Futzal. Bugun "Olmaliq"ning o'yini 12:00da boshlanadi
23 iyu 2017 10:54
Yangiliklar
Futzal. Bugun "Olmaliq"ning o'yini 12:00da boshlanadi
Vetnamning Xoshimin shahrida futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
Bugun O'zbekiston chempioni "Olmaliq" o'z ishtirokini boshlaydi. Aleksandr Petrov shogirdlari dastlabki uchrashuvni Livanning "Bank Beyrut" jamoasiga qarshi o'tkazishadi va o'yin bizning vaqt bilan 12:00da boshlanadi.
Kecha guruhdagi birinchi o'yinda Tailandning "CHonburi" klubi livanliklarni 9:0 hisobida mag'lub etishdi. Katta ehtimol bilan "Sport" kanali bugungi bellashuvni to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatadi.
Fikrlar