So’nggi yangiliklar

16:45МЮ "Ювентус" футболчиси учун ўз вингерини беришга ва қўшимча тўлов қилишга тайёр  0 16:25Про лига. "Олимпик-MobiUz" – "Машъал" 0:0 (онлайн ҳисоб)  1 16:11"Барселона" тарбияланувчисини қайтармоқчи  0 15:41"Ницца" АПЛ клублари қизиқаётган ҳимоячиси учун нарх белгилади  0 15:10ПСЖнинг 2 нафар футболчиси сафга қайтди  0 14:08Шенсни "Юве"да қолиши учун маоши камайишига рози бўлиши керак  0 13:40Гризманн қайтди  1 13:21Дилмурод Назаров хотирасига бағишланган "Наврўз Кубоги-2024" мусобақаси қандай ўтди?  6 13:09"Бавария" "Штутгарт" вингерига кўз тикди  0 12:46"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди  2 12:20Эшитдик-да! ФИФА "Бунёдкор"га илк санкцияни қўллади  27 11:48Клоппнинг ассистенти "Аякс" бош мураббийига айланиши мумкин  1 11:24Ўзбекистон – Гонконг учрашувида майдонга югуриб тушган мухлислар маъмурий жавобгарликка тортилди, 2 нафар шахс 5 суткага қамалди  22 10:57Пеп Гвардиола «Манчестер Сити»даги келажаги борасида бир қарорга келди  7 10:28«Бавария» Алонсони қўлга кирита олмаганидан сўнг бошқа бир топ мураббий билан шартнома тузмоқчи  1

Endi nima deysiz yoxud "Saviyasi past jurnalist"ning aytgani to'g'ri chiqdi Yangiliklar

Endi nima deysiz yoxud "Saviyasi past jurnalist"ning aytgani to'g'ri chiqdi

29 iyun kuni saytimizning "Eshitdik-da" rukni ostida "SHo'rtan" Edgar Gessga qiziqmoqda degan xabar chiqqandi.

Bu xabarni bizga qashqadaryolik muxbirimiz Faxriddin CHoriev yozib jo'natgan. Xabarda qisqacha shunday deyiladi: "Tajribali murabbiy Edgar Gess ikkinchi davrada murabbiylik faoliyatini “SHo'rtan” klubida o'tkazishi mumkin. Eshitishimizga qaraganda, bosh murabbiysiz qolgan G'uzorning “SHo'rtan” klubi ushbu mutaxassisga qiziqib qolgan".

Lekin ushbu xabar chiqqaniga ko'p bo'lmay, o'sha kunning o'zidayoq "SHo'rtan" rasmiy saytida "Rasmiy bayonot: Saviyasi past jurnalistlar xizmatiga hojat qolmasin" sarlavhasi ostida raddiya chop etildi. Buni raddiya deb ham bo'lmasdi, shunchaki Faxriddin CHoriev ustidan ag'darilgan "mag'zava" edi. 

Muxlislar har tomonlama tushunchaga ega bo'lishlari uchun raddiyani to'liq holda keltirib o'tamiz. 

"RASMIY BAYONOT: SAVIYASI PAST JURNALISTLAR XIZMATIGA HOJAT QOLMASIN"

“SHo'rtan” PFK MCHJ rahbariyati, klubimiz rasmiy internet sayti orqali yozib shuni malum qiladiki, keyingi paytlarda barcha muxlislar, mutaxassilar va shu soha vakillari - futbol yangiliklarini katta qiziqish bilan sevib o'qib boradigan “Championat.asia” internet saytida bizning jamoamiz, uning ichki infratuzilmasida ro'y berayotgan voqea-hodislar to'g'risida tashqaridan, bazi bir jurnalistlik kasbiy mahorati past hamda odob-axloq meyorlariga rioya qilmaydigan shaxslar tomonidan noto'g'ri va aytish joizki, asoslanmagan, o'quvchilarni chalg'ituvchi, norasmiy xabarlar chop etilmoqda. 

Bu esa tabiiyki, “SHo'rtan” klubiga befarq bo'lmagan insonlar orasida har xil tushunmovchiliklar, shuningdek mazkur sayt tarqatayotgan xabarlarga nisbatan ishonchsizlik keltirib chiqarmoqda. Bundan tashqari klubimiz bilan “Championat.asia” internet sayti o'rtasida anchadan buyon yo'lga qo'yilgan hamkorlik va o'zaro axborot almashinuv jarayonlariga ham “soya” solmoqda. 

Gap o'zini erkin jurnalistman deb yurgan, lekin Ommaviy axborot vositalarida ish olib borish qonun-qoidalarini zarracha ham hurmat qilmaydigan Faxriddin CHoriev degan shaxs ustida bormoqda. Uzoqqa bormaylik, F.CHoriev yaqinda klubimiz rahbariyatida yuz bergan o'zgarishni bizning tashkilotdan ruxsat olmasdan, hech qanday vakolatga ega bo'lmasdan va eng muhimi “SHo'rtan” PFK tomonidan mazkur yangilik rasman elon qilinmasdan turib, OAVda xabar sifatida tarqatib yubordi. Ushbu shaxs biz tomonimizdan bir necha bor og'zaki tarzda ogohlantirilganligiga  qaramay, u yana klubimizning ichki ishlariga aralashib navbatdagi noto'g'ri xabarni tarqatishga “muvaffaq” bo'ldi. 

Aslida birinchi davra yakuniga ko'ra, mehnat shartnomasi faqatgina ukrainalik legioner Oleksandr Pishur bilan muddatidan oldin bekor qilingan malumotga, u Akmal Xolmatov nomini ham qo'shib qo'ydi. Va nihoyat bugun Faxriddin CHorievning yana bir bor muxlis-u mutaxassislarni, klubimiz rahbariyatini, qolaversa jamoamiz tarkibidagi futbolchilarni junbushga keltiruvchi, chalg'ituvchi, asossiz xabari chop etildi. Go'yoki, “SHo'rtan” rahbariyati vaqtincha bosh murabbiysiz qolgan jamoamizga ishlash uchun Edgar Gessni taklif qilish borasida harakatlarni boshlab yuborgan emish. Bu xabar mutlaqo asosga ega emas. 

To'g'ri, birinchi davradan keyingi tatil jarayonida “SHo'rtan”ning ikkinchi davraga tayyorgarlik ishlarini olib borish bo'yicha rejasi ishlab chiqildi. Klubimiz yangi rahbariyati tomonidan joriy yilgi mavsumning yakuniy qismida ijobiy natijalarga erishish, tarkibni kuchaytirish, muxlislarni chiroyli va mazmunli o'yinlar bilan xushnud etish maqsad qilingan. Agar biror bir sabab yoki harakatlar bo'lsa ham, bu eng avvalo “SHo'rtan” PFKning o'z ichki ishi. Jarayonlar esa yakuniy nuqtaga etmagunga va biz tomonimizdan rasmiy xabar sifatida klub saytida elon qilingunga qadar voqealar sirligini ushlab turish huquqi bizda qolishini unutmaslik kerak. 

“Gap kelganda, otangni ham ayama”, deganlaridek, masalaga haqiqat yuzasidan yondoshadigan bo'lsak, bu etirozlarimiz faqatgina F.CHorievga emas, balki, shu bilan birga birozgina “Championat.asia” saytining masul xodimlariga ham taalluqli. Negaki ushbu sayt bilan anchadan buyon o'zaro hurmat va ishonch asosida samarali hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Hamkorligimiz mustahkam va bardavom bo'lishi, o'rtadagi ishonch darz ketmasligi uchun esa taklifimiz “SHo'rtan” PFKga bog'liq bo'lgan har qanday xabar va malumotlar yuzasidan klubimiz matbuot xizmatiga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq bo'lardi, deb qolamiz hurmatli hamkasblar. Ana o'shanda saviyasi past darajadagi jurnalist maqomida faoliyat ko'rsatayotganlar xizmatiga hojat qolmaydi.

Manba: fcshurtan.uz

Ushbu rasmiy bayonot chiqqanidan keyin qashqadaryolik muxbirimiz Faxriddin CHoriev biz bilan bog'lanib "SHo'rtan" futbol klubiga Edgar Gess kelishi mumkinligi haqidagi xabar osmondan olib yozilmaganini va klub xodimining biridan eshitganini aytdi. Nima bo'lgan taqdirda ham, oradan bir oy o'tib baribir "saviyasi past jurnalist" deya etirof etilgan F.CHorievning yozgani to'g'ri chiqdi. Edgar Gess chindan ham jamoani qabul qilib oldi va ikkinchi davraga futbolchilarni aynan u tayyorlamoqda. 

Biz har bir viloyatdan imkon qadar yordam berib kelayotgan muxbirlarni hurmat qilamiz va ularning mehnatini qadrlaymiz. Endi "SHo'rtan" saytidagi raddiyaga kelsak, bunga bazi etirozlarimiz bor. Xususan tezkorlik avj olgan zamonda jurnalist asosga ega biror xabar eshitsa-yu, buni klub qachon rasman tasdiqlarkin deb kutib o'tirishi shart emas. Futbolda har kuni qandaydir yangilik ro'y beradi va o'quvchilar tez-tez yangiliklardan boxabar bo'lishni xohlashadi. 

Yana shuni aytib o'tishni istardikki, jurnalist bu - matbuot kotibi emas. Matbuot kotibi rahbariyat ruxsat bergan narsani yozadi, jurnalist esa eshitganini. Saytimizga har kuni ko'p ming sonli muxlislar kirishini hisobga olsak, ularni oldin klub rasman tasdiqlasin, keyin beramiz deb kuttirib qo'ya olmaymiz. Jurnalist uchun muhimi, xabar asosga ega bo'lsa bo'lgani, tezkorlik esa davr talabi. Biz oliy liganing boshqa klublari qatori "SHo'rtan"ni ham hurmat qilamiz va bu klubni boshqa klublardan yuqori yo past o'rinda ko'rmaymiz. Va doim g'uzorliklar bilan o'zaro hamkorlik qilishga tayyormiz. 

“Championat.asia” tahririyati. 



Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика