So’nggi yangiliklar

07:53EЧЛ. Кечаги учрашувларнинг «Man of the match»лари маълум  7 07:37БАА чемпионати. «Шабаб Ал Аҳли» меҳмонда мағлуб бўлди. Ғаниев захирадан майдонга тушди ва ассист қайд этди  0 04:45Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Манчестер Сити" - "Реал Мадрид" 1:1 (Пенальтилар 3:4)   8 04:40Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Бавария" - "Арсенал" 1:0   1 04:35ОЧЛ. "Ал Айн" - "Ал Ҳилол" 4:2   0 04:25U-23 Осиё кубоги. Вьетнам - Кувайт 3:1   0 02:50ЕЧЛ. "Реал Мадрид" пенальтилар сериясида "Ман Сити"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди! Финал остонасидаги рақиб - "Бавария"  385 01:56ЕЧЛ. Киммихнинг голи "Бавария"ни ярим финалга олиб чиқди  32 01:00"Манчестер Юнайтед" форварди ёзда клубни эркин агент мақомида тарк этади  2 23:54Малайзия ОТЖ бош мураббийи: "Бугун мусобақанинг энг кучли жамоаларидан бирига қарши ўйнадик"  0 23:35U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Малайзия 2:0   1 23:24ОЧЛ. "Ал Айн" кутилмаганда ярим финалнинг илк ўйинида "Ал Ҳилол"ни мағлуб этди  18 23:22"Манчестер Сити" — "Реал". Таркиблар маълум  29 23:05Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Австралия 3:2   1 22:50Абдувоҳид Неъматов: "Мусобақани ажойиб тарзда бошлаб олдик"  3

Futzal. U-20 Osiyo chempionati. O'zbekiston yarim finalda Iroqqa mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Futzal. U-20 Osiyo chempionati. O'zbekiston yarim finalda Iroqqa mag'lub bo'ldi

Tailandda futzal bo'yicha tarixda ilk marotaba o'tkazilayotgan U-20 Osiyo chempionati davom etmoqda.

Bugun musobaqaning yarim final o'yinlari bo'lib o'tmoqda. O'zbekiston U-20 terma jamoasi Iroq yoshlari bilan kurash olib borishdi. Afsuski, vakillarimiz bugun iroqliklardan 1:5 hisobida engilishdi va final yo'llanmasidan mahrum bo'lishdi.

Endi O'zbekiston U-20 terma jamoasi uchinchi o'rin uchun Tailand yoshlari bilan kurash olib borishadi.


U-20 Osiyo chempionati
Yarim final
, 24.05.2017
"Bangkok Arena", 17:00
Iroq U-20 - O'zbekiston U-20 5:1

Gollar: A.H.Al-Sudani 14, 24, A.Ali Dahel 23, F.Al-Azzavi 32, A.Muhammadiev 38 (avt.) - A.Muhammadiev 32
Iroq U-20 (birinchi beshlik): 12.Zohir Mahdi Hadi, 2.Ali Saad Hamed, 5.Ali Hussein Al-Sudani, 7.Hasan Kadim Hilfi, 10.Fahad Methaq Al-Azzavi.
Zaxira: Yahya Abdulnur Rahim, 3.Hamza Abbas Zamet, 4.Muheb Aldin Al-Tai, 6.Zaid Ali Al-Hakim, 8.Hait Riyod Arab, 9.Abbas Ali Dahel, 11.Moamin Favzi Jafar, 13.Ali Haqi Ismoil, 14.Ali Muslim Sanke.

O'zbekiston U-20 (birinchi beshlik): 1.Mirislom Miraliev, 7.Ilhomjon Hamroev, 11.Xushnur Erkinov, 13.Akbar Usmonov, 14.Said Rizo Mirsharofov.
Zaxira: 2.SHohjahon SHonazarov, 3.Botirbek Rizaev, 4.Asli Muhammadiev, 5.Olimjon Vohidov, 6.Mehroj Xudoyberdiev, 8.Xusniddin Nishonov, 9.Ravshan Ismatullaev, 10.Doniyorbek Tohirov.


Futzal. U-20 Osiyo chempionati. Eron Tailandni qo'shimcha bo'limlarda mag'lub etib finalga chiqdi


Futzal. U-20 Osiyo chempionati. Iroq - O'zbekiston ONLAYN VIDEO


- Iroq davlat madhiyasi yangramoqda.

- Endi esa O'zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda.

- Jamoaviy suratga tushildi va sardorlar kim o'yinni boshlab berishini aniqlab olishdi.

Bugun yoshlarimiz tarkibida chorak final bahxsida qizil kartochka olgan Xusniddin Nishonov maydonga tushmaydi.

Uchrashuv boshlandi. Iroqliklar boshlab berishdi bahsni.

Arenada muxlislar oldingi o'yinlarimizga qaraganda ancha ko'p.

3 - Hozircha iroqliklar bosim uyushtirishga urinishmoqda.

4 - Zarbaaa, Akbar Usmonov darvoza ustunini nishonga oldi.

Akbarning navbatdagi zarbasi biroz noaniq ketdi.

Zarbaa, darvozabonimiz Mirislom Miraliev ketma-ket ikkita vaziyatda jamoamizni goldan saqlab qoldi.

Uhh, Akbar to'pni darvozabonning ustidan oshirib qo'ymoqchi bo'lgan edi, biroz noaniq ketdi zarbasi

Bugungi uchrashuvni asosiy darvozabonimiz Sunnatjon Anvarov ham o'tkazib yubormoqda.

Zarbaaa, Xushnur Erkinov juda qulaay imkoniyatdan foydalana olmadi.

Vakillarimizdan navbatdagi zarba, bu safar Said Rizo Mirsharofovning zarbasini darvozabon qaytardi.

Gol, afsuski Ali Hussein Al-Sudani qanotda Mirsharofovni osongina aldab o'tib darvozamizga gol urdi - 1:0.

Ilhom Hamroevning zarbasi noaniq ketdi.

18 - Mirislom yana bir bor seyv amalga oshirdi.

Birinchi bo'lim iroqliklarning kichik hisobdagi ustunligida yakunlandi.

Ikkinchi bo'limni vakillarimiz boshlab berishdi.

22 - Iroqlik o'yinchining zarbasi darvozamiz ustuniga tegdi.

23 - Gol, Abbas Ali Dahel jamoasining ikkinchi golini urdi

24 - Gol, Iroq yoshlari uchinchi to'pni kiritishdi.

32 - Gooooolllll, Asli Muhammadievvv hisobni qisqartirdi.

32 - Gol, afsuski jamoa sardori Ilhom Hamroev xatoga yo'l qo'ydi va to'pni raqibga oldirdi

Vakillarimiz o'ynovchi darvozabon bilan harakat qilishmoqda, lekin foyda chiqmayapti.

38 - Gol, afsuski vakillarimiz endi o'z darvozalariga to'p kiritib qo'yishdi.

39 - Iroqlik o'yinchining jarimadan tepgan juda kuchli zarbasi darvoza to'siniga tegdi.

Uchrashuv yakunlandi. Iroq finalda, biz esa uchinchi o'rin uchun Tailand bilan bellashamiz.



Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика