“Kristal Pelas” £ 7,8 mln evaziga 20 yoshli himoyachi sotib oldi
24 iyu 2017 22:15
Yangiliklar
“Kristal Pelas” £ 7,8 mln evaziga 20 yoshli himoyachi sotib oldi
Angliyaning “Kristal Pelas” klubi “Ayaks” himoyachisi Jayro Ridevaldni o'z safiga qo'shib oldi.
Inglizlar 20 yoshli himoyachi bilan 5 yillik shartnoma imzolashdi. Futbolchining transfer summasi rasman oshkor qilinmayotgan bo'lsada, Angliya matbuoti Ridevaldning 7,8 mln (8,5 mln evro) funt sterling evaziga “Kristal”ga ko'chib o'tganini aytmoqda.
Ridevaldning “Kristal
Pelas”ga o'tishida asosiy rolni Frank de Bur o'ynadi. Aynan shu murabbiy qo'l ostida
futbolchi 2013 yili “Ayaks”ning asosiy tarkibida debyut uchrashuvini o'tkazgan edi.
O'tgan mavsumda Ridevald “Ayaks” libosida faqat chempionat bahslarida 16 ta
o'yinda maydonga tushdi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar