Futzal. Klublar o'rtasidagi OCH. "Olmaliq"qa beshta gol urgan "CHonburi Blyuveyv" birinchi yarim finalchi + FOTO
27 iyu 2017 13:49
Yangiliklar
Futzal. Klublar o'rtasidagi OCH. "Olmaliq"qa beshta gol urgan "CHonburi Blyuveyv" birinchi yarim finalchi + FOTO
Bugun musobaqaning chorak final bellashuvlari o'tkazilmoqda. Guruh o'yinlarida "Olmaliq"ni 5:0 hisobida mag'lub etgan Tailand chempioni "CHonburi Blyuveyv" 1/4 finalning ilk qarama-qarshiligida Yaponiya chempioni "SHriker Osaka"ni 4:2 hisobida mag'lub etdi. SHu tariqa, tailandliklar birinchi yarim finalchiga aylanishdi.
Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati
CHorak final
"Phu Tho Stadium", Xoshimin
27.07.2017
"CHonburi Blyuveyv" - "SHriker Osaka" 4:2
Gollar: R.Venansio 8, 37, T.Subhavut 10, S.Jiravat 11 - S.SHibano 33, T.Sato 34
Ogohlantirishlar: V.Kritsada 2, S.Nattavut 40 - S.SHibano 22, Artur 24, N.Osodo 36
Uchrashuvni O'zbekiston terma jamoasi va "Ardus" klubining sobiq bosh murabbiyi Xose Mariya Pazos Mendez ham bevosita arenadan kuzatib bordi. Janob Mendez ayni paytda Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.
Fikrlar