2, Lyudmila Karachik, 86’-1:3

Sevinch”: 1.Laylo Tilavova, 8.Kamola Riskieva, 9.Maftuna SHoyimova, 11.SHaxzoda Jamolova, 15.SHaxnoza Qurbanova, 17.Tanzilya Zarbieva (s), 19.Gulhayyo Mannaboeva, 20.Sevara Normurodova (3.SHoira Qulturaeva 79) (27.SHodiya Tosheva 87), 23.Maftuna Panjieva (10.Ilvina Ablyakimova 56), 37.Malika Burxanova, 77.Nilufar Qudratova.

Zaxira: 33.Maftuna Jonimqulova, 6.Fero'za Boboxo'jaeva, 7.Oliya Axmedova, 14.Gulzoda Amirova.

“Metallurg W”: 30.Gulandon Boymatova, 3.Zumratjon Nazarova, 77.Nozima Kamoltoeva, 21.Xolida Dadaboeva (s), 18.Yulduz Nabieva (6.Irodaxon Turdalieva 55), 22.Mavluda Munavvarova, 7.Mahfuza Turapova (23.Diyora Habibullaeva 77), 10.Fero'za Turdiboeva, 11.Dildora Nozimova (4.Nasiba Xojieva 85), 25.Lyudmila Karachik (20.Lutfiniso Xamidova 89), 9.Mahliyo Sarikova.

Zaxira: 16.Dilafro'z Xodjaeva,  17.Diyora Erkinova.

Ogohlantirish: Kamola Riskieva (8), Gulhayyo Mannaboeva (59).


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика