So’nggi yangiliklar

10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  4 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  2 09:52Англия клублари 9 йил аввалги нохуш натижани такрорлашди  1 09:26Иброҳимҳалил Йўлдошев: «Осиё кубогига келишим жуда қийин бўлди»  3 09:01Клопп жамоасини Европа лигасидан чиқиб кетгани ҳақида фикр билдирди  2 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0 08:10Футзал. Бугун терма жамоамиз 2-турда майдонга тушади  0 07:47«Байер» навбатдаги рекордни ўрнатди   5 07:05U-23 Осиё кубоги. Иордания - Қатар 1:2   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Индонезия - Австралия 1:0   0 06:55Европа лигаси. "Марсель" - "Бенфика" 1:0 (Пенальтилар 4:2)   0 06:50Европа лигаси. "Рома" - "Милан" 2:1   0 06:45Европа лигаси. "Аталанта" - "Ливерпуль" 0:1   0 06:40Европа лигаси. "Вест Хэм" - "Байер" 1:1   0 03:36ЕКЛ. Ярим финал иштирокичилари маълум  2

Joze Mourino: “Mashg'ulotlarga zo'r berayapman. Markaziy himoyada o'ynashim mumkin” Yangiliklar

Joze Mourino: “Mashg'ulotlarga zo'r berayapman. Markaziy himoyada o'ynashim mumkin”

“Manchester Yunayted” ustozi Joze Mourino “Suonsi”ga qarshi bahs oldidan jamoasidagi jarohatlar bilan bog'liq vaziyatga to'xtaldi.

“Pogba “Selta” bilan bo'ladigan bahsgacha maydonga qaytadi. SHuni ochiq aytishim kerakki, bu borada bizga omad kulib boqmayapti. Pol va Valensiyaning jarohati bu charchoq alomatlari bilan bog'liq.

Ixtiyorimda markaziy himoyada to'p tepadigan uchta futbolchi qoldi. Tuanzebe, Bayi va Blind. Menimcha, Bayi va Blind “Siti”ga qarshi ajoyib o'yin o'tkazishdi. Men ular bilan gaplashib, o'zlarini qay darajada his qilayotganlarini bilishim lozim.

Men o'zim ham mashg'ulotlarda astoydil shug'ullanayapman. SHu sabab yana bitta variantni ko'rib chiqishim mumkin. Bu Mourino-Tuanzebe dueti!

Bitta uchrashuvning o'zida Ibragimovich va Roxo bir xil jarohat olishdi. Smolling va Jons Angliya termasidagi mashg'ulotlardan so'ng jarohatlanishdi.

Balki bu holat jamoamizni yanada kuchaytirar. Jarohatlanganlarni safga qaytishlarini kutamiz. Dastlab Mata mashg'ulotlarga kirishishi kerak. Xuan hujum chizig'imizda rang baranglikni taminlaydi. Ammo biz hozir eng muhimi va keragi markaziy himoyachilarimizning safga qaytishi degan bo'lardim”, deydi portugaliyalik mutaxassis.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика