So’nggi yangiliklar

01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  41 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   3 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  7 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  2 00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  1 00:25Иван Бошкович: "Ғалаба осонликча келмаслигини бугунги ўйин ҳам кўрсатиб берди"  1 00:10"Жиззах" бош мураббийи: "Таркибимиз фақат маҳаллий футболчилардан иборат экани мени хурсанд қилади"  2 00:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ - Ўзбекистон 1:4   0 00:00Саидазамат Мирсаидов: "Рақиб ким бўлишидан қатъий назар, ҳар бир учрашувда ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  0 23:45Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг бугунги машғулоти. Эртанги рақиб - Қувайт  1 23:29Ўзбекистон U-23. Навбатдаги машғулот қандай ўтди? Мирсаидов ва Одиловдан интервью  0 23:23U-23 Осиё Кубоги. Саудия Арабистони Таиландга бешта гол урди, Япония БААга имконият қолдирмади  1 22:52Элдор Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйинни асосий таркибда бошлайди!  26 22:47Абдуқодир Ҳусанов эртага ўтказиладиган "Ланс" – "Клермон" учрашуви қайдномасига киритилди  1

Intervyu. Dris Mertens: “Neapolda odamlar futbol bilan yashashadi” Yangiliklar

Intervyu. Dris Mertens: “Neapolda odamlar futbol bilan yashashadi”

Teglar :  Dris MertensNapoli
“Napoli” va Belgiya terma jamoasi hujumchisi Dris Mertens joriy mavsum yorqin o'yini va sermahsulligi bilan ajralib turibdi.

“Blicher Report” nashri muxbiri bilan suhbatda Dris Neapolda futbolga bo'lgan qiziqish, mahalliy turmush tarzi, Gonsalo Iguain va hayvonlarga mehri xususida aytib o'tdi.

- Maradona bilan taqqoslashlarini yoqtirmasligingiz to'g'risida aytgansiz. O'yiningiz bilan bunday tarifga munosib emasmisiz?
- Bazan men yaxshi o'yin namoyish etaman. Bundan faxrlanaman, ammo yuqori saviyada o'ynash uchun hali ko'p mehnat qilishim darkor.

- “Roma” darvozasiga to'p kiritgandan keyin uni xuddi Jorj Finidi kabi burchakdagi bayroq yonida itni tasvirlagan holda nishonladingiz. O'shanda nega bunday yo'l tutdingiz?
- Men itlarni yoqtiraman. Kuchuklar seni qanday bo'lsang, shundayligingcha yoqtirishadi. Ular uchun futbolchi yoki boshqa kasb egasining farqi yo'q. Odamlar senga yaxshi o'yinchi yoki mashhur shaxs bo'lganing uchun yaxshi munosabatda bo'lishadi. Ammo itlar buni bilmaydi. Va bu menga eng ko'p maqul keladi.


- Neapolda odamlarning futbolga qiziqishi, munosabati qanday?
- Bu erda hamma futbol uchun aqldan ozgan. Bunday holat boshqa erda uchramaydi. Argentinada “Boka Xuniors” va “River Pleyt” to'qnashuvida ham odamlar telbaga aylanadi, biroq Neapolda insonlar futbol bilan ovqatlanadi, uxlaydi va yashaydi. Men istiqomat qiladigan uyda 85-90 yoshlar atrofidagi keksa ayol yashaydi. U shunday dedi: “Qanday o'ynaganing va golni nishonlaganing yoqdi”. Men esa u o'yinni ko'rgan bo'lsa rostdan ham bu g'aroyib holat ekani haqida o'yladim. Darhaqiqat, qachondir bu erdan ketsam, menga etishmaydigan narsa bo'lishi aniq.

- Ishqibozlarga nisbatan qanday munosabatdasiz? Mahalliy turmush tarzi xususida nima deysiz?
- CHet elda mahalliy madaniyatga ko'nikish va uni o'zingnikidek qabul qilishing lozim. Bu erda odamlar yoqimli. Men ham ular kabi yashashga intilaman. Neapolliklar hech qachon uyda televizor qarshisida o'tirishmaydi. Men Gollandiyada yashagan paytimda esa faqat televizor tomosha qilardim. U erda kechki oltilarda ovqatlanib, 7-8 atrofida uyquga yotasan. Bu erda esa mashg'ulotni kechki 6-7larda tamomlaymiz. To'qqizga yaqin esa ovqatlanishga o'tiramiz. Neapolda odamlarning stol atrofida o'tkazadigan vaqti juda muhim. Bunday hayot tarzi menga yoqadi.

- Yoshlikda kumiringiz kim bo'lgan?
- Bolaligimda kumirim bo'lmagan, chunki doim ko'chada futbol o'ynab yurardim. Ota-onam uyda televizorni deyarli yoqishmasdi. Ular engil atletika bilan shug'ullanishgan. Faqat jahon chempionati paytida o'yinlarni tomosha qilardik. Otam uy yaqinida kichik maydon qurgan va akalarim bilan to'p tepardim. Belgiyada “Anderlext” taklifini rad etganim sababli xafa bo'lganimni yozishgan, ammo bunday emas. Men etarlicha darajada yaxshi bo'lmaganimni bilganman.

- Keyinchalik “Gent” va Gollandiya ikkinchi divizionida o'ynadingiz.
- Hamma tushunib olsa zarar qilmaydigan bir jihat mavjud. 18 yoshimda mendan yaxshiroq va mahoratliroq bo'lgan katta iqtidor egalari bilan o'ynardim. Ammo ular ortga bir qadam tashlay olmaydigan darajada g'ururli edilar. Bazilar 2-3 yil zaxira o'rindig'ida o'tirib, men “Anderlext”da, sen esa ikkinchi diziviondasan deb aytish uchun shunday yo'l tutishardi. Bazan o'ynash imkoni va boshqa klubda muhim futbolchiga aylanish maqsadida ortga qadam tashlash foydali. Payti kelib oldinga qadam tashlash imkoni bo'lganda etarli darajada kuchli bo'lasan. Bu kimgadir foyda beradi. Bazilarda esa ortga qadam tashlash xatoga aylanishi mumkin. Biroq sinab ko'rish zarar qilmaydi! Joyingda turish shunchaki oddiy.

- Arkadiush Milik jarohat olgach, Sarri sizni hujumga qo'ydi va bu poziciyada muvaffaqiyatli o'ynab ketdingiz. Katta futbolda siz hujumda umuman o'ynamagan edingiz.
- Bolalikda beshga besh o'ynagan paytimizda hujumda harakat qilgan paytlarim bo'lgan. Darvozani nishonga olishga urinish o'shandan qolgan. Buril va zarba ber uslubida. “Aldamchi to'qqizlik”ka kelsak, odamlarni tushunaman: gavdali emasman, muxlislar tasavvurida to'pni saqlaydigan hujumchilar toifasiga kirmayman. Ammo futbol o'zgarmoqda, jamoalar o'ynaydigan sxemalar ham. Men urayotgan gollarga kelsak, “aldamchi” so'zini olib tashlab, shunchaki “to'qqizlik”ni qoldirish mumkin. Ha, tarixda men singari kichik bo'y bilan o'ynagan markaziy hujumchilar bo'lgan, ammo men hech qachon bu joyda harakat qilmaganman. Maykl Ouen hujumchi bo'lib tug'ilgan, men esa yo'q. SHu sababli bazan darvoza oldida xatoga yo'l qo'yaman.


- “A” seriya to'purarlari kurashida sobiq jamoadoshingiz Gonsalo Iguain bilan raqobatga kirishgansiz.
- Biz do'stmiz. Yaxshi o'ynagan paytimda u tabriklab, xabar jo'natadi. Lekin Iguain chempionatda mendan ko'proq gol urishni xohlashini bilaman. Gonsalo ham Ouen singari hujumchi bo'lib tug'ilgan. U ertalab uyg'onadi va ko'z oldida darhol darvozalarni ko'radi. Libosi va uning ichida ham to'qqizinchi raqam. Men uchun esa 9 va 14-raqamlar bir xil. Qachondir to'p oshirishlar bilan qoniqardim, ammo hozir o'tkirroq o'ynab, gollar urishim darkor. Buni amalga oshirmasam, yaxshi o'ynasam ham odamlar yomon baho berishadi. Va aksincha, yomon o'ynagan holda to'p kiritsam, balli deb aytishadi. Bu odamlarning hujumchi o'yinini tomosha qilib, baho berishlaridir.

- Baxtli ko'rinasiz. Bu bilan boshqalarning kayfiyatini ham ko'tarasizmi?
- O'zimni taqvodor deya olmayman, ammo baxtli bo'lsang va atrofingdagilar ham shunday ekan, unda olamni go'zalroqqa aylantirasan. Yana mashhur bo'lganim uchun biror kasalxonaga borib, qaysidir insonning kunini yaxshi o'tishiga ko'maklashishim mumkin.


Behzod Nazarov tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика