So’nggi yangiliklar

20:07Асрор Алиқулов: "Олимпиада йўлланмасини қўлга кирита оладиган таркибимиз бор"  2 19:59"Милан" Жиру ўрнига кимни олиб келади?  0 19:40Ўзбекистон U-23 терма жамоаси "Халифа" стадионида!  9 19:22Рауль "Реал"ни тарк этишга тайёр  1 19:03U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон — Вьетнам (матнли трансляция)  35 19:01Ўзбекистон ва Вьетнам ўзаро ўйинлар тарихи ёхуд "қорли финал"ни эслаб  3 18:30Тухель АПЛ ва Ла Лига ўртасида танлов қилди  3 18:01Ўзбекистон Кубоги. 2-тур баҳсли вазиятлари юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  13 17:41"Бобур Арена"нинг айрим секторлари ёпилиши маълум қилинди. Бунга нима сабаб бўлди?  28 17:22Франция Евро-2024'да Команнинг хизматларидан фойдалана олмайди  0 16:53УEФА миллий терма жамоаларнинг Евро-2024 учун қайдномаларини кенгайтиради  4 16:25"Тоттенхэм" ҳимоячиси Европа чемпионатини ўтказиб юборади  3 16:21Ривожланиш Кубоги. Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Тожикистонга қарши таркиби маълум  4 15:59Манба: "Бавария" ва "Барса" қизиқиш билдирган Унаи Эмери "Астон Вилла" билан ҳамкорликни давом эттиради  6 15:31"Барселона" ярим ҳимоячиси мавсум охиригача сафдан чиқди  4

Kristian Gross: "Bunyodkor"ning yo'qotadigan narsani bo'lmagani uchun shunday o'ynadi" Yangiliklar

Kristian Gross: "Bunyodkor"ning yo'qotadigan narsani bo'lmagani uchun shunday o'ynadi"

OCHL 5-turi doirasidagi "Bunyodkor" - "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) o'rtasidagi o'yindan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Kristian Gross o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz o'yinni noto'g'ri boshladik. Raqibga bosim uyushtira olmadik. "Bunyodkor" uchrashuvni hujumkor tarzda boshladi shu bois o'yinni qo'lga ololmadik. Bizda imkoniyatlar juda kam bo'ldi. Biz agressiv o'yin ko'rsata olmadik", - deydi Gross. 

- "Bunyodkor" so'nggi o'rinda bo'lgani uchun raqibga nisbatan mensimay tushildimi?

- Bunday bo'lmadi. Bazi futbolchilarimiz xatolikka yo'l qo'ygani uchun o'yinimiz o'xshamadi. O'yinchilarimiz o'z darajasidan past darajada o'ynashdi.

- "Al Ahli" rahbariyati "Bunyodkor"dan 3 nafar futbolchi sotib olish imkoniyatini bersa qaysi futbolchilarni sotib olgan bo'lardingiz?
- Barcha o'yinchilar mahoratli. Ammo uch nafar futbolchini tanlay olmayman.

- "Bunyodkor"ni o'rganib chiqqansiz. Bugun raqib nima uchun bunday yaxshi o'ynadi deb o'ylaysiz?
- "Bunyodkor" bosimsiz o'ynadi. Yo'qotadigan narsasi bo'lmagani uchun shunday erkin o'ynadi deb o'ylayman.

- O'z jarima maydonini bo'sh qoldirib murabbiy xatoga yo'l qo'ymadimi?
- Bugun kutilmagan gollar o'tkazdik. Barchasi shundan kelib chiqdi.

- Siz boshchiligingizda "Al Ahli" o'tgan yillarda "Nasaf" mehmoni bo'lib durang va mag'lubiyat qayd etgan. Bugun ham mag'lub bo'ldingiz? O'zbekiston siz uchun omadsiz davlatmi? 

- Yo'q. Har bir murabbiyning maqsadi bo'ladi. Bu narsani omadsizlik deb bo'lmaydi. SHunchaki futbol shunday bazida yutasan bazida yutqazasan.

- "Zob Ohan" bilan bahsda qanday natija kutayapsiz?

- Ikkala jamoada ham imkoniyat bor. SHu bois bahs qanday bo'lishini o'yin kuni bilamiz. 


Narzulla Saydullaev
Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика