So’nggi yangiliklar

16:04"Дон-дон-зики", хушчақчақ Кападзе — Ўзбекистон - Вьетнам учрашувидан 93 та расм  0 15:53Футзал. Эрон кетма-кет 9 марта Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  4 15:26АПЛда «Олтин қўлқоп» учун асосий даъвогар маълум бўлди  1 15:05"Фейеноорд" бош мураббийи топ-клублардан бирида иш бошлаши мумкин  1 14:45"Ўзбекистон ҳеч кимдан қўрқмаслигини намойиш этди". Сайтимизнинг россиялик ходими Вьетнам устидан қозонилган ғалаба ҳақида қандай фикрда?  8 14:25Футзал. Тожикистон ўз тарихида илк бор Жаҳон чемпионатига чиқди!  12 14:20Обит яна футбол ўйнай оладими?  0 14:08Карлос Тевес шифохонага тушиб қолди  0 13:51"Барселона" ёзги трансфер ойнасида ярим ҳимоячисини сотади  2 13:15Ўзбекистон ОТЖ Осиё кубоклари тарихида энг кўп легионер билан иштирок этмоқда. Аввалги турнирларда вазият қандай бўлган?  9 12:482 йил аввал Ўзбекистонни ютган Саудия Арабистони таркиби қанчалик ўзгарган?   9 11:35Биринчи лига. "Пахтакор-79"га иккинчи турда ҳам техник мағлубият ёзилди  2 11:15"Оқ бўрилар" қаршисида яна "яшил лочинлар". Арабча ҳисоб-китобга нуқта қўйиш вақти келди  7 10:45Алонсо ва Аморим билан келиша олмаган «Ливерпул»нинг янги устози ким бўлиши маълум  6 10:19Микель Артета Лондон дербисидаги ғалабадан сўнг нималар деди?  5

“Lokomotiv” bugun “Buxoro”ni qabul qiladi Yangiliklar

“Lokomotiv” bugun “Buxoro”ni qabul qiladi

Teglar :  LokomotivBuxoro
O'zbekiston chempioni va kubogi sohibi – Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi joriy yilgi kubok bahslari chorak finalida “Buxoro” klubi qarshilgini engib o'tishga urinib ko'radi.

Bugun mazkur ikki jamoa chorak final javob o'yinini o'tkazadi. Yodingizda bo'lsa, Buxoroda kechgan bellashuvda kuchlar teng kelgan edi – 0:0. Bugun esa yarim final yo'llanmasi qaysi jamoaga nasib etishi oydinlashadi.

O'zbekiston kubogi. 1/4 final.
 LOKOMOTIV (TOSHKENT) – BUXORO (BUXORO)
Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoiy), A. Capenko (Toshkent vil.), R. SHoyaxmetov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Dastlabki uchrashuv: 0:0.
 
Mazkur qarama-qarshilikni navoiylik hakam – Zokir Qodirov boshchiligidagi referilar guruhi boshqarib boradi.

FAKT: Tajribali referi – Zokir Qodirov joriy yilgi mavsum hisobidan ikkinchi bor “Lokomotiv” jamoasi o'yinini boshqarmoqda. Navoiylik hakam bundan avval “Lokomotiv”ning Oliy Liga 14-tur o'yinlar i doirasidagi “Dinamo”ga qarshi kechgan o'yinida ham ishlagan edi. O'shanda jamoamiz samarqandliklar ustidan 2:0 hisobida zafar quchgandi.



O'ZARO QARAMA-QARSHILIKLAR TARIXI:

Qayd etish joizki, “Lokomotiv” hamda “Buxoro” jamoalari shu paytga qadar O'zbekiston kubogi o'yinlari doirasida faqat bir marta o'zaro to'qnash kelishgan. 2012 yilgi kubok bellashuvlari chorak finalida yo'llari kesishgan jamoalarning ilk qarama-qarshiligida “Buxoro” 2:0 hisobida g'olib chiqqan. Javob o'yinida esa “Lokomotiv” 2:0 hisobida g'alabaga erishgan. Penaltilar bahsida esa omad buxoroliklarga kulib boqqan – 7-6.

“LOKOMOTIV” KUBOK O'YINLARIDA QANDAY ODIMLAMOQDA?


O'zbekiston kubogining amaldagi sohibi – “Lokomotiv” ushbu mavsumda kubok o'yinlaridagi ishtirokini nimchorak finaldan boshladi. “Temiryo'lchilar” 1/8 finalda Navoiyning “Qizilqum” jamoasi qarshiligini engib o'tishdi.

Dastlab Toshkentda o'tgan bahsda “Loko” futbolchilari raqib darvozasini oz emas, ko'p emas – javobsiz naqd 5 marta ishg'ol etishdi. O'sha bellashuvda Marat Bikmaev bir marta, Jaloliddin Masharipov hamda Diyor Turopov ikki martadan o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishgandi.



Javob o'yinida esa 1:1 hisobi qayd etildi. Toshkentliklar safida Murod Bobojonov muvaffaqiyat qozondi va chiroyli gol muallifiga aylandi.

1/4 finalda esa jamoamiz “Buxoro” jamoasiga ro'baro' keldi. Buxoroda o'tgan ilk uchrashuv keskin kurashlarga boy tarzda ko'rinish oldi. Har ikki jamoa futbolchilari ham bir qator xavfli vaziyatlar yaratishdi. Biroq gol urish hech bir jamoaga nasib etmadi va yarim final yo'llanmasi taqdiri bugungi bellashuvga qoldi.

BILISH SHART
: “Lokomotiv” – “Buxoro” juftligida g'alaba qozonadigan jamoa kubok yarim finalida “Qo'qon-1912” – “Nasaf” juftligi g'olibiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur ikki jamoa ham bugun o'zaro o'yin o'tkazishadi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика