So’nggi yangiliklar

18:20Суперлига. "Динамо" – "Металлург": Асосий таркиблар маълум  0 18:15ПРО лига. Тошкентда ўтган "Бухоро" - "Хоразм" учрашувида дуранг қайд этилди  11 17:43Винченцо Итальяно мавсум охирида клубдан кетади  0 17:25Альфонсо Дэвис "Бавария" билан янги шартнома имзоламайди  0 17:01"Бунёдкор" янги бош мураббий номини эълон қилди  12 16:20"Евро-2024"да ҳеч ким Англия билан тенглаша олмайди"  7 15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0 15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  4 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  1 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  1 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  5 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  1 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   1 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  5 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  8

Do'st kulfatda bilinadi. Butun dunyo 20 yoshli futbolchi uchun qayg'urmoqda Yangiliklar

Do'st kulfatda bilinadi. Butun dunyo 20 yoshli futbolchi uchun qayg'urmoqda

Teglar :  NuriAyaks
"Verder"ga qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yinida "Ayaks"ning 20 yoshli futbolchisi Abdulhaq Nuri kutilmaganda hushidan ketib qoldi.

SHifokorlar unga maydonning o'zidayoq suniy nafas olishga yordam beruvchi uskunani ulab qo'ydilar. Ana shundan keyingina u shifoxonaga olib ketildi. U erda esa Nurining yuragida muammolar paydo bo'lgani malum bo'ldi. Uni ustiga bosh miya lat eyishi tashhisi ham qo'yildi. Futbolchi komaga tushib qoldi.

SHifokorlarning tahminicha, Abdulhaq endi xech qachon gapira olmasligi, yura olmasligi, yaqin odamlarini eslay olmasligi va hattoki mustaqil ovqatlana olmasligi ham mumkin. Bu haqida uning akasi Abdurahim ham aytib o'tdi.

Nuri "Ayaks" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Asosiy tarkib futbolchisi sifatida ikki mavsum avval debyut qolgandi. SHuningdek, u Gollandiya terma jamoasining turli yosh toifasidagi terma jamoalarida ham o'ynashga ulgurgan. "Ayaks" zaxira jamoasida o'tkazgan so'nggi mavsumida ikkinchi liganing eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Nuri bilan ro'y bergan ushbu hodisa hech kimni befarq qoldirgani yo'q. Ijtimoiy taroqlarda hattoki #StayStrongAppie (Kuchli bo'l Appi) deb nomlangan xeshteglar ham paydo bo'ldi. Ushbu xeshteg orqali ko'plab muxlislar, futbolchilar va hattoki jamoalar ham uni qo'llab-quvvatlashlarini malum qilganlar.

"Ayaks" muxlislari Nurining uyi oldidan navbatchilik qilmoqdalar



"Ayaks"ning yuzlab muxlislari ko'chaga chiqib, Nurini qo'llab-quvvatlovchi marosim tashkil qildilar.





"Ayaks"dan tashqari "Verder", "Feyenoord", PSV, "Monako", PSJ va boshqa ko'plab jamoalar yosh yigitni qo'llamoqdalar.





"Manchester Yunayted"ning gollandiyalik futbolchisi Deyli Blind ham yurtdoshiga sog'ayib ketishini tilamoqda.




"Birga o'ynaydigan aka-ukalar bir-birlarini tashlab qo'ymaydilar. Men doimo yoningda bo'laman. Kurashishda davom et". (Timoti Fonsu-Mensa).




"Nima bo'lishidan qatiy nazar u va oilasi kuchli bo'lib qolishi lozim". (Kilian Mbappe)




"Ayaks"ning kelajagi porloq istedodi haqida yomon xabar. Uning o'ziga va oilasiga kuch bersin". (Van Basten).




"Appi haqidagi yangilikdan shokdaman. U uchun duodaman. Men u va oilasi bilan birgaman". (Uesli Sneyder).




"Las-Palmas" futbolchisi Kevin Prins-Boateng yangi mavsumdagi o'yinlari davomida o'z futbolkasi bilan birga Nuri ismi yozilgan kiyimda ham maydonga tushishga vada berdi.


matchtv.ru sayti asosida tayyorlandi

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика