So’nggi yangiliklar

18:20Суперлига. "Динамо" – "Металлург" (матнли трансляция)  0 18:15ПРО лига. Тошкентда ўтган "Бухоро" - "Хоразм" учрашувида дуранг қайд этилди  12 17:43Винченцо Итальяно мавсум охирида клубдан кетади  0 17:25Альфонсо Дэвис "Бавария" билан янги шартнома имзоламайди  0 17:01"Бунёдкор" янги бош мураббий номини эълон қилди  12 16:20"Евро-2024"да ҳеч ким Англия билан тенглаша олмайди"  8 15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0 15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  4 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  1 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  1 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  5 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  1 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   1 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  5 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  8

Sergey Lushan: "Nihoyat g'alaba qozondik" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Nihoyat g'alaba qozondik"

OCHL 5-turi doirasidagi "Bunyodkor" - "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) o'rtasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Sergey Lushan o'z fikrlarini bildirdi.
"Nihoyat g'alaba qozona oldik. Bundan ham yaxshi o'yinlarimiz bo'lgandi. Bugun o'yinimiz yaxshi chiqdi. Natija ham keldi. Katta bayram, SHomurodov bugun gol urdi, nihoyat. Bugun yaxshi o'yin bo'ldi, muxlislar bizni qo'llab turishdi", - deydi Lushan.

"Bu g'alabani uch yil kutgandik. Bu mavsumda OCHLdagi o'z maydonimizdagi oxirgi bahs edi. G'alaba qozonmasak bo'lmasdi", - deydi SHomurodov.

- Jamoada bosim bo'lmagani sizlarga yordam berdimi?
Eldor SHomurodov:
- Tarkibimizda yoshlar ko'p. Bosim bo'lmagani albatta bizga qo'l keldi.

- O'yindan oldin murabbiy qanday ko'rsatma berdi?
Eldor SHomurodov:
- Har bir o'yindan oldin bo'lgani kabi tushib o'z imkoniyatlarimizni namoyish etishni aytdi. Xalqimiz, muxlislar uchun g'alaba qozonishimiz kerak edi.

- Sizni amakaingiz ham futbol o'ynagan. Ulardan maslahat olib turasizmi? 

Eldor SHomurodov:
- Albatta ulardan kerakli tanbehlar va maslahatlarni olib turaman.

- Siz ko'p bor aytgansiz, 26 yoshgacha bo'lgan o'yinchi futbolchi emas deb. Bundan yosh futbolchilar xafa bo'lishmaydimi? Yoki bu sizning taktikangizmi?
- Yo'q. Meni kimdir yaxshi ko'rishi kerak emas. Men bu erga ishlash uchun kelganman. Yosh futbolchilar 26 yoshdan keyin futbolchiga aylanishlari bu fakt, buni men o'ylab topmaganman. Agar 22 yoshli o'yinchi bo'ldi men futbolchi bo'ldim deb to'xtab qolsa u keyinchalik yo'q bo'lib ketadi. Bunday misollar juda ko'p.

- Raqib murabbiyi sizning jamoa urgan golni kutilmagan deb atadi...
- Hamma gollar kutilmagan bo'ladi (kuladi). Hech qachon bizga ham kutilgan gol urilmagan.

- Otabek SHukurov himoyada majburan o'ynayaptimi?
- Ha. Himoyada futbolchilarimiz kam. Michich hozir o'zidan kutilgan o'yin ko'rsata olmayapti. Hozircha SHukurov va Ashurmatov tandemi yomon ko'rinmayapti. Mirabdullaev qaytishini kutayapmiz. Uning yuragi bilan muammo bo'ldi. Endi jarohat oldi. U O'zbekistonning eng kuchli markaziy himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin.


Narzulla Saydullaev
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика