So’nggi yangiliklar

02:10АПЛ. "Ливерпуль" "Эвертон"га ютқазиб, чемпионлик пойгасидаги имкониятларини янада ёмонлаштириб юборди  18 02:00АПЛ. "Ман Юнайтед" 20-ўриндаги "Шеффилд"ни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  32 00:50Тебас яқин келажакда Ла Лига ўйинлари АҚШда ўтказилишини маълум қилди  2 00:35Франция. ПСЖ "Лорьян"дан устун келди ва чемпионлик масаласини деярли ҳал қилди  1 00:22Breaking: Хави "Барселона"да қолишга қарор қилди!  14 23:54"Реал Мадрид" "Милан" ҳимоячиси трансфери устида ишламоқда  0 23:23 Хосе Венансио Лопес: "Эронга қарши баҳс жуда қийин ва мураккаб бўлиши аниқ, бироқ биз ўз потенциалимизга ишонамиз"  5 22:50"Барселона" ва Хави ўртасида музокаралар ўтказилди. Лапорта мураббийни олиб қолмоқчи  2 22:28Эрлинг Холанд "Сити"нинг АПЛдаги ўйинини ўтказиб юборади. Гвардиола буни тасдиқлади  1 22:05Перес "Эл Класико"дан олдин ҳакамларнинг ёнига бориб, улар билан саломлашган. "Барса" ўйинчилари бу ҳолатнинг гувоҳи бўлишган  30 21:45МЮнинг тен Хаг даврида амалга оширган трансферлари рейтинги тузилди – Антони охирги ўринда, Онана эса...  4 21:20Ральф Рангник "Бавария" у билан боғланганини тасдиқлади  1 20:55Футзал. Ўзбекистон Вьетнам устидан камбэк амалга оширди ва ярим финалга йўлланма олди  64 20:31ОЧЛ. "Йокогама" пенальтилар сериясида "Ульсан Хюндай"ни мағлуб этиб, финалга йўл олди!   4 20:22Оливье Жиру "Лос Анжелес" билан шартнома имзолагани маълум бўлди  3

Lutfulla To'raev: Malayziyaga qaytish niyatim yo'q emas Yangiliklar

Lutfulla To'raev: Malayziyaga qaytish niyatim yo'q emas

Xabar berganimizdek, Malayziya chempionatida faoliyat yuritgan yarim himoyachi Lutfulla To'raev va hujumchi Farhod Tojiev ikkinchi davrada Olmaliq sharafini himoya qiladi.

Har ikki futbolchi jamoaning Minskda davom etayotgan o'quv-yig'in mashg'ulotida ishtirok etyapti. Tojiev 2016 yilning birinchi davrasini Olmaliqda o'tkazgan, To'raev esa o'z vaqtida Kumikov qo'l ostida Nasaf sharafini himoya qilgandi.

Viktor Balyutovich ayni payt aynan olmaliqliklar ustozi hisoblanadi. Biz Minsk shahrida bo'lib turgan Lutfulla To'raev bilan bog'lanib, undan intervyu oldik.

- Lutfulla, Malayziyadan qaytgach, tatilni qanday o'tkazdingiz?

- Ko'proq oilam va do'stlarim davrasida bo'lishga intildim.

- Vatanda qancha muddat bo'lmadingiz?

- Besh oy. Tabiiyki, tug'ilib-o'sgan go'shani juda sog'inibman.


- Viloyat muxlislari katta futbolni sog'inishgan. Axir Guliston va Yangier jamoalari oliy ligadan chetda qolishyapti...

- Ha, nimasini aytasiz. Bu shaharlarda o'yinlar o'tkaziladigan kun haqiqiy bayramga aylanardi.

- Katta futbolga kirib kelishingizga zamin hozirlagan Yangier futbol maktabiga borib turasizmi?

- Albatta. Etti yil davomida Yangier futbol maktabida tahsil olganman. Uyda bo'lgan paytlarim u erga borib turaman.

- Tatil chog'ida sizda oliy ligamizni kuzatish imkoni paydo bo'ldi. Qaysi o'yinlarni bevosita stadiondan tomosha qildingiz?

- Bunyodkor va Lokomotiv jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni ko'rdim. Taassurotlar yaxshi, o'yin juda ham qiziqarli kechdi. Bunyodkor nomdor raqibini mag'lub etishni uddaladi.


- Har ikkala jamoada ham o'ynagansiz. O'tgan davr bilan taqqoslaganda o'zgarishlar ko'zga tashlandimi?

- Hozir Bunyodkor tarkibida asosan yoshlar o'ynashyapti. Jamoani Mirjalol Qosimov qabul qilib olgach, bu o'zgarish o'z natijasini bera boshladi. Lokomotiv, Nasaf, Qo'qon-1912 klublari mag'lub etildi. Bunyodkorning ikkinchi davrada avvalgi mavqeini tiklab olishiga ishonchim komil. Temiryo'lchilar ham yildan-yilga kuchayib borishyapti.

- Malayziya chempionatining birinchi davrasi siz o'ynagan Terengganu uchun qanday o'tdi?

- Birinchi davrani 2-o'rinda tugatdik. Menimcha, bu yaxshi natija. Boisi, dastlabki ikki pog'onani egallagan jamoalar oliy divizionga chiqishadi. 30 iyun kuni ikkinchi davra boshlandi. Terengganu kutilmaganda o'z maydonida durang qayd etib, 4-o'ringa tushib ketdi.

- Jamoa bilan shartnomangiz yakunlandimi?

- Ha, bitim muddati tugadi va O'zbekistonga qaytdim.

- Kelishuv yarim mavsumga tuzilganmidi?

- Xuddi shunday.


- Bitimni uzaytirish haqida o'ylab ko'rmadingizmi?

- Yo'q, klub yangi shartnoma taklif qilmadi.

- Malayziyaning boshqa bir jamoasida qolish imkoniyati bormidi?

- Ayni payt yo'q edi, lekin kelasi yili yana Malayziyaga qaytishni maqsad qilganman.

- Olmaliq varianti qanday paydo bo'ldi?

- Malayziya klublaridan tayinli taklif tushmagach, ikkinchi davrani oliy ligamizda o'tkazishga ahd qildim. Malum muddat sport formamni ushlab turish uchun Lokomotiv mashg'ulotida qatnashdim. Etiborlisi, ikkinchi davrani temiryo'lchilar safida boshlashim deyarli hal bo'lib qolgandi, klub mutasaddilari bilan kelishuvga erishgandik. Lekin bu orada Olmaliqdan taklif tushdi. Men bu masalani Lokomotiv rahbariyati hal qilishi, ularning roziligidan keyingina jamoamni o'zgartirishim mumkinligini bildirdim.

- Lokomotiv varianti yaxshiroq emasmidi? CHempion bo'lishingiz mumkin edi?

- CHempion bo'lganman-ku (kuladi)! Ha, yaxshi variant, lekin klub rahbarlari shunday to'xtamga kelishdi. Olmaliq oldiga ham jiddiy vazifalar qo'yilyapti. CHempionat yakunida ikkinchi o'rinni egallashimiz shart. SHu tariqa OCHLda qatnashishimiz mumkin.

- Raqam tanladingizmi?

- Menimcha, o'zim uchun sevimli 13da o'ynasam kerak. Omadsiz raqamni kim ham olardi (kuladi)? U deyarli hamma jamoada bo'sh turadi.

- Malayziyada ikki yildan oshiq vaqt to'p surdingiz. Umumiy xulosalar qanday?

- Bu chempionatda faoliyat yuritganimdan afsuslanmadim. Nasib qilsa, kelasi yili yana Malayziyaga qaytish niyatim yo'q emas.


- Faqat moliyaviy manfaat sabab shunday fikr bildiryapsizmi?

- Yo'q, albatta. Futboli bizdan ko'ra kuchsizroq bo'lishi mumkin. Lekin klublarda barcha narsa professional tarzda yo'lga qo'yilgan. Muxlislar futbolni juda yaxshi ko'rishadi. Stadionga kelayotgan tomoshabinlar soni fikrimga isbot bo'la oladi. O'yinchilarga ham barcha sharoitlar muhayyo qilingan.


 Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

"Interfutbol" gazetasi

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика