“NBU-Osiyo”: Ikkinchi davraga tayyorgarlik davom etmoqda
26 iyu 2017 16:28
Yangiliklar
“NBU-Osiyo”: Ikkinchi davraga tayyorgarlik davom etmoqda
Toshkentning “NBU-Osiyo” klubi bugun navbatdagi mashg'ulotni o'tkazdi.
Kecha oliy liganing yana bir vakili Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazgan “bankchilar” bugun tiklanish mashqlarini bajarishdi. Mashg'ulotda asosan jismoniy holatga etibor qaratildi. Futbolchilar ko'proq yuklamalar bilan ishlashdi. “Bankchilar” ikkinchi davraga jiddiy tayyorgarlik ko'rish maqsadida deyarli kun ora oliy liga jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishmoqda.
Fikrlar