So’nggi yangiliklar

20:01Карло Анчелотти Куртуа "Кадис"га қарши майдонга тушиши мумкинлигини тасдиқлади  0 19:39"Арсенал" кўрикка МЛСдан дарвозабонни таклиф қилди  0 19:17"Лейпциг" Хави Симонсни яна бир йил ўз сафида олиб қолмоқчи  0 18:54"Байер" ҳимоячиси "Бавария"га ўтиши мумкин  1 18:36Тиаго Силванинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  1 18:17Вирджил ван Дейк: "Эвертон"га қарши учрашувдагидек ўйин кўрсатсак, чемпион бўлолмаслигимиз аниқ"  5 17:55Анчелотти: "Барселона"да қолиш — Хави учун тўғри қарор"  15 17:36Энцо Фернандес учун мавсум якунланди  3 17:09Беллингем ва Родриго "Реал Сосьедад"га қарши ўйинни ўтказиб юборади  4 16:55Саад Ал-Шеҳри: "Ушбу мусобақадаги таркибимиз, икки йил аввал чемпионликни қўлга киритган таркибимиздан кучлироқ"  22 16:28Футбол олами. 16:0, "Динамо" - "Насаф" 3:3 ва бошқа ўйинлар: Ўзбекистон кубоги 2-тури ҳақида батафсил   0 16:19Энди расман: Лапорта Хави янги мавсумда ҳам "Барселона"да қолишини маълум қилди  16 16:00"Челси"нинг икки футболчиси ёзда Саудия Арабистонига кўчиб ўтиши мумкин   4 15:31Осиё Кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  10 15:09Ўзбекистон кубоги. 3-тур расмийлари маълум  6

Nodirxo'ja Yuldashevdan futbolga italyancha qarash, bolalar futbolida amal qilinmayotgan FIFA reglamenti Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashevdan futbolga italyancha qarash, bolalar futbolida amal qilinmayotgan FIFA reglamenti

Italiyada murabbiylik licenziyasini olish juda murakkab.

Ispaniya va Germaniyada ham bunday qiyinchilik yo'q, bu bilan u erda oson demoqchimasman. Lekin Lippi mamlakatiga solishtirganda... SHuning uchun ham ko'pchilik italiyaliklar borayotgan joylarida maksimal natijaga erishyaptilar.

Hamma qatori ular ham har 3 yilda licenziyani yangilaydilar. Ammo imtihonlar nomiga o'tmaydi. SHuning uchun yangilikdan ortda qolmaslik va har bir imtihondan muvaffaqiyatli o'tish uchun italiyalik murabbiylar har 6 oyda 2 haftalik kurslarda o'qib boradilar. 3 kunlik yig'ilishlarda yangiliklar talqin qilinadi va murabbiy 3 yil ichida kamida 5 marotaba o'z bilimlarini charxlab boradi. CHunki u bunga majbur. Agar o'sha uch yil oraliqdagi brifinglarda berilgan bilimlarni imtihonda aytib bera olmasa, uning licenziyasi cho'zilmaydi. SHuning uchun ham italiyalik mutaxassislar tinmay o'z bilimlarini oshirib boradilar. Bu nafaqat "PRO" balki, "S", "V", "A" licenziyalariga ham taalluqli.

Germaniya va Ispaniya futbolidan ortda qolib ketganini anglab etgan Italiya buni tan oldi. Italiyada qilingan xatoni tan olishga va uni paytida o'zgartirishga uyalishmaydi. Bir muddat Italiya Ispaniya va Germaniya metodikasidan biriga o'tishni o'yladi. Ammo ular 10-15 yilga ilgarilab ketganliklari uchun u metodikaga etib olish o'ta murakkab degan xulosaga keldilar. CHunki 10 yil o'tib, ular yana yangi uslubda 10 yilga o'tib ketaveradilar.

SHu maqsadda italiyaliklar o'z modellarini yaratdilar va uni 5-6 yil avval "Yuventus", "Roma", "Inter", "Milan", "Kevo", "Napoli" va "A" Seriyaning boshqa imkoniyati bor klublarda sinovdan o'tkazdilar. Natija chakki bo'lmadi. "Yuventus" so'nggi 5 yilda ikki marta ECHL yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Italiya futbol federaciyasi o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Evropa va jahon chempionatlarini bir chetga surib qo'ydi. Qisqasi, Italiya modeli yaqinda tasdiqlandi va endi Italiya bo'ylab 36ta regionga yo'naltirildi.


Endi har bir italyan murabbiyi o'z yoshlar klubini yangi tadbiq etilayotgan metodika asosida tarbiyalab boradi. Bu loyihani bir paytlar Germaniya ham qo'llagan va chekka-chekka qishloqlargacha o'z metodikasini taqdim etgandi. Bu juda katta mablag'ni talab etadi. Kuchlilar qatorida o'z o'rnini yo'qotib borayotgan Italiya kelajak uchun millionlardan voz kechishni o'z oldiga reja qilib qo'ydi. Bugungi kunda birorta nemis klubi Angliya, Franciya va Ispaniya kabi juda katta millionlarni transfer uchun sarflamaydi, asosiy tarkibda o'ynab ketadigan futbolchilar o'zida etarlicha. Xuddi shu falsafani Italiya ilgari suryapti, faqat futbolchini tayyorlash dasturi bir-biridan farq qiladi xolos.

"A" seriyadagi sanoqli klublarni inobatga olmaganda, moliyaviy inqiroz Italiyada juda ko'plab klublarga jiddiy tasir o'tkazgan. SHuning uchun ham ular bugunga kelib o'zlari yaxshi saviyadagi fubolchilarni etishtirib chiqarishga majbur bo'ladilar. Narx-navoning keskin ko'tarilishi, bu ketishda Italiyaga top futbolchilarkelishini pasaytirishi aniq. Yaxshi futbolchini tarbiyalash uchun murabbiy doim izlanishda bo'lishi kerak. Aynan shu izlanish murabbiylarga kam xarajatli bo'lishi uchun, Italiya futbol federaciyasi 36 regionda malaka oshirish o'quv-kurslarini bepulga taqdim etish loyihasini ishlab chiqdi. Bugunda istagan italiyalik murabbiy o'ziga yaqin bo'lgan hududda o'zi istaganicha malakasini bepul oshirib boraveradi. Murabbiy ko'p, ish esa oz. Bu esa licenziya egalarini tinim bilmay izlanishda bo'lishlariga olib kelayapti.

Yaqin o'n yil ichida bu o'z mevasini bermay qolmaydi

Ish bilan bo'lib Zeytullaev bilan uyushtirilgan intervyuda qatnasha olmagandim. Uch yil avval unga kelajakda futbol maktabi ochish niyatida ekanligimni aytgandim. Xayrulla Xoliqov uni bu haqda xabardor etdi. Keyin Ilyos bilan telefon orqali suhbatlashdik va "JFL Tashkent"ning mashg'ulotiga keladigan bo'ldi. Mashg'ulotga 2006-2009 yillarda tavallud topgan eng sara futbolchilarni yig'ib oldik. Bir soat davomida mashg'ulotni tomosha qilgan Ilyos, keyin bolakaylar bilan o'zi futbol o'ynadi va yarim soat Italiyada qo'llaniladigan mashg'ulotlardan birini bolakaylar bilan bajardi. Evropa bilan bizning farqimiz, bizdagi murabbiylarning fantaziyasi katta emasligi. Doimiy izlanishda bo'lmasligi.

Eng katta muammo esa o'zbekistonlik murabbiylar o'zlarini birovdan kam bilmasligi va o'rganing degan taklifga, men bularni bilaman deb javob berishida bo'ladi. Germaniya, Ispaniya, Italiyada bunday emas. Ular yuqorida qayd etilganidek bo'sh vaqtini o'qish bilan o'tkazadi. Guruhlari ham shunga monand, bizda "A" guruhdan keyin sizda tirikchilik uchun albatta "V" va "S" tarkib bo'ladi. Hattoki, "S" tarkibdan o'zining "A"siga o'tishi uchun pul oladiganlar ham yo'q emas.

Bolakay suzishni bilmasa, uni ko'chaga hech kim chiqarib qo'ymaydi-ku? O'sha suzish chempionlari mashg'ulot o'tkazadigan basseynlarda ular ham teng huquqli suzuvchi sifatida mashq qiladilar. Nima uchun futbolda ajratish kerak? Ajratiladigan yosh kamida 13ni tashkil etishi kerak. Evropa andozasining yutug'i mana shu aslida. Bizda 7 yoshdan eng kuchlisini maydonga tushirishadi, aqli borini emas. CHunki 7 yoshdan natija kerak. Aqli bor, ammo kuchi yo'q bola 13-14 yoshdan keyin ko'rina boshlanadi. Ungacha esa uni murabbiy sen "A" tarkib azosimassan deb sindirib bo'lgan bo'ladi.

Ota - onalar ham shoshmasliklari kerak. Bir klubga farzandini olib kelib uch oydan keyin boshqasiga olib boradi. Xuddi 3 oy ichida bola zo'r futbolchi bo'lib qoladi. Bu uzoq yillarni talab qiladigan sport turi va unga sabr kerak.


"JFL Tashkent" bolalar futbol klubiga asos solingach, yoshni kichraytirish muammosiga endi jurnalist sifatida emas, klub vakili sifatida kurashishimga to'g'ri keladigan bo'lib turibdi. Yaqinda bir erda musobaqada qatnashdik. Bizda Evropa kabi ikki yosh bir toifada bo'lgani uchun 2008 yillarimiz ichida 2 nafar yaxshi o'ynaydigan 2007 yil bola bor edi. Raqiblarga musobaqadan avval bu haqda aytildi, ular biroz noto'g'ri tushunishibdi. 2 nafar 2008ni o'ynatishdi. Bu fojea, natija kerak ularga. So'nggi kuni o'rtoqlik o'yini o'tkazish taklifini berdik va bironta 2007siz o'ynashni aytdim. Raqib safida 15 nafar futbolchidan 4 nafari 2008 bo'lib turibdi. Aslida 2 nafar 2007 qoidasiga kelishgan bo'lganmiz. SHunga ham biz katta yutuqlarga erishmaymiz.

Yaqin kunlarda o'z tizimimni ishlab chiqaman va unda 7 yoshdan 15 yoshgacha faqat va faqat tegishli idoralardan tasdiqdan o'tgan futbolchilar ro'yxatdan o'tishi mumkin bo'ladi. U tizimda biz bilan halol ishlaydigan klublar uchun sahifa ajratiladi. Bu nima beradi? Avvalo klublar o'zaro o'rtoqlik o'yinlar o'tkazishda muammoga uchramaydilar. Biz o'tkazadigan musobaqalarda faqat tizimga azo klublar qatnashadi. CHunki bizning bundan keyingi musobaqalarimizda aldovga o'rin bo'lmasin. Bu tizim orqali futbolchilarni nazorat qilishimimiz mumkin bo'ladi. CHekka-chekka tizimga azo qishloq futbolchilarini ham poytaxtdan turib bemalol kuzatish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Bu tizim malum mablag'ni talab etadi, lekin uddalashimizga ishonaman.

Undan tashqari 2007-10 yillar uchun maxsus chempionatni yo'lga qo'yishimiz darkor. Bugunda shahar chempionatidagi eng kichik yosh 2007 hisoblanadi. 2004 yillargagina ochko tizimi qo'llaniladi. Bu FIFA reglamenti. 2007-2008 yillar hech qanaqasiga 9x9 o'ynamasligi kerak. Bu ham FIFA talabi. Ammo bizda bunga etibor qilinmaydi. Evropa esa bunga qatiy etibor qaratadi. Bekorga 2007 yil avlod vakillari 7x7 o'ynamaydi. Kamroq futbolchi - bu ko'proq to'p bilan munosabat degani. Yana boshqa foydali tomonlari bor. Men shakllantirmoqchi bo'lgan chempionatda esa faqat va faqat FIFA qoidalari, Evropa tomonlarda qo'llaniladigan tizimlarga javob beradigan klublar qatnashishlari lozim bo'ladi.

FIFA tasdiqlab bergan reglament qanday?

Yosh

Futbolchi

Maydon

O'yin vaqti

Darvoza

To'p hajmi

Turnir

9-10

7x7gacha

30x45dan 35x50gacha

15-20

3x2

4

Ochkosiz

11-12

9x9gacha

45x60dan 50x67gacha

20-25

5x2

4

Ochkosiz

13

11x11

45x90

25-30

Standart

5

Ochko

14

11x11

50x90

30-35

Standart

5

Ochko

15

11x11

60x90

35-40

Standart

5

Ochko

16

11x11

60x100

40-45

Standart

5

Ochko

17

11x11

60x100

45

Standart

5

Ochko

Mazkur jadval 2017 yil 30 mart kuni O'zbekiston futbol federaciyasi bosh kotibi, Sardor Hamidullaevich tomonidan tasdiqlanib barcha viloyat federaciyalariga taqdim etilgan. Ammo bu jadvalga deyarli amal qilinmaydi. SHaxsan o'zim 2008 yilgi futbolchilarga musobaqa o'tkazish va o'rtoqlik o'yinlarini tashkil qilishda qiyinchilikka uchrayman. "Mening bolalarim 9x9 yaxshi o'ynashadi", ularning topib olgan gapi shu. Velosiped allaqachon ixtiro qilib bo'lingan va uni minish kerak xolos, bu poezd emas, orqaga rul qo'ysa velosiped yurishdan to'xtaydi.

Hozir rejamizdagi yana bir vazifa, Odil Ahmedov bilan vodiyda barchasini qonun qoida asosida ishni yo'lga qo'yish. Vodiyda sal kam 10 mln. aholi yashashini inobatga olsak, u erdan istedodlarni juda ko'plab ixtiro qilishimizga ishonamiz.

Italiyadagi holat Ilyos Zeytullaev bilan bo'lib o'tgan suhbat asosida yozildi.

Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика