Krishtianu Ronaldu xitoylik yosh futbolchilarga butsa sovg'a qildi + FOTO
26 iyu 2017 19:34
Yangiliklar
Krishtianu Ronaldu xitoylik yosh futbolchilarga butsa sovg'a qildi + FOTO
Jamoaning asosiy yulduzi Krishtianu Ronaldu esa "Nike" kompaniyasi bilan hamkorlikda Xitoyda birinchi individual promo-turini o'tkazdi. "Nike" Xitoy Super ligasida ishtirok etuvchi jamoalarning barchasini forma bilan taminlaydi. Esingizda bo'lsa, portugaliyalik futbolchi hamyurtimiz Odil Ahmedov to'p tepadigan "SHanxay SIPG" va "Guanchjou Evergrand" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga ham tashrif buyurgan edi.
SHanxaydan Pekinga kelgach, Ronaldu CR7 Mercurial Campeões yangi butsasining taqdimotini o'tkazdi. Keyin esa xitoylik yosh futbolchilarga ana shu butsalardan sovg'a qildi. Butsaning tovon qismiga Portugaliya bayrog'i tushirilgan.
Butsalarni topshirish jarayonida Krishti yosh futbolchilarga hamisha qattiq mexnat va mashq qilishni tavsiya qildi.
Fikrlar