So’nggi yangiliklar

15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0 15:44ПРО-Лига. Турнинг марказий учрашуви асосий таркиблари маълум  1 15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  0 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  1 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  4 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  0 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   1 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  3 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  3 11:53Начо ва Васкес "Реал" билан шартномасини узайтиради  2 11:23"Шўртан"нинг мавсумдаги илк ғалабаси қандай қўлга киритилди?   0 10:37Футзал. Терма жамоамиз бугун Қирғиз Республикасига қарши баҳс олиб боради  0 10:00Хави «Барселона»да қолиши мумкин, бироқ бош мураббий сифатида эмас  4 09:24Месси футболдан ташқари яна қайси спорт турларига қизиқишини айтди  15

Oliy liga. 12-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Oliy liga. 12-tur ramziy terma jamoasi

Teglar :  Oliy liga12-tur
Oliy ligada 12-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Saytimiz vakillari odatga ko'ra tur ramziy terma jamoasini tuzib chiqishdi.

Bu tur sensaciyasi Bekobodda qayd etildi. Oliy ligani muvaffaqiyatsiz tarzda boshlagan "Metallurg" klubi o'z maydonida kuchli uchlikda borayotgan Qarshining "Nasaf" klubini qabul qildi. O'yinda maydon egalari Ayubxon No'monovning goli evaziga g'olib bo'ldi. SHu kuni bekobodliklar posboni Suhrob Sultonov bir necha marta o'z jamoasini goldan qutqardi.



"Navbahor" - "Bunyodkor" uchrashuvida durang qayd etildi. Maydon egalari safida himoyachi Jahongir Mehmonov faol harakatlari bilan boshqalardan ajralib turdi. "Qaldirg'ochlar" tarkibida yarim himoyachi Dostonbek Hamdamov o'z goli bilan jamoasiga bir ochko keltirdi.



"Paxtakor" Toshkentda Jizzaxning "So'g'diyona" klubini mag'lub etdi. SHu kuni maydon egalari yarim himoyachisi SHerzod Karimov chiroyli gol urishga va Sergeevga golli pas oshirishga erishdi. Mehmonlar yutqazishgan bo'lsa ham Sarvarjon Jo'raev yaxshi o'ynadi va gol urdi ham.



"Qizilqum" Samarqandda "Dinamo"ni 1:0 hisobida taslim qilib qaytdi. SHu kuni Navoiy klubi markaziy himoyasida o'ynagan Viktor Grigorev o'zidan yaxshi taassurot qoldira oldi.

"Olmaliq" G'uzorda "SHo'rtan"ni mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Viktor Kumikov jamoasiga g'alaba keltirgan golni Dilshod Jo'raev mezbonlar darvozasiga urdi.

Bu turda "Neftchi" Toshkentda "Lokomotiv"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi. CHempionat to'purari Marat Bikmaev uchrashuvda ikkita gol urib dublga erishdi.



"Mashal" o'z muxlislari qarshisida "Obod"ni yirik hisobda engdi. SHu kuni muborakliklar safida Zafar To'raev qolganlardan ko'ra anchagina faol bo'ldi.



"Qo'qon-1912" bu safar o'z maydonida "Buxoro"dan ustun keldi. So'nggi paytlarda juda ko'p tilga olinayotgan Javohir Sidiqov buxoroliklar bilan o'yinda chaqqon harakatlari va aniq to'p uzatishlari orqali muxlislar olqishlariga sazovor bo'ldi. Aynan uning ishlagan jarima to'pidan so'ng gol urilganini ham aytib o'tish mumkin.

championat.asia sayti talqiniga ko'ra 12-turning ramziy terma jamoasi:

Darvozabon
Suhrob Sultonov ("Metallurg")

Himoyachilar
Jahongir Mehmonov ("Navbahor") (3-marta ramziy terma jamoasi)
Sarvarjon Jo'raev ("So'g'diyona")
Viktor Grigorev ("Qizilqum")

Yarim himoyachilar
Ayubxon No'monov ("Metallurg")
SHerzod Karimov ("Paxtakor") (2)
Dostonbek Hamdamov ("Bunyodkor") (4)
Zafar To'raev ("Mashal") (3)
Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912") (2)
Dilshod Jo'raev ("Olmaliq")

Hujumchi
Marat Bikmaev ("Lokomotiv") (5)

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика