So’nggi yangiliklar

16:42Пенальтилар қайтаришда Лунинга ким ёрдам бергани маълум бўлди  0 16:17Иродали Усмонов!  0 16:11Артета: "Биз ҳали ҳам АПЛ чемпионлиги учун курашяпмиз"  0 16:00Setanta Sports+ Спортнинг ҳақиқий мухлислари учун  1 15:10"Эл Классико"ни бошқарадиган ҳакам номи маълум бўлди  2 15:00Зафармурод Абдираҳматов: "Мусобақа энди бошланди хотиржамликка берилиш керак эмас"  7 14:42Мбаппенинг бир гапидан сўнг "Барселона" ва ПСЖ вакиллари ўртасида 60 кишилик жанжал юзага келди  4 14:25Руслан Жиянов: "Ажойиб ва рақобатдош таркиб йиғилган"  2 13:52Нойер: "Бавария" муваффақиятининг сири - интизом"  3 13:36Ўзбекистонлик ҳакамлар футзал бўйича Осиё Кубогининг 2 ўйинига тайинлов олишди  0 12:59Сака "Бавария"га қарши баҳсда: 0 зарба, 0 дриблинг, 0 аниқ кросс  4 12:40Начо: "Реал" чуқур ҳимояланиб, ғалаба қозона олишини кўрсатди. Одатда биз рақибни чидашга мажбур қиламиз"  14 12:05«Реал Мадрид» футболчиси: «Манчестер Сити» биздан кўра яхшироқ футбол ўйнади»  31 11:40«Ювентус» судда ютқазди. Энди Италия жамоаси Криштиану Роналдуга катта миқдорда товон тўлайди  6 11:23Франция вазири Килиан Мбаппенинг ПСЖдан кетиши ҳақидаги хабарларга муносабат билдирди  1

Odil Ahmedov: "Menimcha barchasi ortda qoldi, akademiya o'z faoliyatini boshlaydi" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "Menimcha barchasi ortda qoldi, akademiya o'z faoliyatini boshlaydi"

Kecha Odil Ahmedov tomonidan berilgan intervyu juda ko'plab shov-shuvga sabab bo'ldi.

Ana shu intervyudan bir kun o'tib voqealar qanday davom etganini bilish maqsadida futbolchi bilan bog'landik.

"Hozircha hammasi iziga tushdi. Bir tomondan gapirib olganim yaxshi bo'ldi. Bo'lmasam, shahar huddi bedarvozadek bo'lib qolgandi. Men gapirmasam, u gapirmasa, shunday davom etaverarmidi", - deydi Odil Ahmedov.

- Ochiqroq ayta olasizmi, aynan kim halaqit qilayotgandi?

- Intervyuda u haqda og'iz ochmadim, suhbatdan keyin muxlislar ko'p murojaat qilishdi. Yakunda akam o'sha kishi bilan mening nomimdan muxlislar oldida ko'rishib oldi. Barcha qilayotgan ishlari aytildi, boshlanishiga aksar muxlislar ham bizni noto'g'ri tushunayotgan edi. Kecha barchasiga barham berildi. Qolaversa, Xayrulla Xayitboyivichning shahsan o'zi bizni chalg'ituvchi to'siqlarni bartaraf etib berishga vada berdilar. Menimcha endi birov halaqit qilmaydi. Har holda shunga umid qilamiz. SHu o'rinda akademiyani Namanganda saqlab qolishga harakat qilgan viloyat futbol federaciyasining Vice-prezidenti Bahrom Xolmirzaevga ham o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

- Mo'minjonov masalasichi?

- Ilhom akaga etiroz faqatgina yoshlar jamoasiga qaratilmayotgan etibor borasida bo'ldi. Yuqoridagi kishini nomini aytmaganimni, ko'pchilik qarshilik Mo'minjonov tomonidan bo'ldi deb o'yladi. Yo'q, u kishi agar Namangandagi yoshlarni asosiy tarkibga jalb qilsa hammamizga yaxshi bo'ladi. O'rinbosarlar tarkibini jiddiy o'rgansin, selekciyada qatnashsin. O'yinlarni jonli ko'rsin. Tayyorlov guruhi o'yinlariga tashrif buyursin va o'rinbosarlar safiga kerakli o'yinchilarni to'ldirishda yordam bersin. U kishi qilishi kerak bo'lgan ish shundan iborat. CHunki men bolalar futboli bilan shug'ullanishni boshlar ekanman, bizdan chiqadigan bolalar keyinchalik o'rinbosarlar safiga borib qo'shilmasa, qiladigan mehnatimizni samarasi bo'lmaydi.

- Vodiy chempionlar ligasi bo'ladimi?

- Bu loyiha har qanday holatda ham amalga oshiriladi. Biz faqat Namangan futbolini emas, raqobat bo'lishi uchun vodiy futboliga jon berishimiz kerak. Farg'ona va Andijon viloyatlarini kuchayishi loyihada muhim rol o'ynaydi. Keyin maqsad faqat vodiy emas, shu yo'l orqali O'zbekiston terma jamoasini va nihoyat Yaponiya hamda Janubiy Koreya kabi bir tekisda o'ynaydigan holatga keltirishimiz. Bunga 10 yillardan ko'p vaqt ketadi. Lekin ishlaymiz.

- Muxlislar bilan uchrashish rejangizda bormi, ular kutishayapti aslida nima istayotganligingizni bilishga?

- Albatta. Hozir MTJning o'yinlari hal qiluvchi bosqichga kirgan. SHuning uchun sentyabr oyida Toshkentga kelganimdan keyin vaqt tig'iz bo'ladi. Bu erda Xitoy chempionati. SHuning uchun noyabr oyida mavsum tugaganidan keyin katta zalda albatta ko'rishamiz.


Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика