So’nggi yangiliklar

12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   0 12:04"Челси" скаутлари "Милан дерби"сини стадиондан кузатишган  0 11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  7 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  3 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  12 10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  10 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  6 09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  5 08:57«Атлетик» афсонаси Икер Муниаин ёзда жамоадан кетишини маълум қилди  5 08:34Фернандо Торрес қайси жамоани бошқариши маълум  5 08:10«Барселона» «Манчестер Сити» етакчиларидан бирини 50 миллион еврога сотиб олиши мумкин  6 07:44Клопп кечаги мағлубиятдан сўнг чемпионлик имкониятлари ҳақида гапирди  14 07:20Лига 1. "Монако" - "Лилль" 1:0  1 07:15Лига 1. "Лорьян" - ПСЖ 1:4  1

O'FFga taklif: MTJ, PFL va "etimcha o'g'illar" Yangiliklar

O'FFga taklif: MTJ, PFL va "etimcha o'g'illar"

O'FFda katta islohotlar zarurligi haqida juda ko'p gapirilmoqda.


Yaqinda O'FF prezidentligiga yangi rahbar saylandi. "Paxtakor"dagi qisqa faoliyati orqali futbol jamoatchiligiga tanish bo'lgan yosh shijoatkor rahbar Umid Ahmadjonov endilikda futbolimiz tepasiga keldi.
Avvalo yangi rahbarga mashaqqatli ishda zafar va omad yor bo'lishini tilab qolamiz.
Futbolimizning ertasi va kelajagiga umid paydo qilayotgan Umid Ahmadjonovga bir nechta takliflarim bor edi.

Ko'pchilik hamkasblarimiz futbolimizni butkul yangilash, tubdan isloh qilishi haqida juda ko'p gapirishmoqda, yozishmoqda. Bolalar futbolidagi muammo va kamchiliklar haqida etarlicha maqolalar chop etildi, muammolar gapirildi. Men bu haqida to'xtalmoqchi emasman.
Taklifim boshqa masalada.

Taklif #1.

Barchamizni yuragimizdan joy olgan terma jamoamiz haqida har kuni qayg'uramiz, ertasi haqida o'ylaymiz. JCH ob-havosidan nafas olishni yana to'rt yil orzu qilishda davom etamiz.

Bugungi kunda terma jamoa bosh murabbiyi o'rni bo'sh turibdi. Biz O'zbekistonni mundialda ko'rishni istasak, unda bosh jamoaga xorijdan KUCHLI mutaxassis jalb etishimiz kerak. Agarda xorijdan mutaxassis olib kelish rejasi bo'lsa, unda murabbiy ish uslubini kichik detallarigacha etibor qaratish lozim. Terma jamoaga murabbiy tanlanayotganda nafaqat erishgan yutuqlari, balki kimlar bilan qanday ishlaganiga qadar nazar solmoq zarur.
Kuchli murabbiy olib kelish haqida aytdim, lekin bu degani nomdor bo'lishi shart, degani emas.

Masalan bizga Luis Felipe Skolari yoki lotin amerikalik boshqa mutaxassis kelgani bilan natijaga erishishi qiyin. Ko'pchilik ispaniyalik mutaxassislarni ham tilga oladi. Ammo ispaniyalik murabbiylar har qancha kuchli bo'lmasin, ular bilan mundialga yo'llanmani qo'lga kiritish qiyin masala. Nega deysizmi? CHunki ispaniyalik mutaxassislar xush ko'radigan uslub va taktikaga bizning futbolchilar mos kelmaydi. Tan olish kerak, bizning futbolchilar texnik taraflama, qisqa uzatmalar, yani tiki-taka uslubida ular kutgan o'yinni namoyish etishlari qiyin. Ispaniyalik mutaxassislar tarkibga qarab taktika qo'llashmaydi, aksincha o'z uslubiga moslab futbolchilarni terib olishni xush ko'radi.
Bizning futbolchilarni o'z uslubiga moslab, ular istaydigan futbolni namoyish etishga o'rgatishi uchun vaqt ham etmaydi. Ispaniyalik mutaxassislar talab qiladigan futbolga yuqori intellekt zarur bo'ladi. Tezkor fikrlash, pasni qabul qilmasdanoq to'pning keyingi manzilini bilish va hokazo.

Bizga ko'proq Italiya, Germaniya yoki Gollandiyadan kuchli murabbiy kerak. Italiyalik mutaxassislar mavjud tarkibdan malum natijaga erishish uchun kerakli taktikani tanlashni bilishadi. Italiya futbol maktabi taktik taraflama jahonda tengsizligi bejizga emas. Germaniyalik murabbiylar esa tartib intizom va aniq mexanizim bilan ishlashga usta.

Nemis mutaxassislari aniq bir nomlar yoki individual jihatdan kuchli futbolchilar orqali jamoa o'yinini qurishmaydi. Ular yaxshi jipslashgan, kurashuvchan va tajovuzkor jamoa tuzishadi. Yani germaniyalik mutaxassislar uchun jamoa safida yulduz yoki individual kuchli futbolchilar bo'lishi shart emas. Nemis mutaxassislari yulduzlarsiz ham kuchli jamoani shakllantira olishadi. Futbolchilarni mentalitetini o'zgartish bo'yicha ularga etadigani yo'q. Aynan bizbop jihat, yani futbolchilarimizning mentalitetiga g'oliblik ruhini kiritish lozim. Nemis murabbiylarining falsafasi juda oddiy. Faqat g'alaba. Jamoa qanday o'ynamasin, hakam xushtagi chalinganida tablodagi hisob ularni foydasiga bo'lishini xush ko'ruvchi mutaxassislar hisoblanishadi.
Otto Rexagelning Greciya bilan Evro-2004da qayd etgan natijasi yaqqol misol.

Gollandiyalik murabbiylar ham terma jamoamizga kerak bo'lgan mutaxassislardan. Golland futboli maktabi tarbiyasini olgan mutaxassislar total futbolni xush ko'rishadi. Gollandiyalik mutaxassislar ham jamoa mentalitetini o'zgartirishni qoyil qiladigan murabbiylar sanalishadi. Gus Xiddinkning Janubiy Koreya bilan JCH-2002da qayd etgan natijalarni eslashning o'zi kifoya. Aynan shundan keyin Janubiy Koreya futboli yaxshigina yuksalishga erishdi. Yani Gus Xiddink Janubiy Koreya futboliga yangicha uslub va mentalitet olib kirgandi. Rossiya futboliga yangi ob-havo olib kirgan mutaxassislar aynan gollandiyalik mutaxassislar bo'lishganini barcha yaxshi eslaydi. Dik Advokat va Guss Xiddinkning xizmatlari evaziga "Zenit" UEFA kubogini, Rossiya terma jamoasi esa Evropa chempionatida o'ziga xos shov-shuvga sababchi bo'lgandi. Bir necha yil mundialsiz qolgan Saudiya Arabistonini ham JCHga olib chiqqan Bert van Marveyk ham gollandiyalik ekanligini eslatish shart emas.

Hozirgi kunda bizga ish yondoshuvidan ham, taktik uslubidan ham juda zarur bo'lgan murabbiylar aynan mana shu uchta davlatdan. Ayni paytda ishsiz yurgan va bizning taklifimizga "labbay", deb javob qaytarishi mumkin bo'lgan murabbiylardan - Gus Xiddink, Lui van Gaal, Bert van Marveyk.
Xususan Lui van Gaalning ko'ngliga "Paxtakor" ustozi SHota Arveladze orqali yo'l topish mumkin. SHogird o'z ustozini ham O'zbekistonga chorlashga ko'maklashib yuborishiga shubha yo'q.


SHuningdek, asli ukrainalik, lekin to'liq nemis futbol maktabi tahsilini olgan Viktor Skripnik ham terma jamoamiz bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlardan biri bo'lishi mumkin. Ushbu mutaxassisni terma jamoamizga taklif etish haqida bundan 1 yilcha avval yozgandik. Ammo federaciya o'shanda bunga beetibor qaragandi.

O'FFning niyati jiddiy bo'lsa, unda JCH-2022 uchun bugundan harakatni boshlash lozim. Birinchi ishni esa terma jamoaga munosib murabbiy topishdan boshlash kerak.
Bizga jamoa qura oladigan kuchli mutaxassis kerak. Birgina futbolchiga tayanadigan va uning individual harakatlarga bog'lanib qoladigan uslubni joriy etadigan murabbiy kerak emas.
Xorijdan keladigan murabbiy terma jamoamizni butkul yangilashi, eski nomlarni faqatgina nomi uchungina o'ynatishni bas qilishi kerak. Qariyalarni munosib kuzatib qo'yib, yangi O'zbekiston terma jamoasini bugundan shakllantirish shart.
Yangi keladigan murabbiy uchun Osiyo Kubogi-2019 jamoani sinovdan o'tkazib olish uchun yaxshigina imtihon vazifasini bajarishi lozim. Yani kim kelsa ham Osiyo Kubogida terma jamoamiz oldiga aniq vazifani qo'ymaslik kerak. BAAda o'tadigan Osiyo Kubogi terma jamoamizni shakllanishiga xizmat qilgani maqul. Terma jamoani oldiga natija qo'ymay ham, yuqorida aytilgan xorijlik murabbiylardan biri kelsa, o'yin yo'lga qo'yib olinib, murabbiy o'zi istagan jamoani qurib olishi mumkin.
Tarkib ham shunga monand yangilanishi shart.
Terma jamoa tarkibini deyarli butkul yangilash shart. Odil Ahmedov atrofida yangi terma jamoani qursak, menimcha, maqsadga muvofiq bo'lardi. Ahmedovning tajribasi hamda etakchilik xususiyati boshqa yosh futbolchilarimizga qo'shimcha kuch va ishonch bo'lishiga shubha yo'q.


Agarda O'FFning maqsadi xorijdan emas, balki yana mahalliy murabbiylardan biriga ishonch bildirish bo'lsa, unda Mirjalol Qosimovdan boshqa nomzodga ko'zimiz tushayotgani yo'q.
Tan olish kerak, hozirgi kunda Qosimovdan o'tadigan kuchliroq mahalliy murabbiyni kunduzi sham yoqib ham topib bo'lmaydi.

Qosimovni ikkita mundialga eplolmadi, deyishga chog'lanayotganlar eslatma: JCH-2010da Inileevni o'rniga qutqaruvchi bo'lgan Qosimov JCH-2014da Abramovni almashtirgandi. Yani Qosimov hozirgacha hech bir mundialda to'liq bitta ciklda ishlagani yo'q.

Taklif #2

PFL masalasida, PFLni butkul yangilash shart va lozim. CHunki tashkilot ishi juda katta tanqidlar va etirozlarga sabab bo'layotgani hech kimga sir emas. PFLga avvalo yangi rahbar kerak. PFL tashkil etilganidan keyin stadionlarimizda muxlislar tashrifi keskin pasaygani, chempionatimiz saviyasi tushib ketayotgani barcha tanqidlar va etirozlar o'rinli ekanligiga yana bir isbot.

Futbolimizga, xususan PFLga yangicha qarash lozim. Futbolga yondoshuvni o'zgartirishiz kerak.
Futbolda mayda yoki kichkina detallar bo'lmaydi. PFLga yangi keladigan rahbar barcha ishni professional yo'lga qo'iishni o'rganishi, OAV orqali chiqish qilishga ko'nikishi va matbuotni tinglashi zarur. Butun futboli rivojlangan davlatlarning ligalarida shunday. Zamonaviy futbol talabi kundan-kun kuchaymoqda. Hozirgi PFL esa zamonaviy futbol talablariga umuman javob bera olmaydi.

Yangi keladigan rahbar ishni avvalo futboli rivojlangan ligalarga (APL, Bundesliga, La Liga, Rossiya premer ligasi, A Seriya) borib, ulardan ish o'rganishdan boshlasa maqsadga muvofiq bo'lardi. Bunga sharoit va imkoniyat etarli, chamamda.
U erdagi ishlarni o'rganib, bu erga kelib o'shalarni yarmidan yarmini ham qo'llasa bu juda katta foyda keltiradi. Professional ligalardagi ishga bo'lgan munosabat, yondoshuvni o'ziyoq butkul farq qiladi. SHularni yangi rahbar o'z ko'zi bilan ko'rib kelib PFLga qo'llashi lozim.


Endi PFLdagi "etimcha o'g'illar" haqida. Nega "etimcha o'g'illar" dedim?
Bilasiz, bizda terma jamoa yig'in o'tkazishni istab qolsa, PFLdagi istalgan uchrashuvlar nomalum muddatga qoldiriladi. Klub terma jamoa rejasiga qarab ish tutishga majbur bo'ladi. Deyarli barcha klublarimiz murabbiylari turli xil terma jamoalarimizning navbatdan tashqari yig'ini tufayli aziyat chekishadi. SHu narsaga barham bermoq lozim.

Ha, bizda barchasi terma jamoa uchun. Terma jamoa manfaati barchamiz uchun birinchi o'rinda. Lekin bundan professional deb nomlanishni istaydigan klublarimiz ko'p aziyat chekishadi. Nega klub bizda o'zini o'ylamaydi?
Nega klub rahbariyati va murabbiylari bizning asosiy maqsad terma jamoalarga futbolchi etkazib berish, degan vazifa bilan ishlashadi. SHu boisdan ham hech bir frontda natijalar bo'lmayapti. Klub o'z yo'lidan ketsa, ularni rejalariga hech kim aralashmasa va to'sqinlik qilmasa, bu o'z-o'zidan terma jamoamizga foyda keltiraveradi.

Butun dunyoda FIFA kunlari bor va aynan shu pallada barcha terma jamoalar yig'in qilishadi, o'rtoqlik o'yini yoki rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushishadi. Barchaga sharoit va imkoniyat bir xil yaratilgan. Bizda esa qo'shimcha imkoniyatlar bor, lekin bundan naf yo'q.
Aksincha turgan-bitgani zarar.

Klublarimizning o'zini maqsadi va vazifasi bo'lishi kerak. Klub murabbiyi faqat o'z ishini qilishi lozim. Terma jamoamizning yangi murabbiyi yig'in o'tkazishni istasa, o'ylaymizki bu safar hammasi boshqacha bo'ladi. FIFA kunlarida yoki chempionatimiz taqvimiga tasir qilmaydigan pallalarda bemalol yig'in o'tkazaversin. Ammo klublarimizni ham hurmat qilishni boshlaylik.
PFL ham bazan terma jamoalarimizning yig'inlari tufayli taqvimda navbatdan tashqari o'zgartirishlarga qo'l uradi. Majbur bo'ladi. SHu narsani yo'qotaylik. Hamma o'z ishini qilsan. Qisqa qilib aytgancha, PROFESSIONAL bo'laylik.

Bu narsalarni O'FF prezidentiga murojaat va taklif sifatida yozayotganim, klublarimiz rahbarlari hamda murabbiylariga o'z maqsad va vazifalari sari ishlashlarini uqtiring, o'rgating. SHunda bu o'zbek futboli foydasiga ishlaydi. Hamma jamoalarimizning o'z maqsadi va vazifasi bo'lsagina o'sishga, yuksalish va rivojlanishga erishish mumkin.
SHunchaki terma jamoaga futbolchi etishtirib berish, degan vazifa hech qaerda yo'q. Amalda ham yo'q. Qani o'sha gaplarning isboti unda, hurmatli klublarimiz rahbarlari yoki murabbiylarimiz? Qani o'shalar? CHunki bu shunchaki quruq balandparvoz gaplardan boshqasi emas.

SHu boisdan ham bu ko'zbo'yamachiliklarni tugatish kerak.
Dunyo va evropa futbolidan o'rnak olsak, ishoning, biz ham ko'zlagan maqsadlarimizga erishamiz.

PFL esa o'z klublarini himoya qila oladigan PROFESSIONAL tashkilotga aylansa, menimcha, hamma xursand bo'ladi.
Umid qilamizki, yangi rahbariyat bilan barchasi yangicha va o'zgacha bo'ladi.


Umidimiz Umid Mahamatjonovich Ahmadjonovdan...

Muallif :
Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика