So’nggi yangiliklar

16:25"Тоттенхэм" ҳимоячиси Европа чемпионатини ўтказиб юборади  0 16:21Ривожланиш Кубоги. Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Тожикистонга қарши таркиби маълум  1 15:59Манба: "Бавария" ва "Барса" қизиқиш билдирган Унаи Эмери "Астон Вилла" билан ҳамкорликни давом эттиради  1 15:31"Барселона" ярим ҳимоячиси мавсум охиригача сафдан чиқди  1 15:05Ироқ ОТЖ бош мураббийи: "Чорак финалда осон рақиб бўлмайди, бироқ энг муҳими, бор кучимизни ишга солиш"  4 14:59МЮ ва "Челси" собиқ футболчилари АПЛ Шон-шараф залига киритилди  1 14:30Ўзбекистон U-23 термасининг Вьетнамга қарши тахминий таркиби билан танишинг  10 14:15Саудия Арабистони ОТЖ бош мураббийи: "Икки йил аввалги мусобақада Вьетнамни ҳам, Ўзбекистонни ҳам мағлуб этганмиз. Эътиборингиз учун раҳмат"  23 13:59Рэтклифф Тухель билан музокаралар ўтказди  1 13:31"Бавария" форварди мавсум охирида жамоадан кетади  0 13:04Вьетнам футзал термаси бош мураббийи: "Ўзбекистон — турнир фаворити"  4 12:42Родриго "Реал"ни тарк этиш ниятида эмас  10 12:18Хосе Венансио Лопес: "Ярим финалга чиқиш учун Вьетнамга қарши учрашувда назоратни қўлга олишимиз талаб этилади"  13 12:01"Манчестер Сити" ярим ҳимоячисини қўйиб юборишга тайёр  8 11:39"Арсенал" "Ювентус" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0

OCHL–2017. “Lokomotiv” – “Al-Tavun” uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi Yangiliklar

OCHL–2017. “Lokomotiv” – “Al-Tavun” uchrashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Teglar :  LokomotivAl Taavon
Osiyo CHempionlar Ligasi “A” guruhi 5-turidan o'rin olgan Toshkentning “Lokomotiv” va Saudiya Arabistonining “Al-Tavun” klublari o'rtasidagi uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Anjumanning birinchi qismida saudiyaliklar bosh murabbiyi Joze Manuel Gomesh ishtirok etdi.

“Ertangi o'yin guruhdan chiqishimiz uchun so'nggi imkoniyat bo'ladi. Guruhdagi vaziyat juda qiyin. Agar o'z imkoniyatlarimizni ishga solsak, oldimizga qo'yilgan vazifani uddalay olamiz. “Lokomotiv” ishtirokidagi so'nggi 3 o'yinni kuzatdik. Alohida bir futbolchini ajratmagan bo'lardim, raqib barcha chiziqlarni agressiv o'yin namoyish qiladi.

Bo'lajak o'yinni birinchi turda bo'lib o'tgan uchrashuvga qiyoslash qiyin. “Al-Tavun”da yaqinda ish boshladim. Bitta narsani ayta olaman: katta o'zgarishlar bo'lmaydi, biz o'yin uslubimizni biroz o'zgartiramiz”, – dedi Joze Manuel Gomesh.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Lokomotiv” ustozi Andrey Miklyaev va yarim himoyachi Sardor Mirzaev ishtirok etdi.

“Biz uchun ham ertangi o'yin guruhdan chiqishga so'nggi imkoniyat. Raqib buni yaxshi tushunib turibdi. Tarkibda yo'qotishlar bor - Salamat Qutiboev. Muhammad Koneda esa engil jarohat mavjud. Oxirgi ikki o'yindan buyon u individual tarzda mashg'ulotlar o'tamoqda. Futbolchilarning jismoniy holati yaxshi. Ertaga muxlislarning daldasi bizga yo'l kelgan bo'lardi”, – dedi “temiryo'lchilar” ustozi.

“Al-Tavun”ga qarshi o'yin qiziqarli va shu bilan birga qiyin kechadi. OCHLdagi so'nggi ikki o'yinim o'xshamadi. O'z ustimda ishladim va sifatli o'yin ko'rsatishga harakat qilaman”, – dedi Sardor Mirzaev.

Eslatib o'tamiz, “Lokomotiv” – “Al-Tavun” uchrashuvi ertaga, 25 aprel kuni TTZ mavzesidagi “Lokomotiv” stadionida, soat 17:00 da start oladi.

Foto: “Lokomotiv” PFK matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика