So’nggi yangiliklar

10:28«Бавария» Алонсони қўлга кирита олмаганидан сўнг бошқа бир топ мураббий билан шартнома тузмоқчи  1 10:00ЦСКА устози РПЛнинг энг кучли футболчиси кимлигини айтди  2 09:3410 ойга четлатилган Тонали яна узоқ муддатга дисквалификация қилиниши мумкин  1 09:10«РБ Лейпциг» грандлар қизиқаётган футболчига нарх қўйди  1 08:47Златан рамзий термасини тузди ва ўзини қўшмади. Нега қўшмаганини эса Ибра супер тарзда тушунтириб берди  8 08:25Фабрицио Романо Хаби Алонсонинг келажагини очиқлади  4 07:49Про лига. Бугун учинчи тур якунланади  1 07:25Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Қаршида ўйинлар бор  3 01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  1 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  3 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  8 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  15 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  18 23:37БАА футбол федерацияси ёшини сохталаштирган 18 нафар мисрлик футболчини депортация қилди  2 23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  1

Florentino Peresning navbatdagi "qurboni" Zidan bo'ladimi? Yangiliklar

Florentino Peresning navbatdagi "qurboni" Zidan bo'ladimi?

Xabaringiz bormi yoki yo'q, bilmadim-ku, lekin bir necha kundan beri "Real" bu mavsumda hech narsa yuta olmasa, klub Zidanga chiqish eshiklarini ko'rsatishi haqida gaplar aylanib yuribdi.

Olaaa, Nortoy! Lekin bu chindan ham amalga oshishi mumkin bo'lgan ish!

Hozir muxlislarning ko'pchiligi bu shunchaki jurnalistlar o'ylab chiqargan uydurma, Zidan hech qaerga ketmaydi, u zo'r ishlayaptiku, Peres bilan ham munosabati yaxshi deyishi mumkin, ammo... Jamoaning ashaddiy muxlislari Florentino Peresni juda yaxshi bilishadi. Uning xarakteri, shov-shuvli transferlarga o'chligiyu, o'z maqsadi yo'lida hech nimadan tap-tortmasligi, murabbiylarniyu umuman istagan vaqtida xaydab yuborishi hech kimga sir emas. Uzoqqa bormaymiz, Karlo Anchelotti... CHempionlar Ligasi bosh sovrini, uzoq kutilgan sovrin, qo'lga kiritilgandan bir yilgina o'tib, murabbiy bilan hamkorlik to'xtatildi. "Birrov"ga kelib ketgan Beniteschi? 

Umuman olganda ertaga Peres qanday yo'l tutishini hech kim bilmaydi. Zidan masalasi ham shular qatoriga kiradi. Har safar saylov arafasida katta "ishlarga" qo'l uradigan Peresdan bu kabi harakatni kutish mumkin. Axir, anchagina mashxur Zidanni bo'shatib, o'rniga Yoaxim Lev (yoki unga o'xshash biror mashxur murabbiy)ni jamoaga olib kelsa, hamma yana Peres haqida gapirishni boshlashi aniqda!

Bu borada Peresning fikrini bilmadimu, lekin shaxsan men francuz o'z o'rnida qolishi kerak deb hisoblayman! Bugungi kunda "qaymoqranglilar" ustozi bo'lish uchun eng munosib nomzod aynan u! 

Birinchidan, Zinedin Zidan – muxlislar yoqimtoyi


Tan oling, aynan "Real"da muxlislarning bosh murabbiyga bo'lgan munosabati juda muhim. Zizu nafaqat futbol jamoatchiligi, balki muxlislar auditoriyasida ham shu qadar "avtoritet"ga egaki, jamoa qanchalar yomon o'yin ko'rsatmasin, omadsizliklarga duch kelmasin, hech kim "Bernabeu"dan Zidanning "mushugini xaydamaydi". O'ziga nisbatan yuksak hurmat va ishonch bilan maqtana oladigan murabbiylar bugungi kunda unchalik ko'p emas!

Ikkinchidan, futbolchilarning munosabati 


Zidandan avval klubda kim ishlagandi? Ha, Benites! U nega ketgani yodingizdami? Mutaxassislar, jamoa muxlislari va yana ko'pchilik qoniqarsiz natijalarning asosiy sababi, sababchisi deb aynan ispaniyalik murabbiyni, bevosita futbolchilarning unga bo'lgan munosabatini ko'rsatishdi. Albatta chetdan turib, jamoa ichida nimalar bo'lganini aytish biroz mushkul, lekin tarkibdagi (hech bo'lmasa) bazi futbolchilar unga past(roq) nazar bilan qaragani aniq. 

Zidanda esa bu kabi muammo yo'q! Uni Madriddagi hamma hurmat qiladi! Ishonavering, xatto raqib jamoa muxlislari ham. 

Kuni-kecha Messining bir intervyusiga ko'zim tushgandi, o'yin yakunlangach faqat bir marta men o'zim futbolka almashishni so'raganman. U Zidan edi! 

SHuningdek Zidanning jamoa etakchilari bilan do'stona munosabatini ham takidlash lozim. O'sha yulduz futbolchilar murabbiy gaplarini diqqat bilan eshitib, maydonda ko'rsatmalarga amal qilishmoqda. 

Uchinchidan, jamoa ko'rsatayotgan natijalar

Kim nima desa, desinu, menimcha "El-Klasiko"da "Real" yomon o'ynamadi. Xattoki 10 kishi bo'lib qolganda ham "Real" "qirollik klubi" nomiga loyiq harakat qildi. Ishtaxa tanovvul paytida keladi deganlaridek, kamchilikda hisobni tenglashtirgan mezbonlar himoyaga yotib olib, durrangni saqlab qolish uchun o'ynashmadi. Uchrashuv taqdirini esa so'nggi soniyalarda Messining goli hal qilganini futbolga qiziqmaydiganlar ham bilib bo'ldi. Ramos chetlatilmaganda barchasi umuman boshqacha bo'lishi ham mumkin edi. 

O'yin yakunlanishi bilan intervyu bergan Zidan, shogirdlari hisobni tenglashtirgach, aql bilan ish ko'rishlari lozim bo'lganini, ammo ular xissiyotga berilib, sal kam butun jamoa bo'lib oldinga o'tib xato qilganlarini takidladi. Lekin "El-Klasiko" yutqazib bo'lingandi. Ispaniyada bu to'qnashuv qadri qanchalik yuqori baholanishini yana bir bor yodga solishimiz shart bo'lmasa kerak. 

Ha, Zidan qo'l ostida jamoa "Barselona"ga mag'lub bo'ldi, lekin tanganing ikkinchi tomonini ham esdan chiqarmaylik. "Real" bu mavsumda faqat 3 bor: "Valensiya", "Sevilya" va "Barselona"ga yutqazdi xolos. 

Oxirgi turlarda etakchi futbolchilarga dam berish, malum balansni saqlab turish, uchun Zizu chempionatda zaxiradagilarga ham imkon bermoqda. Qiziq tomoni, o'sha "zaxira o'yinchilari" ham juda yorqin o'yin namoyish etishmoqda va ijobiy natijalar qayd etilyapti. Bu o'z-o'zidan bo'lib qolmasligi aniq. Zaxiradagilar har daqiqada maydonga tushib, o'yinni kuchaytirishga qodir bo'lishi bu murabbiy mehnatlari mahsulidir! 


Ha, aytgancha, bugun toshkent vaqti bilan 19:15 da "Real" - "Valensiya" uchrashuvi start oladi.

Nima bo'lganda ham, jamoa hamon ikki frontda kurash olib boryapti va La Liga, CHempionlar Ligasi g'olibligi uchun juda yaxshi imkoniyatga ega (yarim final/ "Barsa" bilan ochkolar teng, ammo "Real"ning bitta o'yini kam)! 

Natija va Zidanning keyingi taqdiri nima bo'lishini mavsum yakunida aniq bilib olamiz! 

Nima bo'lganda ham, futbol – bu o'yin. Asablaringizni asrang va yaqinlaringizni ehtiyot qiling!


Omonjon To'xtamirzaev

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика