So’nggi yangiliklar

04:45Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Манчестер Сити" - "Реал Мадрид" 1:1 (Пенальтилар 3:4)   5 04:40Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Бавария" - "Арсенал" 1:0   0 04:35ОЧЛ. "Ал Айн" - "Ал Ҳилол" 4:2   0 04:25U-23 Осиё кубоги. Вьетнам - Кувайт 3:1   0 02:50ЕЧЛ. "Реал Мадрид" пенальтилар сериясида "Ман Сити"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди! Финал остонасидаги рақиб - "Бавария"  379 01:56ЕЧЛ. Киммихнинг голи "Бавария"ни ярим финалга олиб чиқди  32 01:00"Манчестер Юнайтед" форварди ёзда клубни эркин агент мақомида тарк этади  2 23:54Малайзия ОТЖ бош мураббийи: "Бугун мусобақанинг энг кучли жамоаларидан бирига қарши ўйнадик"  0 23:35U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Малайзия 2:0   0 23:24ОЧЛ. "Ал Айн" кутилмаганда ярим финалнинг илк ўйинида "Ал Ҳилол"ни мағлуб этди  18 23:22"Манчестер Сити" — "Реал". Таркиблар маълум  28 23:05Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Австралия 3:2   1 22:50Абдувоҳид Неъматов: "Мусобақани ажойиб тарзда бошлаб олдик"  2 22:33"Порту" уч йилга еврокубоклардан четлатилиши мумкин?!  0 22:12Улуғбек Ҳошимов: "Ҳужумчи позициясига 3-4 футболчи даъвогарлик қилмоқда"  1

Monakoning yangi yulduzlari bilan tanishing Yangiliklar

Monakoning yangi yulduzlari bilan tanishing

Teglar :  MonakoKilian Mbappe
Yozda ularni top-klublarda ko'rsak kerak.

Kilian Mbappe, hujumchi, 18 yosh

KIM QIZIQMOQDA?
Kimlar qiziqmayotganini aytish osonroq. Real, Barselona, Arsenal, Manchester Siti, ammo Kilian hozircha hech qaerga shoshilmayapti. Uning agenti mashhur Jorje Mendesh hisoblanadi va Mbappeni kamida 50 million funtga sotmoqchi.

Transfermarkt bo'yicha QANCHA TURADI? 10 million evro.

NIMA QILDI? Barcha uni Terri Anri bilan tenglashtirishmoqda. Birinchi mavsumdayoq ajoyib natijalar qayd etmoqda: Franciya chempionatida 21ta o'yin 10ta gol, 7ta golli pas; 2ta ECHL pley off bahsi 2ta gol.



Bernardu Silva, yarim himoyachi, 22 yosh

KIM QIZIQMOQDA.
Real, Manchester Yunayted (unda birinchi bo'lib sotib olish huquqi ham bor), CHelsi, Atletiko, Barselona – umuman olganda Jorje Mendeshning navbatdagi mijozi. Tovon puli – 80 million evro.

Transfermarkt bo'yicha QANCHA TURADI? 25 million evro.

NIMA QILDI? Universalligi bilan qoyil qoldirdi, sababi mavsum davomida maydon markazida deyarli barcha nuqtalarda ajoyib o'ynadi. Uning statistikasi ham ajoyib ko'rinmoqda: 10ta gol va 13ta golli pas.



Fabino, himoyachi va yarim himoyachi, 23 yosh

KIM QIZIQMOQDA.
Kuzda braziliyalik futbolchi Monako bilan 2021 yilga qadar uzaytirdi, ketmoqchi bo'lganida o'tgan yozdayoq ketardi. O'shanda unga Napoli va Atletiko qiziqqandi, Manchester Yunayted esa 30 million evro.

Futbolchining otasining aytishicha Barselona, Manchester Siti va Arsenal ham unga qiziqib qolishgan. Bizga MYU va Joze Mourinoning ish uslubi yoqadi, ammo Manchester Siti ham yaxshi variant, – deydi Fabinoning otasi Canal+ telekanaliga.

Transfermarkt bo'yicha QANCHA TURADI? 20 million evro.

NIMA QILDI? O'ng qanot himoyachisi, o'ng qanot yarim himoyachisi va ajoyib pressing qila oladigan yarim himoyachi bo'la olishini ko'rsatdi. Ideal penaltichi (12tadan 12ta gol).


Temue Bakayoko, yarim himoyachi, 22 yosh

KIM QIZIQMOQDA?
O'tgan yozda Yuventus etiboriga tushgandi, keyin Lester va CHelsidan telefon qilishdi, ammo asosiy davogar Manchester Yunayted. Joze Mourino unda Maykl Kerrikning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda. Himoyaga ixtisoslashgan, kuchli va jamoani aniq pas bilan taminlab turadigan yarim himoyachi.

Transfermarkt bo'yicha QANCHA TURADI? 7,5 million evro.

NIMA QILDI? Stabilligi bilan xayratda qoldirmoqda: ECHLdagi statistikasi Franciya chempionatidagidan yaxshiroq (bitta o'yinda kamida 3 marta to'pni olib qo'yish va hujumni to'xtatish). Pressing qiroli.



Toma Lemar, yarim himoyachi, 21 yosh

KIM QIZIQMOQDA?
CHelsi, Manchester Siti, Bavariya, Yuventus, Atletiko (20 mln evro taklif qildi).

Transfermarkt bo'yicha QANCHA TURADI? 20 million evro.

NIMA QILDI? 2016 yil noyabr oyida Franciya chempionatining eng yaxshi futbolchisi, Monako safida ECHL kashfiyoti bo'lgan yagona futbolchi. Juda tezkor va texnik hujumkor futbolchi, ECHLda kamida uch martadan to'p olib qochib ketadi. Mavsum davomida 11ta gol urib 8ta golli pas berdi.


Benjamen Mendi, chap qanot himoyachisi, 22 yosh

KIM QIZIQMOQDA?
Asosiy davogar – Manchester Siti.

Transfermarkt bo'yicha QANCHA TURADI? 9 million evro.

NIMA QILDI? O'tgan yozda Marsel klubidan 12 million evroga sotib olindi. Mendi ikki kilogramm tashladi va atletizm hamda tezkorlikni oshirdi, endi barcha joyga ulguradigan futbolchiga aylandi. U hujumda ham ancha foydali: ECHLda 5ta o'yinda 3ta golli pas – juda ajoyib.


sports.ru  saytidan Narzulla Saydullaev tarjimasi

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика