MLS media huquqlarni 4 milliard dollarga sotmadi
25 iyu 2017 05:50
Yangiliklar
MLS media huquqlarni 4 milliard dollarga sotmadi
Amerika futbol ligasi (MLS) rahbarlari chempionatning telehuquqlarini 4 milliard dollarga sotishni istamadi.
MP & Silva xalqaro mediaxoldingi liganing translyaciya huquqini 2023 yildan boshlab 10 yilga sotib olish taklifi bilan chiqqan edi. Aynan 2023 yilda ESPN, Fox va Univision bilan imzolangan shartnomalar muddati yakunlanadi.
Liga rahbarlariga MP
& Silva mediaxoldingi rahbarlarining chempionatni autsayder tark etishi haqidagi
so'rovi maqul kelmagan. MP & Silva tasischilaridan biri Rikkardu Silva “Mayami”
klubining xo'jayinlaridan biri hisoblanadi. Bu jamoa AQSH ikkinchi ligasida
ishtirok etadi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar