So’nggi yangiliklar

17:55Анчелотти: "Барселона"да қолиш — Хави учун тўғри қарор"  1 17:36Энцо Фернандес учун мавсум якунланди  2 17:09Беллингем ва Родриго "Реал Сосьедад"га қарши ўйинни ўтказиб юборади  2 16:55Саад Ал-Шеҳри: "Ушбу мусобақадаги таркибимиз, икки йил аввал чемпионликни қўлга киритган таркибимиздан кучлироқ"  13 16:28Футбол олами. 16:0, "Динамо" - "Насаф" 3:3 ва бошқа ўйинлар: Ўзбекистон кубоги 2-тури ҳақида батафсил   0 16:19Энди расман: Лапорта Хави янги мавсумда ҳам "Барселона"да қолишини маълум қилди  10 16:00"Челси"нинг икки футболчиси ёзда Саудия Арабистонига кўчиб ўтиши мумкин   3 15:31Осиё Кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  10 15:09Ўзбекистон кубоги. 3-тур расмийлари маълум  4 14:23"Челси" "Арсенал"га йирик ҳисобда имконият бой берилгач, Почеттинони ишдан ҳайдаши мумкин  7 14:08Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистонига қарши кечадиган баҳс олдидан нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  28 13:56"Манчестер Юнайтед" Марсьялнинг нархини эълон қилди  4 13:32Гвардиола Канселунинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 13:05"Шеффилд Юнайтед" АПЛ антирекордини ўрнатди  0 12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   11

Munosabat: Babayan taklif etgan futbolchilardan kimlar Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o'ynashi mumkin? Yangiliklar

Munosabat: Babayan taklif etgan futbolchilardan kimlar Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o'ynashi mumkin?

O'zbekiston milliy terma jamoasi bir haftalik yig'in o'tkazish maqsadida Turkiyaga yo'l oldi.

O'FF rasmiy saytida yozilishicha, futbolchilarimiz u erda ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi va raqiblarning kim bo'lishi hozircha malum emas. Bundan ko'rinib turibdiki, bizga raqib bo'lishi mumkinligi jamoalar nomi Turkiyadagi mashg'ulotlar paytida aniq bo'ladi.

Va katta ehtimol bilan O'zbekistonning ikkita o'yindagi raqibi klublar bo'ladi. CHunki bu yig'in FIFA kunlarida tashkil etilmayotgani bois hozir Turkiyada bizga o'xshab yig'in o'tkazayotgan boshqa terma jamoa bo'lmasa kerak.

Aslini olganda, terma jamoamiz shakllanishi uchun mana shunday yig'inlar kerak, lekin hozir mavridi emas. CHunki boshqa terma jamoalar yig'ilmayotgan bir paytda bizning yig'ilib uzoqqa otlanishimiz, buning ustiga birorta klub bilan o'ynab qaytishimiz terma jamoa obro'siga faqat salbiy tasir ko'rsatadi.

Jahon chempionatiga chiqishni maqsad qilgan jamoa bunday yig'inlardan uzoq yurishi kerak. Futbolga etibori yuqori deyarli barcha davlatlarda futbolchilar davralar oralig'ida o'z klublarida shug'ullanishadi, o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushishadi, ammo nima uchundir O'zbekiston terma jamoasi doim yig'in tashkil etishdan charchamaydi.



Xuddi shunaqa yig'in fevralda Antaliyada ham tashkil etilgandi. Terma jamoamiz u erda "Amkar", keyin Armanistonning qaysidir klubiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazgandi. Ammo martdagi o'yinlarda bu naf bermadi. To'g'ri, o'z maydonimizda Qatarni 1:0 hisobida mag'lub etdik, ammo bu ham Odil Ahmedovning jarima to'pini mohirona amalga oshirishi evaziga ro'y berdi. Safarda Suriyaga yutqazib qo'yganimiz esa hech qanday oqlashga sabab bo'la olmaydi.

Mana endi yana shunga o'xshash vaziyatda turibmiz. Yana Turkiya yig'ini, faqat bu safar yozning qaynoq pallasida. Fevral yig'inidan keyin martda avvaliga mehmonda Suriyaga, keyin Toshkentda Qatarga qarshi o'ynagandik. Iyul yig'inidan keyin ham shunga o'xshash holat kuzatiladi: safarda Xitoy mehmoni bo'lamiz, keyin uyda Janubiy Koreyani qabul qilamiz.

Terma jamoamiz Turkiyaga yo'l olishidan avval bosh murabbiy Samvel Babayan matbuotga bergan intervyusida oliy liganing birinchi davrasida o'zini ko'rsatgan futbolchilarni yig'inga olib ketayotganini aytib o'tdi. Xo'p, shunday ham deylik, lekin ertaga rasmiy o'yinlar boshlanganda bu futbolchilardan nechtasi terma jamoaga taklif etiladi? Aksar futbolchilarning o'zida "Men Turkiya yig'inida o'zimni ko'rsatishim kerak, chunki avgustda yana chaqirilaman" degan ishonch bormi?

Bunday ishonch faqat Babayan bosh murabbiy bo'lganidan beri avvalgi o'yinlarda chaqiruv olgan futbolchidagina bo'lishi mumkin. Lekin boshqalar ertaga baribir asosiy rolda legionerlar bo'lishini juda yaxshi bilishadi. Bu allaqachon sinovdan o'tgan va futbolchilarni bu bilan ishontirib bo'lmaydi.

Hozir xorijda faoliyat olib borayotgan legionerlar terma jamoamizning asosiy kuchi hisoblanadi va bunga qarshiligimiz yo'q. CHunki haqiqatdan ham legionerlarimiz o'zlari to'p tepayotgan chiziqdan kelib chiqib aytganda mahalliy o'yinchilarimizga nisbatan kuchli. SHu bois ham chetda o'ynashyapti. Lekin madomiki Babayan birinchi davrada o'zini ko'rsatgan futbolchilarga etibor berishni xohlagan ekan, Turkiya yig'iniga yo'l olgan 20 nafar futbolchining birinchi davradagi ko'rsatkichini keltirib o'tamiz.



DARVOZABONLAR

Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”): 13 o'yin, 1170 daqiqa, -18 gol.

Lobanov birinchi davraning 13ta o'yinida maydonga tushib o'z darvozasidan 18ta gol o'tkazib yubordi. U 32ta gol o'tkazgan taqdirda ham baribir terma jamoaga chaqirilgan bo'lardi.

Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”): 12 o'yin, 1080 daqiqa, -8 gol.
Toki terma jamoa rulida Babayan bor ekan, Nesterov rasmiy o'yinlarda maydonga tushmasa kerak. Ammo u oliy liganing birinchi yarmini yaxshi saviyada o'tkazdi.

HIMOYACHILAR
Aleksandr Merzlyakov (“Qo'qon-1912”): 11 o'yin, 937 daqiqa.

Merzlyakov birinchi davrani hartugul yaxshi tugatdi. Qolaversa, jamoasi bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. U 11 marta maydonga tushishga muvaffaq bo'ldi.
 
Davron Hoshimov (“Paxtakor”): 13 o'yin, 1142 daqiqa.
Davron Hoshimov "Paxtakor"ning deyarli barcha o'yinlarida ishtirok etdi. Lekin Eronga qarshi zaxiradan nima uchun aynan uning tushirilganini haliyam tushunib etganimiz yo'q.

Farrux Sayfiev (“Nasaf”): 14 o'yin, 1215 daqiqa, 1 gol.
Sayfiev sekin-asta "Nasaf" uchun muhim o'yinchiga aylanib bormoqda. Eron bilan o'yinda Andreev jarohat olib almashtirilgan mahal aslida shu futbolchini maydonga tushirish lozim edi.  

SHerzod Azamov (“Paxtakor”): 14 o'yin, 1193 daqiqa.
Qiziq, Azamov oldin ham ko'zga tashlanganmidi yoki "Paxtakor"ga o'tganidan keyin terma jamoaga loyiq ko'rildimi? U "Nasaf" uchun birinchi davrani yomon o'tkazmadi. "Paxtakor" safida qanday o'yin ko'rsatishini esa vaqt ko'rsatadi.   

Murod Xolmuhammedov (“Qo'qon-1912”): 15 o'yin, 1334 daqiqa, 3 gol.
Xolmuhammedov ham birinchi davrani yaxshi o'tkazdi. Hatto uchta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ammo Eronga borib o'yindan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi-yu, lekin o'yinda qatnashish nasib qilmadi.  

Akmal SHorahmedov (“Nasaf”): 15 o'yin, 1350 daqiqa, 1 gol.
SHorahmedov "Nasaf"ga borgach jamoaning o'ng qanot himoyasini kuchaytirdi. Agar Babayan uni Tehronda chap qanot himoyasiga qo'ymaganida kamida durang bilan qaytishimiz mumkin edi. 



YARIM HIMOYACHILAR

Vladimir Kozak (“Paxtakor”): 15 o'yin, 1167 daqiqa, 1 gol.

Kozak oldingi yillari kuchli edi, ammo oxirgi paytlarda o'z o'yinini yo'qotib qo'ygandek. SHunga qaramay, "Paxtakor"ning birinchi davradagi hamma o'yinlarida maydonga tushdi va bitta gol urdi.

Suhrob Berdiev (“Qo'qon-1912”): 11 o'yin, 944 daqiqa, 6 gol.
Markaziy yarim himoyachi Suhrob Berdiev birinchi davrada 6ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Buni yaxshi natija desa bo'ladi. Lekin Suhrob o'ynaydigan chiziqda terma jamoada raqobat etarli.
 
Salamat Quttiboev (“Lokomotiv”): 8 o'yin, 259 daqiqa, 1 gol.
Yil boshida "Lokomotiv"ga o'tgan Quttiboev birinchi davrada o'zini ko'p ham ko'rsata olmadi. U asosan OCHLda "Al Ahli" darvozasiga tezkor gol urgani bilan yodda qoldi. Keyin esa jarohat oldi va ko'p vaqtini maydon tashqarisida o'tkazdi.

Davronbek Umirov (“Bunyodkor”): 10 o'yin, 827 daqiqa.
"Bunyodkor" futbolchisi birinchi davrada o'nta o'yinda maydonga tushgani bilan milliy terma jamoaga tortadimi-yo'qmi, aniq bir gap aytish qiyin.

Otabek SHukurov (“Bunyodkor”): 15 o'yin, 1318 daqiqa.
SHukurov yuqoriga ko'tarilish uchun mehnat qilishda davom etmoqda. U doim terma jamoaga chaqirilib kelgan va qaysi o'yinda maydonga tushmasin bor kuchi bilan harakat qilishga intilgan.

Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”): 13 o'yin, 1097 daqiqa, 5 gol.
Masharipov birinchi davrani yuqori notada o'tkazdi. Eng muhimi, u tezda "Loko" o'yiniga kirishib ketdi. Yangi jamoa va Mirko Yelichich bilan ishlash o'ziga ham maqul keldi. Jalol birinchi davrada 5ta gol urdi.
 
Murod Toshmatov (“Metallurg”): 12 o'yin, 933 daqiqa, 1 gol.
Murod Toshmatov "Metallurg"da yaxshi o'yin ko'rsatib kelmoqda, biroq gap terma jamoa haqida borar ekan, bu alohida mavzu. Yarim himoyachi mavsumning birinchi yarmida o'rtacha harakat qildi. Hali o'z ustida ko'p ishlashi kerak.

Sardor Mirzaev (“Lokomotiv”): 15 o'yin, 1168 daqiqa, 3 gol.
Mirzaev terma jamoaga muntazam chaqirilayotgani yo'q. Uni ko'pincha yig'in payti taklif etishmoqda, ammo rasmiy o'yinlarga kelganda chetda qolib ketyapti. Sardor birinchi davraning hamma o'yinida maydonga tushib, uchta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
 
Bahrom Abdurahimov (“Nasaf”): 15 o'yin, 1348 daqiqa, 5 gol.
Agar Ro'ziqul Berdiev Bahromning iqtidorini payqab qolmaganida haliyam "Andijon" tarkibida to'p tepib yurgan bo'larmidi. Aslini olganda, Abdurahimov juda foydali futbolchi va u maydonda katta hajmdagi ishni bajaradi. U "Nasaf"ning hamma o'yinlarida ishtirok etdi.  

Erkin Boydullaev (“Qizilqum”): 14 o'yin, 1260 daqiqa.
Boydullaev ham mehnatkash futbolchi, lekin uning rasmiy bellashuvlarga taklif etilishi qiyin masala bo'lsa kerak. Garchi birinchi davraning 14ta o'yinida maydonga tushgan bo'lsa-da, gol kiritish nasib qilmadi.



HUJUMCHILAR

Igor Sergeev (“Paxtakor”): 11 o'yin, 786 daqiqa, 4 gol.

Sergeev birinchi davrada ko'p gol ura olmadi. U ikki bor "Obod" darvozasiga to'p kiritgan bo'lsa, bir martadan "Nasaf" va "Qo'qon-1912" darvozasini ishg'ol qildi. Lekin baribir Babayan nazdida terma jamoa uchun almashtirib bo'lmas futbolchi.

SHohruz Norxonov (“Bunyodkor”): 14 o'yin, 1189 daqiqa, 3 gol.
Norxonov o'tgan yil yaxshiroq ko'ringandi, lekin bu mavsum o'zini ko'p ham ko'rsata olmayapti. Balki "Bunyodkor" tarkibida yana odamlarning tiliga tusha boshlar.

Ko'rib turganingizdek, Babayan taklif etgan futbolchilardan hammani ham terma jamoada zo'r o'ynab ketadi deya olmaymiz. Loyiqlar bor, lekin tortmaydiganlari ham bor. Ammo hamma gap bosh murabbiyning o'zida qolgan. Endi Xitoy va Janubiy Koreya bilan o'yinlar oldidan bu tarkibdan juda kamchilik chaqirilsa kerak. CHunki asosiy kuch baribir legionerlar bo'lib qolaveradi. Agar mana shu bir haftalik yig'in terma jamoamizga nimadir foyda bersa bundan albatta xursand bo'lamiz. Lekin avvalgi xorij yig'inlarida bo'lgani kabi bunisining ham naf berishiga ishonchimiz juda kam.

X.Xoliqov.

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика