Napoli yosh darvozabon uchun Real Sosedadga 26 mln evro taklif qildi
25 iyu 2017 13:11
Yangiliklar
Napoli yosh darvozabon uchun Real Sosedadga 26 mln evro taklif qildi
Napoli Pepe Reynaga o'rinbosar topgan ko'rinadi.
Italiya OAV xabariga ko'ra, shartnomada 25 yoshli darvozabonning trasfer narxi 40 million qilib belgilanganiga qaramay, 26 million taklif qilganlar.
Ispan jamoasi bu taklifga hali aniq javob bermagan.
O'z navbatida Napolidagilar Ruli bir mavsum Pepe Reynaning o'rinbosari sifatida harakat qilib, 2018/19-yilgi mavsumda asosiy posbonga aylanishini istashmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Ruli xizmatlariga Manchester Siti qiziqish bildirayotgani xaqidagi xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar