So’nggi yangiliklar

01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  0 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  0 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  0 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  5 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  4 23:37БАА футбол федерацияси ёшини сохталаштирган 18 нафар мисрлик футболчини депортация қилди  1 23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  0 22:40Мексикадаги матбуот анжуманида бутун жамоа иштирок этиб, мухлислардан узр сўради  0 22:23Клублар миқёсида халқаро турнирларда энг кўп “қуруқ” ўйин ўтказган дарвозабонлар маълум бўлди  0 22:06Роналду Саудия Арабистони чемпионатидаги энг омадсиз ҳужумчи бўлиб турибди  26 21:49Уругвай термаси техник ҳамкорсиз қолди, жамоа брендсиз либосларда ўйнамоқда  2 21:26Суперлига. "Динамо" — "Металлург" 2:1. Highlights  0 21:07"Бухоро" ва "Хоразм" ўртасидаги марказий учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  2 20:57Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўйинда Қирғиз Республикасини мағлуб этди  0 20:56Суперлига. "Динамо" "Металлург" устидан мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  24

Oliy liga. Qachon gol urasizlar janob hujumchilar? Yangiliklar

Oliy liga. Qachon gol urasizlar janob hujumchilar?

Zamonaviy futbolda istalgan amplua vakillari gol urishlari odat tusiga kirib bo'ldi. Himoyachi bo'lasizmi yoki hujumchimi farqi yo'q, sizdan baribir gol kutiladi.

Ammo kam gol urilsa birinchi navbatda hujumchilar tanqid qilinadi. CHunki hujumchining birinchi galdagi vazifasi gol urish. Biz oliy liganing dastlabki davrasida umuman gol ura olmagan hujumchilarni sanab o'tishga qaror qildik.

Har bir hujumchining o'tkazgan o'yini emas balki maydonda harakat qilgan daqiqasi bo'yicha saralashga qaror qildik. Demak eng kam o'ynagan hujumchilardan boshlaymiz.

Gnoxore Krizo ("Lokomotiv") - 2ta o'yin 39 daqiqa
Yurtimizni allaqachon tark etib bo'lgan afrikalik hujumchi negadir faqat o'rtoqlik o'yinlarida gol urdi xolos. Aynan nazorat o'yinlaridagi kiritgan to'plari tufayli "Loko" bilan shartnoma tuzgan Krizo chempion jamoa safida raqobatni boy berib qo'ydi. Oqibatda murabbiylarga uni oliy ligada faqat ikki uchrashuvda maydonga tushirishdi xolos. Umumiy olganda maydonda Drogbaning yurtdoshi bir taym ham harakat qilmadi va oliy ligada o'z nomini tabloga yozib qo'ya olmadi.

Viktor Klishin ("Olmaliq") - 7ta o'yin 46 daqiqa
Tajribali hujumchi Viktor Klishin bu mavsumni Viktor Kumikov boshchiligilagi “Olmaliq”da boshladi. Biroq bosh murabbiy o'z adashiga juda kam imkoniyat berdi. Klishin 7ta uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi, ammo uning maydondagi jami daqiqalari soni 46ni tashkil etdi xolos. Tabiiyki bunchalik kam vaqt davomida harakat qilgan futbolchidan gol urishini talab qilish ham xato ish. 



Doniyor Usmonov ("Olmaliq) - 4ta o'yin 58 daqiqa
“Olmaliq”ning yana bir hujumchisi Doniyor Usmonov ham birinchi davrani “quruq” o'tkazdi. “Loko”dan ijaraga olingan futbolchi mavsumning birinchi davrada vaqtini asosan zaxiradan maydonga tushish bilan o'tkazdi. Usmonov 4ta bahsda zaxiradan maydonga tushdi va bir soatga yaqin vaqt davomida maydonda o'ynadi. Ikkinchi davrada Doniyor “Navbahor” safida o'ynaydigan bo'ldi.

Dilshod Xushbakov ("Nasaf") - 5ta o'yin 138 daqiqa
“Ajdarlar”ning yosh hujumchisi Dilshod Xushbakov bir necha yil oldin yoshlar ligasida to'purar bo'lgandi. Ro'ziqul Berdiev futbolchini oliy liga o'yinlarida ham imkon berishni boshladi. Xushbakov birinchi davrada 5ta o'yinda harakat qildi va gol ura olmadi. “Nasaf” muxlislari hujumchining O'zbekiston kubogi doirasidagi “Paxtakor” darvozasiga urgan golini yaxshi eslashadi. Ikkinchi davrada Xushbakov chempionatda ham to'p kiritishini kutamiz.

Oleksandr Pishur ("SHo'rtan") - 3ta o'yin 169 daqiqa
Krizo kabi yurtimizni tark etib bo'lgan legioner hujumchilardan biri bu Oleksandr Pishur. Ukrainalik faxriy futbolchi bir necha yil avval “Bunyodkor”da to'purarlik mahoratini ko'rsatgani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Ushbu mavsumni Pishur G'uzorning “SHo'rtan” klubida boshladi. U Volkovning taklifiga ko'ra Qashqadaryoga borgan edi. Biroq hujumchi atiga 3ta bahsda maydonga tushdi xolos. Bunga Volkovning juda erta istefosi ham sabab bo'ldi. Yani murabbiy ketishi bilan Pishur boshqa umuman maydonga tushgani yo'q. Tabiiyki 36 yoshli hujumchi 169 daqiqada umuman gol ura olmadi.



Ro'zimboy Ahmedov ("Navbahor") - 6ta o'yin 219 daqiqa
“Navbahor”da o'ynagan xorazmlik hujumchi Ro'zimboy Ahmedov ham birinchi davrada oliy ligada o'zini ko'rsata olmadi. Hujumchi Ilhom Mo'minjonov tomonidan 6ta uchrashuvdagina maydonga tushirildi. Ahmedov faqat “SHo'rtan” bilan o'yinda asosiy tarkibga kiritildi va 70 daqiqa o'ynadi. Qolgan bahslarda esa zaxiradan maydonga tushdi. Xullas Ro'zimboy ham mavsumning birinchi qismida gol ura olgani yo'q va maqolamizdan o'rin oldi.

Javohir Esonqulov ("Bunyodkor") - 10ta o'yin 222 daqiqa
“Bunyodkor”ning yosh hujumchisi o'tgan yil “Metallurg”da ijarada o'ynagan edi. Sergey Lushan yil boshida Esonqulovni jamoaga qaytardi va bir qator bahslarda asosiy tarkibda ham imkon berdi. Lekin negadir Javohir birinchi davrada chempionat doirasida umuman to'p kirita olgani yo'q. To'g'ri Esonqulov turli poziciyalarda harakat qildi, ammo fakt faktligicha qoladi. Ikkinchi davrada u yana Bekobodda o'ynashi kutilmoqda. Sobiq klubida hujumchi o'zini nimalarga qodirligini ko'rsatishiga ishonamiz.

Maradona Safarov ("Mashal") - 4ta o'yin 228 daqiqa

Argentinalik afsonaviy futbolchining adashi oliy ligamizda o'ynashini bilasiz. “Mashal” akademiyasidan chiqqan Maradona bu yildan asosiy tarkibda ko'rinish bera boshladi. Xomyakov yosh hujumchiga faqat davra oxirlarida imkoniyat berdi. Dastlab ikki uchrashuvda zaxiradan maydonga tushgan Safarov “Neftchi” va “Dinamo” bilan o'yinlarni to'liq o'tkazdi. Maradona kubok doirasida “Dinamo”ga gol urdi, ammo bu ishni oliy ligada amalga oshira olgani yo'q.



Bekzod G'anijonov ("Qizilqum") - 9ta o'yin 299 daqiqa
O'zbekiston yoshlar terma jamoasi hujumchisi Bekzod G'anijonov “Qizilqum” safida kam sonli yosh futbolchilardan biri. U birinchi davrada 9ta o'yinda deyarli 300 daqiqa davomida maydonda harakat qildi va raqiblari darvozasini ishg'ol qila olmadi. Hamidjon Aktamov tajribali futbolchilar orasiga mana shunday yoshlarni ham qo'shib turmoqda. SHu orqali yoshlar ham tajriba orttirib boraverishlari aniq. Gol esa futbolchining o'z kuchiga yanada ko'proq ishonishini taminlaydi.

Qadamboy Nurmetov ("SHo'rtan”) - 12ta o'yin 361 daqiqa
“SHo'rtan” safida gol ura olmagan yana bir hujumchi Qadamboy Nurmetov bo'ladi. Futbolchi birinchi davradan o'rin olgan 15ta uchrashuvning 12tasida maydonga tushdi ammo gol ura olmadi. Nurmetov maydonda faqatgina 4ta to'liq o'yinlik vaqt davomida harakat qilganini ham qo'shimcha qilish lozim.

Andrey Sidorov ("Qo'qon-1912") - 12ta o'yin 369 daqiqa
Qo'qonliklar Andrey Sidorovni “Paxtakor”dan ijaraga olishgan. Mavsumning birinchi qismida No'mon Hasanov Sidorovga 12ta bahsda imkon berdi. SHulardan bittasida hujumchi to'liq o'ynadi va bittasida asosiy tarkibda maydonga tushib tanaffusdan keyin almashtirildi. Qolgan 10ta uchrashuvda Sidorov faqat zaxiradan o'yinga qo'shilgan. SHu bois bo'lsa kerak Andrey ham birinchi davrada gol urganlar orasida qayd etilmadi.


Otabek Isroilov ("Neftchi") - 6ta o'yin 396 daqiqa
Farg'onaning “Neftchi” klubi uchun birinchi davra muvaffaqiyatsiz o'tgani hech kimga sir emas. Bu gapni jamoa hujumchisi Otabek Isroilovga nisbatan ham ishlatish mumkin. Andrey Fyodorov uni 6tagina uchrashuvda maydonga tushirishga qaror qildi. Abramov jamoaga kelgach Isroilov tarkibda umuman ko'ringani yo'q. Ikkinchi davrani Otabek boshqa klubda o'tkazishi deyarli aniq.

Pavel Solomin ("Obod") - 10ta o'yin 413 daqiqa
O'z vaqtida O'zbekiston terma jamoasi va Indoneziya chempionatida gollar urgan Pavel Solomin bu yil birinchi davrada bu ishni umuman amalga oshira olmadi. Moliyaviy qiyinchiliklar tufayli ikkinchi davrada o'ynamasligi aytilayotgan “Obod” klubi hujumchisi mavsumning birinchi qismida 10ta o'yinda 400 daqiqadan ortiqroq harakat qildi. Hech bir o'yin qaydnomasida gol urganlar orasida Solomin familiyasi qayd etilgani yo'q. O'tgan mavsum “Obod” klubining oliy ligadagi tarixiy birinchi goli aynan Pavel Solomin tomonidan kiritilgani va 2016 yil hujumchi 5ta gol urganini ko'pchilik yoddan chiqarmagan bo'lsa kerak.

Alisher SHog'ulomov ("Buxoro") - 12ta o'yin 609 daqiqa
Oliy liganing bir qator klublarida o'ynashga ulgurgan Alisher SHog'ulomov bu yilgi mavsumni Ulug'bek Baqoev boshchiligidagi “Buxoro” klubida boshladi. Hujumchi 12ta o'yinning faqat 3tasida to'liq harakat qildi xolos. Aslida u gol urishi ham mumkin edi. “Navbahor” bilan kechgan o'sha dramatik bahsning so'nggi daqiqalarida bosh hakam tomonidan belgilangan penaltini Alisher SHog'ulomov amalga oshirgan va posbon to'pni qaytarishga erishgandi. Agar o'shanda 11 metrli jarima to'pidan gol ura olganida Alisher bugungi maqolamizda qayd etilmagan bo'lar edi.



Vohid SHodiev ("Qizilqum") - 12ta o'yin 803 daqiqa
Nihoyat maqolamizning eng so'nggi hujumchisiga ham etib keldik. O'zbekiston terma jamoasi va “Bunyodkor” klubi safida bir necha xalqaro o'yinlarda gol urishga erishgan tajribali hujumchi Vohid SHodiev Malayziyadan qaytib “Qizilqum”da o'ynadi. O'tgan mavsumning ikkinchi qismida Navoiy klubi safida 15ta o'yinda raqiblar darvozasiga 7ta gol urgan SHodiev 2017 yilning birinchi davrasida 12ta o'yinda umuman to'p kirita olmadi. Hamidjon Aktamov unga 5ta o'yinda to'liq o'ynash imkoniyatini yaratib berdi, ammo bu ham SHodievga gol urish uchun etarli bo'lmadi. Ikkinchi davrani Vohid Toshkentning “Bunyodkor” klubida o'tkazishi kutilmoqda. Balki o'z sobiq klubida hujumchining ishlari yurishib ketar?

Narzulla Saydullaev

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика