Rasman. “Vest Xem” CHicharitoni 16 mln funtga sotib oldi
25 iyu 2017 05:10
Yangiliklar
Rasman. “Vest Xem” CHicharitoni 16 mln funtga sotib oldi
Londonning “Vest Xem” klubi Meksika terma jamoasi va “Bayer” hujumchisi Xaver Ernandesnining transferini rasman elon qildi.
CHicharitoning transferi “bolg'achilar”ga 16 million funt sterlingga tushdi, deb xabar bermoqda “Vest Xem” klubi rasmiy sayti. Ernandes London klubi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi va tez orada jamoasining Germaniyadagi yig'iniga borib qo'shiladi.
Sky Sports nashrining
xabar berishicha, CHicharito “Vest Xem”ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga
aylangan. Unnig haftalik maoshi 140 000 funt sterlingga teng ekanligi
aytilmoqda.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar