So’nggi yangiliklar

14:07Ўзбекистонлик ҳакам футзал бўйича Осиё Кубоги 2-турига тайинланди  0 13:51"Бавария" ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этишни истамаяпти  0 13:25"Барселона" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 12:57"Реал" вингери "Барселона"га қарши ўйинни ўтказиб юбориши мумкин  3 12:30МЮ ҳужумчисига харидорлар маълум қилинди  0 12:05Неймар ижтимоий тармоқларда Мбаппени ҳақорат қилди  9 11:43Ўзбекистон футзал терма жамоасининг Ироққа қарши учрашувини баҳрайнлик рефери бошқаради  4 11:22"Пахтакор-79" ПФЛ талабини бажармагани учун Биринчи лигадан четлаштирилиши мумкин  1 10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  7 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  13 09:52Англия клублари 9 йил аввалги нохуш натижани такрорлашди  6 09:26Иброҳимҳалил Йўлдошев: «Осиё кубогига келишим жуда қийин бўлди»  5 09:01Клопп жамоасини Европа лигасидан чиқиб кетгани ҳақида фикр билдирди  3 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0 08:10Футзал. Бугун терма жамоамиз 2-турда майдонга тушади  0

OCHL: 1094 kundan buyon g'alaba qozona olmayotgan "Bunyodkor" Yangiliklar

OCHL: 1094 kundan buyon g'alaba qozona olmayotgan "Bunyodkor"

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi so'nggi bor OCHL final bosqichida g'alaba qozonganiga oz emas, ko'p emas, bugun 3 yil bo'ldi.


Bundan 3 yil avval, 2014 yilning 23 aprelida "qaldirg'ochlar" Qatarda "Al Jayish" jamoasini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, guruhdan chiqish vazifasini uddalashgandi.
O'shanda jamoani Aleksandr Volkov boshqarayotgandi.

"Bunyodkor"ning "Al Jayish"ga urgan gollariga Sergey Simonenko va Sardor Rashidov mualliflik qilishgandi.

SHundan so'ng jamoa har yili OCHL guruh bosqichiga yo'llanma oldi va hozircha birorta ham g'alabani qo'lga kirita olgani yo'q.

"Bunyodkor"ning OCHL final bosiqichidagi oxirgi g'alabasini qo'lga kiritgan o'yinda ishtirok etgan futbolchilardan faqatgina Javlon Ibrohimov tarkibda qolgan.



OCHL-2014.

23 aprel, 2014 yil.

Guruh bosqichi, 6-tur.

"Al Jayish" - "Bunyodkor" 1:2

"Abdullah Bin Khalifa" stadioni, 5184 tomoshabin.

Gollar
: Muhammad Muntari (53) -  Sergey Simonenko (13), Sardor Rashidov (90).

"Al Jayish" - Ahmad Sofyan, Vagner Ribeyro, Yusuf Mufta (Rami Fayoz, 82), Nilmar (Jeddo, 69), Jires Kembo Ekoko, Seul Ki, Abdurahmon Akbar, Ali Sanad, Muhammad Muntari, Halid Abdulrauf, Saud Muborak (Deyab Hassan, 75).

Bosh murabbiy: Nabil Malual.

"Bunyodkor" - Akbar To'raev, Sahob Jo'raev (Alibobo Rahmatullaev, 54), Oleg Zoteev, Javlon Ibrohimov (Sardor Rashidov, 67), Xayrulla Karimov, Bahodir Pardaev, Aleksandr Pishur, Sergey Simonenko, Sardor Sobirxo'jaev (Dilshod Jo'raev, 76), Akmal SHorahmedov, Anvar G'ofurov.

Bosh murabbiy: Aleksandr Volkov. 


O'sha yili "Bunyodkor" guruhdan chiqib, nimchorak finalda "Al Hilol"ga imkoniyatni boy bergandi.

SHundan keyin "Bunyodkor" ushbu mavsumni qo'shib hisoblaydigan bo'lsak, qatorasiga uchinchi yili guruh bosqichida qolib ketmoqda.

Sergey Lushan qo'l ostida jamoa OCHL final bosqichida hozirga qadar 16 uchrashuv o'tkazdi va bularning hech birida g'alaba qozona olgani yo'q.

Lushan faqatgina OCHL guruh bosqichiga o'tish, yani kvalifikaciyada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Sergey Lushanning OCHL kvalifikaciyasidagi natijalari:

3 o'yin, 2 g'alaba va 1 durang.

Dastlabki yilda Toshkentda "Al Jazira", keyin BAAning "Al SHabab" hamda joriy mavsumda Qatarda "Al Jayish" jamoalari taslim etildi.


Sergey Lushanning OCHL final bosqichidagi ko'rsatkichlari:

16 o'yin, 0 g'alaba, 4 durang, 12 mag'lubiyat. To'plar nisbati: 10-27.

"Bunyodkor" 3 yil ichida, yani 16 uchrashuvda jami 4 ochkoni qo'lga kiritdi.


Ertaga "Bunyodkor" jamoasi OCHL guruh bosqichi doirasida "Al Ahli"ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu anti-rekordni to'xtatish payti allaqachon etib keldi.

Ishonamiz, ertaga "qaldirg'ochlar" ushbu yoqimsiz seriyaga barham berishadi. Jamoa nomi, klub imiji uchun ham futbolchilar o'ynashlari shart!

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика