OCHL. “Istiqlol” 1/8 finalning ilk o'yinida zafar quchdi
22 may 2017 23:58
Yangiliklar
OCHL. “Istiqlol” 1/8 finalning ilk o'yinida zafar quchdi
Osiyo CHempionlar ligasida nimchorak final bosqichining ilk uchrashuvlari o'tkazilmoqda.
Hozirgina bugunga belgilangan o'yinlardan dastlabkisi yakunlandi. Unda Eronning “Istiqlol” jamoasi o'z maydonida BAAning “Al Ayn” klubini qabul qilib, kichik hisobda zafar quchdi.
O'yindagi yagona gol asosiy vaqtga hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada penaltidan kiritildi. Kaveh Rizoi 11 metrli nuqtadan adashmadi va jamoasiga javob uchrashuvi oldidan kichik ustunlikni taqdim etdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar