So’nggi yangiliklar

00:00Саидазамат Мирсаидов: "Рақиб ким бўлишидан қатъий назар, ҳар бир учрашувда ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  0 23:49А Серия. Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  6 23:45Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг бугунги машғулоти. Эртанги рақиб - Қувайт  1 23:29Ўзбекистон U-23. Навбатдаги машғулот қандай ўтди? Мирсаидов ва Одиловдан интервью  0 23:23U-23 Осиё Кубоги. Саудия Арабистони Таиландга бешта гол урди, Япония БААга имконият қолдирмади  1 22:52Элдор Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйинни асосий таркибда бошлайди!  26 22:47Абдуқодир Ҳусанов эртага ўтказиладиган "Ланс" – "Клермон" учрашуви қайдномасига киритилди  1 22:35Эрон. "Истиқлол" навбатдаги ғалабага эришди. Машарипов 78 дақиқа ўйнади  0 22:26СПЛ. Роналдусиз "Ал Насср" "Ал Файҳа"ни енгди. Садио Манедан дубль  0 21:40Ўқинг, қизиқ! Максим Саррафнинг онаси ПФЛдан миннатдорлигини билдирди  6 21:40"Сирдарё ФА" бош мураббийи: "Кубок ўйинлари биз учун тажриба мактаби бўлаяпти"  1 21:25"Дўстлик" бош мураббийи Шуҳрат Қурбонов: "Ўзгаришларсиз футбол бўлмайди"  0 21:05"Барселона"ни таслим этган Усмон Дембеле ЕЧЛда ҳафта ўйинчиси деб топилди  8 20:44Муҳсин Низомиддинов: «Ҳар икки жамоани ажойиб ўйин билан табриклайман»  0 20:32Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон иккинчи турда Ироқни мағлуб этди  7

"Paxtakor" - "Navbahor": PREVYU Yangiliklar

"Paxtakor" - "Navbahor": PREVYU

Teglar :  NavbahorPaxtakor
Bugun “Navbahor” Toshkentda “Paxtakor” jamoasi mehmoni bo'ladi. Mamlakat chempionatining 8-turidan o'rin olgan navbatdagi uchrashuv jamoalarning oliy ligadagi o'zaro 51-o'yini sifatida qayd etiladi.

Raqiblar shu kunga qadar umumiy hisobda O'zbekiston chempionatida 50 marotaba o'zaro kuch sinashishgan. 33 ta o'yin Paxtakor g'alabasi bilan yakun topgan bo'lsa, 11 ta bahsda Navbaxorning qo'li baland kelgan, 6 qarama-qarshilikda durang kuzatilgan. To'plar nisbatidagi ko'rsatkich 90-37, raqib foydasiga.

Navbatdagi tur oldidan “Paxtakor” klubi rahbariyati va murabbiylar shtabida jiddiy o'zgarishlar ro'y berganligini qo'shimcha qilish joiz. Rahbariyat almashgach, bugun bo'lib o'tadigan o'yin arafasida bosh murabbiy ham almashdi. Qisqa fursat oralig'ida bosh murabbiy sifatida ish yuritgan Ravshan Haydarov o'rnini Jasur Abduraimov egalladi. Etiborli jihati Abduraimov bosh murabbiylikni vaqtinchalik bajarib turadi. Bu esa “Paxtakor”da yana bir bor murabbiy almashishidan darak bermoqda. Toshkentliklar bir tur oldin “Lokomotiv”ga qarshi jiddiy o'yinda maydonga tushishgani sababli bir qator yo'qotishlar kuzatildi. SHu sababli “Navbahor” bilan o'tadigan bahsda diskvalifikaciya tufayli Aleksandr Lobanov, Kamoliddin Tojiev va Davron Hoshimovlar maydonga tusha olishmaydi. Bundan tashqari jamoa tarkibida jarohat tufayli uchrashuvda ishtirok eta olmaydigan futbolchilarni borligi ham etirof etilmoqda.

O'zaro o'yinlar statistikasiga nazar tashlab, ayrim qiziqarli raqamlarga guvoh bo'lish mumkin. Masalan Aleksandr Geynrix qarama-qarshiliklardagi to'purar nomiga ega bo'lib turibdi. Paxtakor sharafini himoya qilgan Geynrix Navbahor darvozasini sakkiz bor nishonga olgan. Yana bir sobiq paxtakorchi Zayniddin Tojiev hisobida beshta gol bor. Navbahor safida maydonga tushgan Oleg SHackix, Leonid Koshelev va SHuhrat Mirxoldirshoevlar to'rt martadan poytaxtliklar darvozasini nishonga olishgan. Etiborli jihati Koshelev har ikki jamoada ham gol urishga erishgan. Yani Navbahordan ketgan Leonid Paxtakor safida uch bor muvaffaqiyat qozongan. SHuningdek, Vladimir Baranov hamda Vadim Kotelnikovlar ham har ikki jamoa tarkibida muvaffaqiyat qozonishgan.

Paxtakor jamoasining shu kunga qadar Navbahor darvozasiga kiritgan 90 ta golining o'n bittasini penaltidan urilganligini etirof etish o'rinli. Yana uchta golga esa jamoamiz tarkibida harakat qilgan SHavkat Raimqulov, Doniyor Usmonov va Igor Golbanlar mualliflik qilishgan. Yani ushbu himoyachilar o'z darvozalariga to'p kiritib qo'yishgan.


2009 yilgi chempionatning ikkinchi davrasidan o'rin olgan uchrashuvda Aleksandr Geynrix qarama-qarshiliklardagi yagona xet-trik muallifiga aylangandi. Uchrashuvda qayd etilgan 7:0 hisobi o'zaro hisob-kitobdagi eng yirik natija bo'lib tarixga kirgan. O'yinlar davomida to'qqizta dubl kuzatilganligini ham qo'shimcha qilish lozim. Dubllarning ikkitasiga Navbahor tarkibida harakat qilgan SHuhrat Mirxoldirshoev va Aleksandr SHadrinlar mualliflik qilishgan.
Paxtakor o'zaro o'yinlarning to'qqiztasida yirik hisobdagi g'alabalarni qo'lga kiritgan. Yirik natijalar 2000 yildan keyin kuzatilganligini ham qo'shimcha qilish mumkin. Hozircha jamoamiz hisobida ana shunday yirik g'alabalar mavjud emas. O'zbekiston chempionatlari o'tkazila boshlagan dastlabki yillarda raqiblarning o'zaro o'yinlarida nisbatan tenglik kuzatilgandi. Ammo, keyinchalik Paxtakorni kuchli tarkibga ega bo'lishi va deyarli har bir mavsum uchrashuvlarida faqat g'alabani tantana qilishi o'rtadagi farqni katta bo'lishiga olib kelgandi.

Eslatib o'tamiz, bugun soat 18.30da Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy o'yingohida boshlanadigan Paxtakor - “Navbahor” uchrashuvini navoiylik Zokir Qodirov boshqaradi. Unga qanotlarda navoiylik Obid Jumaev va Ruslan Samandarovlar yordam berishadi. Zaxiradagi hakam vazifasini qarshilik Qahramon Rasulov bajaradi. Nazoratchi hakamlik samarqandlik Xushvaqt Muxtorov zimmasiga yuklatilgan. Uchrashuvni PFL vakili sifatida Farhod Magametov kuzatib boradi.

Jamoalarning o'zaro o'yinlari natijalari
1992 yil
Navbahor - Paxtakor - 1:1
Gollar:
U.Ro'zimov (82) – V.Kechinov (12).
Paxtakor - Navbahor - 1:0
Gol:
N.Hasanov (60).

1993 yil
Paxtakor - Navbahor - 3:2
Gollar:
R.Galiev (10), SH.Maqsudov (31), V.Kechinov (70-pen.) – V.Keldiev (12), Q.Abduqodirov (27).
Navbahor - Paxtakor - 2:1
Gollar:
F.Xabibulin (75), M.Bayramov (82) – SH.Maqsudov (65).

1994 yil
Paxtakor - Navbahor - 1:1
Gollar:
A.Rahimov (63) – S.Arslonov (30).
Navbahor - Paxtakor - 1:1
Gollar: F.Xabibulin (26) – I.SHaripov (90).

1995 yil
Navbahor - Paxtakor - 1:0
Gol:
O.SHackix (37).
Paxtakor - Navbahor - 1:2
Gollar:
A.Marufaliev (17) – O.SHackix (31), Z.Musaboev (87).

1996 yil
Navbahor - Paxtakor - 1:0
Gol:
O.SHackix (71).
Paxtakor - Navbahor - 3:1
Gollar:
R.Bozorov (13,76), S.Xodiev (81) – F.Magometov (82).

1997 yil
Paxtakor - Navbahor - 2:2
Gollar:
A.Abduraimov (29-pen.), S.Morgulis (72) – O.SHackix (01), Q.Abduqodirov (27).
Navbahor - Paxtakor - 1:0
Gol:
SH.Abdurahmonov (04).

1998 yil
Navbahor - Paxtakor - 1:0
Gol:
E.Gambarov (26).
Paxtakor - Navbahor - 2:0
Gollar:
I.SHkvirin (4-pen.,62).

1999 yil
Paxtakor - Navbahor - 3:1
Gollar:
A.Xvostunov (23), I.SHkvirin (42-pen.), A.Abduraimov (78) – L.Koshelev (43).
Navbahor - Paxtakor - 1:0
Gol
: L.Koshelev (75).

2000 yil
Navbahor - Paxtakor - 2:0
Gollar:
SH.Mirxoldirshoev (45,84).
Paxtakor - Navbahor - 2:1
Gollar:
I.SHkvirin (13), V.Baranov (21) – L.Koshelev (19).

2001 yil
Navbahor - Paxtakor - 0:1
Gol:
B.Seytkamolov (79).
Paxtakor - Navbahor - 2:1
Gollar:
V.Lyutiy (31), L.Koshelev (72) – V.Kotelnikov (67).

2002 yil
Paxtakor - Navbahor - 5:1
Gollar:
N.Quttiboev (06), L.Koshelev (10), V.Kiryan (59), G.Gochkuliev (71), V.Kotelnikov (75) – SH.Mirxoldirshoev (65).
Navbahor - Paxtakor - 0:1
Gol:
G.Gochkuliev (15)

2003 yil
Navbahor - Paxtakor - 1:1
Gollar:
J.Hasanov (56) – T.Kapadze (64).
Paxtakor - Navbahor - 1:0
Gol:
M.Bikmaev (75).

2004 yil
Paxtakor - Navbahor - 3:0
Gollar:
L.Koshelev (12), Z.Tojiev (45+1,69).
Navbahor - Paxtakor - 1:0
Gol:
SH.Mirxoldirshoev (47).

2005 yil
Paxtakor - Navbahor - 2:0
Gollar:
A.Geynrix (61), L.Koshelev (84).
Navbahor - Paxtakor - 0:3
Gollar:
T.Kapadze (22), SH.Raimqulov (75-avtogol), A.Soliev (84).

2006 yil
Navbahor - Paxtakor - 1:0
Gol:
A.Mirzoev (72).
Paxtakor - Navbahor - 3:0
Gollar:
Z.Tojiev (45), S.Jeparov (45+1-pen.), A.Soliev (48).

2007 yil
Paxtakor - Navbahor - 2:0
Gollar:
S.Jeparov (3), A.Soliev (5).
Navbahor - Paxtakor - 1:2
Gollar:
V.Baranov (65) – I.Suyunov (36), Z.Tojiev (79).

2008 yil
Paxtakor - Navbahor - 3:0
Gollar
: A.Geynrix (64-pen.), S.Abdullaev (82), O.Ahmedov (90+2).
Navbahor - Paxtakor - 0:5
Gollar:
I.Suyunov (36), E.Magdeev (44), A.Geynrix (47), Z.Tojiev (70), D.Markovich (79).

2009 yil
Navbahor - Paxtakor - 1:2
Gollar:
A.Mahmudov (88) – S.Andreev (49), O.Ahmedov (85).
Paxtakor - Navbahor - 7:0
Gollar:
A.Geynrix (4,42,48), O.Ahmedov (24,62), G'.O'runov (66), F.Tojiev (75-pen.).

2010 yil
Navbahor - Paxtakor - 0:1
Gol:
A.Azizov (20).
Paxtakor - Navbahor - 3:1
Gollar
: D.Usmonov (45-avtogol), A.Geynrix (48,60) - A.Abdullaev (74).

2011 yil
Paxtakor - Navbahor - 2:1
Gollar
: T.Abduxoliqov (28), D.Savich (35) – O.Valijonov (31).
Navbahor - Paxtakor - 2:0
Gollar
: A.SHadrin (19,24).

2012 yil
Paxtakor - Navbahor - 2:1
Gollar:
V.Kozak (14), K.Maxaradze (77-pen.) – I.Boydedaev (90).
Navbahor - Paxtakor - 0:1
Gollar:
K.Maxaradze (35).

2013 yil
Paxtakor - Navbahor - 2:0
Gollar
: I.Sergeev (20), J.Oganesyan (37).
Navbahor - Paxtakor - 2:2
Gollar:
R.Ahmedov (49-pen.), A.Abdullaev (90+1) – D.SHarofiddinov (7), J.Iskanderov (44).

2014 yil
Paxtakor - Navbahor - 2:1
Gollar:
I.Sergeev (5), B.Miladinovich (90+4-pen.) – B.Yoqubov (10).
Navbahor - Paxtakor - 0:1
Gol:
B.Miladinovich (90-pen.).

2015 yil
Paxtakor - Navbahor - 1:0
Gol:
S.Andreev (83).
Navbahor - Paxtakor - 0:1
Gol:
K.Maxaradze (77).

2016 yil
Paxtakor - Navbahor - 3:0
Gollar
: I.Sergeev (36-pen.,62), I.Golban (59-avtogol).
Navbahor - Paxtakor - 1:5
Gollar:
SH.Abbosov (90+2) - J.Sohibov (29,86), A.Ahmedov (53), J.Hakimov (62), J.Iskanderov (77).

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика