So’nggi yangiliklar

22:35Эрон. "Истиқлол" навбатдаги ғалабага эришди. Машарипов 78 дақиқа ўйнади  0 22:26СПЛ. Роналдусиз "Ал Насср" "Ал Файҳа"ни мағлуб қилди. Садио Манедан дубль  0 21:40Ўқинг, қизиқ! Максим Саррафнинг онаси ПФЛдан миннатдорлигини билдирди  4 21:40"Сирдарё ФА" бош мураббийи: "Кубок ўйинлари биз учун тажриба мактаби бўлаяпти"  1 21:25"Дўстлик" бош мураббийи Шуҳрат Қурбонов: "Ўзгаришларсиз футбол бўлмайди"  0 21:05"Барселона"ни таслим этган Усмон Дембеле ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди  8 20:44Муҳсин Низомиддинов: «Ҳар икки жамоани ажойиб ўйин билан табриклайман»  0 20:32Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон иккинчи турда Ироқни мағлуб этди  7 20:30Максим Шацких: "Захирада деярли ёш болалар ўтиришди"  6 20:10U-23 Осиё Кубоги. Корея Ли Ён Жуннинг дубли эвазига Хитойни мағлуб этди  1 19:54Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" Сирдарё ФАга 5 та гол урди, "Металлург" ишончли ғалабага эришиб, плей-оффга чиқди, "Қўқон-1912" сафарда "Пахтакор" билан дуранг ўйнади  22 19:29Ўзил "Эл Класико" даражаси тушишида "Барселона"ни айблади  8 19:05Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" 0:0. Highlights  1 18:45"Камп Ноу"нинг очилиш санаси маълум бўлди  2 18:20АПЛнинг икки жамоаси "Лейпциг" ҳужумчисига даъвогар  1

Penalty: Abduqahhor Xojiakbarov: “Olimpiadaga chiqdik deb o'ylagan edim...” Yangiliklar

Penalty: Abduqahhor Xojiakbarov: “Olimpiadaga chiqdik deb o'ylagan edim...”

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi va olimpiya terma jamoasi sobiq himoyachisi, o'z vaqtida yulduzli “Bunyodkor”da faoliyat olib borgan Abduqahhor Xojiakbarov loyihamiz mehmoni bo'ldi.

Allaqachon tajribali himoyachiga aylanib ulgurgan futbolchining bazi fikrlari o'quvchilarimiz uchun qiziqarli bo'lishi aniq.  

- MHSK maktabi tarbiyalanuvchisi ekaningizni bilamiz. Futbolga qanday kirib kelgansiz?
- 9 yoshimda aytganingizdek MHSK futbol maktabiga borgandim. Dastlab borganimda 1989 yilda tug'ilganlar uchun sinf ochilmagandi. SHu bois 1987 yilda tug'ilgan futbolchilar bilan shug'ullanib yurgandim. Sahob Jo'raev va boshqa mashhur o'zimdan ikki yosh katta o'yinchilar bilan o'ynardim. Keyin o'zim tengilar bilan shug'ullanishni boshlagandim. U erda Dilshod Arslonov, Ruslan Ibragimov hamda Temurxo'ja Abduxoliqovning otasi Zoir Abduxoliqov kabi murabbiylar bilan ishlaganman.

- Yoshlikda O'zbekistonda qaysi futbolchilarga havas qilardingiz?

- Terma jamoamizda Mirjalol Qosimovning, Maksim SHackix va Baxtiyor Ashurmatovning o'yinlarini tomosha qilardik.


- "Bunyodkor" faoliyatingizda qanday iz qoldirgan?
- Juda yorqin iz qoldirgan. Katta futbolga kirib kelishimga aynan shu klub sababchi bo'lgan. Bu jamoada dunyoga mashhur murabbiy bilan ishladim, mashhur futbolchilar bilan birga faoliyat olib bordim. Esimda 2009 yilda MHSK stadioniga ispaniyalik jahonga mashhur futbolchilar Karles Puyol, Andres Inesta va Francesk Fabregas kelib master klass o'tib berishgandi. SHu o'yinchilar bilan bir jamoada futbol o'ynaganimiz hech qachon yodimdan chiqmaydi.

- Siz maydonga tushishdan oldin qandaydir irimga amal qilasizmi?
- Yo'q irimlarga ishonmayman. Yaratgandan jarohat olmaslikni va yuzimiz yorug' bo'lishini so'rab maydonga tushaman.

- Murabbiylaringiz haqida gapirib bering...
- Skolari – kuchli murabbiy, mashg'ulotlari juda qiziqarli o'tardi, gohida qattiqqo'l, gohida hazilash bo'lardi. Skolari yigitlarga erkinlik yaratib bergandi. Kechki payt nima qilsang ham ertasiga maydonga tushib yaxshi futbol o'ynab bersang bas derdi. Hech qanday taqiq qo'yilmasdi. Barchamiz professional edik, shu bois o'zimizdan ketib qolmasdik va rejimda ushlab turardik. Mirjalol Qosimov - yoshlarga etibor qaratardilar. Ammo o'sha paytda jamoada raqobat juda kuchli bo'lgani uchun kam maydonga tushgandim. Igor SHkvirin – o'rinbosarlar tarkibida o'ynab yurganimda mening harakatlarimni ko'rib “Olmaliq”qa taklif qilgan va asosiy tarkibdan joy bergandi. Amet Memet – juda qattiqqo'l murabbiy. Tachmurad Agamurodov – tajribali murabbiy, barcha narsaga jiddiy va professional tarzda qaraydi. Ahmad Ubaydullaev -  bu murabbiy bilan uncha ko'p ishlamaganmiz. O'z ishining ustalaridan biri. Vadim Abramov – qattiq hurmat qilaman, o'rinbosarlar safida o'ynayotgan bo'lsam ham olimpiya terma jamoasiga chaqirardi.



- Eng yodda qolarli maqtov va tanqidni eslay olasizmi?
- Vadim Abramov ko'p maqtardi. Olimpiya terma jamoasi safida mashg'ulotlardan oldin doim “Barselona” o'yinini ko'rib tahlil qilardik. Mening harakatlarim Dani Alveshga o'xshashib ketgani uchun maqtardi. O'zim ham shunday futbolchiga havas qilardim.

- Oliy ligadagi kutilmagan natijalar nimaning evaziga sodir bo'lmoqda?
- Haqiqatdan ham bu yil hech kim kutmagan natijalarga boy bo'lmoqda. “Dinamo” safida yosh futbolchilar ko'p, ular shijoat evaziga g'alabalarga erishishmoqda. “Qo'qon-1912”, “Navbahor” kabi vodiy klublari ham musobaqa jadvalining yuqori qismida borishmoqda. Bu futbol, kim o'yinga tayyor bo'lsa o'sha jamoa g'olib bo'ladi.

- O'sha mashhur BAA olimpiyachilariga qarshi o'yin haqida so'ramasak bo'lmaydi...
- (xursinib) Bu o'yinni hech qachon unutmaymiz. Futbochlilar bilan yig'ilganda ham o'sha uchrashuvni eslasak bazilarning ko'ziga yosh keladi. Turli gap-so'zlar tarqalib ketgandi. Ammo bunday gaplar juda noo'rin, sababi biz Vatan jamoasi sharafini himoya qilganmiz. Uchrashuvdan keyin kiyinish xonasidagi vaziyatni so'z bilan tariflab berish qiyin. Xatto juda kuchli irodaga ega bo'lgan Vadim Abramov ham o'ziga kela olmagandi. Yigitlarni ruhlantirib hali imkoniyat to'la yo'qotilmaganini aytgandi. Men o'sha o'yinning 23-daqiqasida jarohat olib maydonni tark etgandim. 2:0 hisobida oldinda borayotganimizda to'g'risi ich ichimdan London Olimpiadasiga yo'llanma oldik deb o'ylagandim, afsus nasib qilmagan ekan.



- Viktor Kumikov bilan qisqa vaqt ishladingiz. U qanday murabbiy ekan?
- Qattiqqo'l, talabchan, professional. Mashg'ulotlarda standart vaziyatlar ustida ko'p ishlaymiz. O'zi Qozog'iston klubi bilan Evropa chempionlar ligasida ishladi. Bizga ham Evropa havosini singdirishga urinmoqda. Asosiy urg'u standart vaziyatlarga qaratiladi.

- Futbol o'yinlarini tomosha qilishga borib turasizmi?
- Albatta mashg'ulotlar va o'yinimiz bo'lmasa harakat qilaman futbol o'yinlariga borib turaman. “Lokomotiv” – “Nasaf” uchrashuvini stadiondan ko'rdim. To'g'risi tribunadan futbolchilarga juda osonga o'xshab ko'rinar ekan. Aslida esa futbol maydonida o'yinchilar juda qiynalishadi.

- "Olmaliq"dagi eng hazilkash, aqlli va jahldor futbolchilar kim?
- Eng hazilkashi SHota Grigalashvili. Gruziyalik futbolchi rus tilini juda yaxshi biladi va jamoadagi barchani kuldira oladi. Rahmatullo Berdimurodov aqlli va og'ir bosiq futbolchi. Eng jahldor... SHavkat Mullajonov (kuladi). Faqat maydonda jahldor.



- Oliy ligada "Bunyodkor" safida “Metallurg”ga qarshi o'tkazgansiz. O'sha bahsda kimlar bilan birga o'ynaganingiz yodingizdami?
- Qiyin savol. Farruh Miryunusov, SHavkat Raimqulov, Anvar Rahimov, Miraziz Jalolov, Pavel Bugalo... qolganlarni eslay olmadim.

- To'g'ri javob: Oleg Belyakov, Baxtiyor Ashurmatov (Abduqahhor Xojiakbarov, 57), Abdumajid Toirov, Timur Yafarov, Yorqin Nazarov, Sergey Lushan (Anvar Rahimov, 46), Farrux Miryunusov, Sahob Jo'raev, Patrik Agbo, Dmitriy Kuzin (Miraziz Jalolov, 46), Yannis Mandzukas.

- Abdquhhor Xojiakbarov futbol o'ynashdan tashqari qaysi ishni qoyillatib bajara oladi?
- To'g'risi nima bilan maqtanishimni bilmayman. Ovqat pishirshda no'noqman. Tuxum qovurishni bilaman. Mashina haydashga qiziqaman.

- Rivaldo va boshqa braziliyaliklar bilan o'ynagansiz. Mashg'ulotlarda qanday ishlashardi?
- Mashg'ulotlarda ajralib turishardi. Masalan, mashg'ulot kechki payt 17:00da bo'lsa, barcha bir soat avval stadionda bo'lardi. Trenajer zalida ishlashardi. Rivaldo tarjimonlar orqali yosh futbolchilarga o'z maslahatlarini berib turardi. Har kimga ham nasib qilmaydi bunday futbolchilar bilan birga o'ynash.

- Yaqinda oila qurdingiz. Turmush o'rtog'ingiz bilan qanday tanishib qoldingiz?
- Anchadan buyon uylanishni rejalashtirib yurgandim. O'tgan yil Sanjar SHoahmedovning to'yida qatnashgandik. O'sha to'yda bo'lajak turmush o'rtog'im bilan tanishib qolgandik. Sovchi yubordim, taqdir ekan o'tgan oy to'yimiz bo'ldi.

- O'zingiz bilmagan holda kelishilgan o'yinlarda ishtirok etganmisiz?
- Yo'q. Bunaqa narsa bo'lmagan. O'zbekistonda kelishilgan o'yinlar bormi? Bunga hech kim aniq javob bera olmasa kerak. Barchasi yaratganga ayon. Mana hozir Ahrol Inoyatov boshchiligida kelishilgan o'yinlarni aniqlash bo'yicha ekspertlar kengashi tuzilgan. Bu ham futbolimizga foyda keltirmoqda.



- O'zbekiston va xorijdan o'z ampluangizdagi eng kuchli uch futbolchini sanab bering.
- Aslida faoliyatimni himoyada boshlamaganman. Markaziy yarim himoyachi edim. Qaysidir o'yinda o'ng qanot himoyachisi kasal bo'lib qolgani uchun murabbiy meni o'sha erda sinab ko'rdi. O'zimdan yaxshi taassurot qoldirganman shekilli o'ng qanot vakiliga aylandim (kuladi).

O'zbekistonda Akmal SHorahmedov, SHuhrat Muhammadiev va Islom Inomov. Xorijda esa o'ng qanot himoyachilari orasida men uchun Dani Alves tengsiz. “Real”dagi Dani Karvaxal va “Arsenal”dagi Ektor Belerin.

- Evropa chempionlar ligasi finaliga munosib jamoalar chiqdi deb hisoblaysizmi?
- “Barselona” muxlisi bo'lsam ham savolingizga ha deb javob beraman. “Yuventus” metin himoyasi evaziga finalga qadar etib keldi. “Real” esa hujumchilarining kuchliligi tufayli finalga chiqdi. SHaxsan mening fikrimcha finalda Madrid klubi g'olib bo'lsa kerak. Sababi adekvat fikrlasak “Real” bu mavsum juda kuchli o'ynamoqda. Lekin “Yuventus” ham qarab turmaydi. Buffondek darvozabon shunday faoliyatida Evropa chempionlar ligasini qo'lga kiritmasa adolatdan bo'lmaydi.

- O'zingiz bilan o'ynagan 5 futbolchidan iborat terma jamoa tuzib bering.
- Sanjar Quvvatov – olimpiya terma jamoasida birga o'ynaganmiz. Jamoani ruhlantira olardi. Darvozabon yarim jamoa naqliga to'la mos keladi. Himoyada Akbar Ismatullaev va Islom To'xtaxo'jaev. Ular bilan ham olimpiya terma jamoasida birga to'p tepganmiz. Bir birimizni juda yaxshi tushunardik. Yarim himoyada Fozil Musaev. Juda mehnatkash futbolchi, maydonda juda ko'p yuguradi. Bekorga hozir Yaponiya chempionatida o'ynamayapti. Hujumda Kamoliddin Murzoev. To'g'ri kam gol uradi, lekin jamoaga juda ham katta foyda keltiradi. Hujumchining vazifasi gol urish, ammo zamonaviy futbolda vaziyat o'zgarib bormoqda. Murzoev o'zini ayamay har qanday kurashga kirishaveradi.



- Yodingizda qolgan penalti yoki penaltilar seriyasi?
- Andrey SHevchenko! Evropa chempionlar ligasi finalidagi ura olmagan penaltisi. O'sha o'yinni ko'rgandim, Dudek SHevchenkoning zarbasini qaytargandi. O'zimning faoliyatimda ham penaltilar seriyasi bo'lgan. Ukrainada Valeriy Lobanovskiy xotira turnirida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safida finalda penaltilar seriyasida g'olib bo'lgandik. Jamoamizda oxirgi bo'lib men zarba bergandim. Mendan keyin raqib futbolchisi gol ura olmagan va biz g'olib bo'lgandik.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика