So’nggi yangiliklar

12:59Сака "Бавария"га қарши баҳсда: 0 зарба, 0 дриблинг, 0 аниқ кросс  0 12:40Начо: "Реал" чуқур ҳимояланиб, ғалаба қозона олишини кўрсатди. Одатда биз рақибни чидашга мажбур қиламиз"  8 12:05«Реал Мадрид» футболчиси: «Манчестер Сити» биздан кўра яхшироқ футбол ўйнади»  16 11:40«Ювентус» судда ютқазди. Энди Италия жамоаси Криштиану Роналдуга катта миқдорда товон тўлайди  5 11:23Франция вазири Килиан Мбаппенинг ПСЖдан кетиши ҳақидаги хабарларга муносабат билдирди  1 10:53U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистонлик ҳакамлар 2-турнинг иккита учрашувида ишлашади  1 10:27Sofascore. Майдонда 20 дақиқа ҳаракат қилган Ғаниев энг яхшиларидан бири бўлди  0 10:02«Реал Мадрид» чемпионлар «қотили». Мадридликлар ЧЛ рекордини ўрнатди  58 09:38Париж сари «юриш» бошланди. Ўзбекистон U-23 — Малайзия U-23 ўртасидаги учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 09:10EЧЛ. Ҳафта футболчиси бўлишга номзодлар эълон қилинди  12 08:46Гвардиола: «Ман Сити» бугун ҳар томонлама ажойиб эди»  55 08:20Анчелотти кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  15 07:53EЧЛ. Кечаги учрашувларнинг «Man of the match»лари маълум  15 07:37БАА чемпионати. «Шабаб Ал Аҳли» меҳмонда мағлуб бўлди. Ғаниев захирадан майдонга тушди ва ассист қайд этди  0 04:45Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Манчестер Сити" - "Реал Мадрид" 1:1 (Пенальтилар 3:4)   11

Kulmasdan, Surxondaryo va boshqa viloyatlarda bolalar futbolini birgalikda uyg'otamiz! Yangiliklar

Kulmasdan, Surxondaryo va boshqa viloyatlarda bolalar futbolini birgalikda uyg'otamiz!

Teglar :  SurxondaryoBoysun
KXDR - O'zbekiston (4:2) o'yinidan keyin Qosimovda ayb yo'qligini yozib, barchasini bolalar futbolidan boshlash kerakligi va pulim bo'lsa, butun Respublikani aylanib chiqib, umumiy holat bilan tanishim lozimligini aytgan edim.

SHunda kishilardan moddiy yordam so'radim. Faqat bir kishi 100 000 so'm tashlab ketgan edi. U ham o'zim bilan o'qigan kursdoshim. Juda ko'pchilik meni mazax qildi, juda ko'pchilik. "MEM"larim chiqdi har xil gruppalarda. 

O'shanda jazirama issiq, chilla, ro'za og'iz. Men, operatorimiz Zoir Tursunboev va do'stim, ham akam Kamoliddin Alimov bilan Surxondaryoga bordik. 100 000 so'mdan anchasi ketdi.

Meni ustimdan odamlar kulishayotgan bir paytda, bu erdagi axvolni ko'rib yig'lagin kelardi. Dilimga tugdim, shu viloyatda futbolni uyg'otishga. O'z paytida aynan shu viloyat futbolchilari "Neftchi"ning shonli tarixini yozishda katta yordam bergan edi. Bu viloyatda tug'ma istedodlar ko'p. Bu quruq gap emas.

Bu viloyatga qilgan safarimdan keyin, begona viloyatga qaratilayotgan etibor boysunlik tanishlarimizda katta qiziqish uyg'otdi. SHu qiziqish tufayli ham Kiko Zuniga bilan Boysunga tashrif buyurdik. 

2006 yilda tavallud topgan yosh futbolchini "Barselona"ga taklif qilishi, biz uchun katta yutuq. Bu taklif poytaxt jamoalaridan emas, dunyo tan olingan klubga bo'lishi ikki hissa kayfiyatimizni ko'taradi.

Bir safar maqolamda, O'zbekistonda istedodlar ko'p faqat mahalliy musobaqalarni ko'paytirib, bizga skautlarni jalb qilishimiz kerakligini yozgandim. Mamlakatga futbol skauti kelmas ekan, tarbiyalanuvchilarimiz shu erda qolib ketaveradi.

To'g'ri, hali bu futbolchi ko'rikdan o'tmadi, hali "Barselona" oladimi, yo'qmi, u ham nomalum. Lekin bizning futbolchilar chet elda o'ynay olishlarini o'zi bir katta natija. Barchasi qadamma-qadam bo'ladi. Biz ham birdaniga osmonga sakrash niyatimiz yo'q. SHunday hamkorlarni ko'paytirgan holda maqsadimizga albatta etishamiz.

"Best Sport Media" kompaniyasini ochishdan ham maqsad shu. Osiyodagi eng zo'r musobaqalar bir kun kelib qaerda deganda, barcha O'zbekistonda deb javob berishi kerak. Bu 10 yildan keyin bo'ladimi, 20 yildan keyin. Sog' salomat ekanmiz, shu yo'ldan qaytmaymiz!

"JFL Tashkent" faqat boyning bolasi qatnashadi deganlar ham adashadi. Aynan shu bolalar klubining chet eldagi hamkorlari orqali mana shunday istedodlarni chet elga chiqarishni boshlaymiz.

Bizga ishonganlarga rahmat! Farzandingizni rosmana futbolchi bo'lishini istasangiz, futboldan tashqari maktab bilimiga ham katta ahamiyat bering! Bu juda muhim!

Nodirxo'ja Yuldashev.

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика