“Sevinch” ikkinchi davraga Miroqida hozirlik ko'rmoqda
21 iyu 2017 01:47
Yangiliklar
“Sevinch” ikkinchi davraga Miroqida hozirlik ko'rmoqda
Qarshining “Sevinch”ayollar jamoasi ayni kunlarda ikkinchi davraga tayyorgarliklarni davom ettirmoqda.
Yig'in SHaxrisabz tumanining tog'li maskani – Miroqida olib borilmoqda.
Futbolchi qizlarning tayyorgarlik jarayoni 30 iyulgacha davom etadi.
Jamoamiz tarkibidagi o'zgarishlar haqida to'xtaladigan bo'lsak, bungacha himoyachi SHohida Tojiddinova ikkinchi davradan SHo'rtan Lady jamoasida (ijara asosida) faoliyatini davom ettiradi.
Safimizga Andijanka jamoasida to'p surgan Gulhayyo Mannaboeva kelib qo'shildi. Hozirgi paytda murabbiylarimiz bu futbolchini ko'rikdan o'tkazishmoqda. Agar u murabbiylarga maqul kelsa, ikkinchi davradan u jamoamiz safida to'p tepishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
11:25
OFK ayollar CHempionlar Ligasi chaqiruv turniri. Bugun "Sevinch" "Sidney"ga qarshi bahs yuritadi 1
Fikrlar