So’nggi yangiliklar

01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  0 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  1 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  2 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  12 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  9 23:37БАА футбол федерацияси ёшини сохталаштирган 18 нафар мисрлик футболчини депортация қилди  2 23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  0 22:40Мексикадаги матбуот анжуманида бутун жамоа иштирок этиб, мухлислардан узр сўради  1 22:23Клублар миқёсида халқаро турнирларда энг кўп “қуруқ” ўйин ўтказган дарвозабонлар маълум бўлди  0 22:06Роналду Саудия Арабистони чемпионатидаги энг омадсиз ҳужумчи бўлиб турибди  32 21:49Уругвай термаси техник ҳамкорсиз қолди, жамоа брендсиз либосларда ўйнамоқда  2 21:26Суперлига. "Динамо" — "Металлург" 2:1. Highlights  0 21:07"Бухоро" ва "Хоразм" ўртасидаги марказий учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  2 20:57Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўйинда Қирғиз Республикасини мағлуб этди  0 20:56Суперлига. "Динамо" "Металлург" устидан мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  25

Oliy liga. 12-turning ikkita o'yinida o'tgan yilgi hisob takrorlandi Yangiliklar

Oliy liga. 12-turning ikkita o'yinida o'tgan yilgi hisob takrorlandi

Teglar :  Oliy liga12-tur
26-27 may kunlari oliy ligada 12-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Bu turdan o'rin olgan ikkita o'yinda o'tgan yilgi natija yana takrorlandi.

Gap shundaki, o'z maydonida "Nasaf"ni qabul qilgan "Metallurg" 1:0 hisobida g'alaba qozondi. O'tgan yil ham Bekobodda kechgan mazkur jamoalarning o'zaro qarama-qarshiligi "Metallurg"ning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakun topgandi.

Yana bir shunday voqea "Lokomotiv" - "Neftchi" o'yinida ro'y berdi. "Temiryo'lchilar" o'tgan yil bo'lgani kabi bu safar ham raqibni 4:0 hisobida dog'da qoldirishdi. (Natijada "Neftchi" murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi).

Turnir jadvalida "Lokomotiv" 26 ochko bilan peshqadamlik qilishda davom etmoqda. Jamoa uz maydonida ketma-ket oltinchi g'alabasini nishonladi. "Neftchi" esa safarda to'rtinchi marta mag'lub bo'ldi. Bundan tashqari, farg'onaliklar to'rtinchi uchrashuvda ham gol urmasdan yutqazib qo'yishdi.

"Nasaf"ga kelsak, bu jamoa safardagi uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Jamoa bungacha "Olmaliq" va "Loko"ga imkoniyatni boy bergandi. Agar qarshiliklar shunday o'yin ko'rsatishda davom etishsa, "Nasaf" bu yil ham chempionlikka erisha olmasligi mumkin.

"Metallurg" o'z maydonida qiyin g'alabaga erishdi deya olamiz. Bu bekobodliklarning uydagi uchinchi g'alabasi bo'ldi. Jamoa bungacha "SHo'rtan" va "So'g'diyona"dan ustun kelgandi. Mana endi "Nasaf" ham dog'da qoldirildi. Qo'lga kiritilgan g'alaba "Metallurg"ni 14-o'ringa olib chiqdi.


Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика