So’nggi yangiliklar

01:46"Фулхэм" стадион трибунасида очиқ бассейн қурмоқчи  0 01:29Абдуқодир Ҳусанов "Лилль" билан ўйинни ўтказиб юборади  0 00:52Италиялик жаҳон чемпиони Қозоғистонга ташриф буюрди  0 00:35Роналдунинг либосини кийган таниқли блогер Мессига алоқадор ресторандан ҳайдаб юборилди  4 00:18Вадим Абрамов: Самарқанд — иккинчи пойтахт. Шундай экан, бу ерда яхши жамоа бўлиши керак"  4 23:37БАА футбол федерацияси ёшини сохталаштирган 18 нафар мисрлик футболчини депортация қилди  1 23:10Веско Стешивич: "Биринчи бўлимда яна битта гол урганимизда, ғалаба бизники бўларди"  0 22:40Мексикадаги матбуот анжуманида бутун жамоа иштирок этиб, мухлислардан узр сўради  0 22:23Клублар миқёсида халқаро турнирларда энг кўп “қуруқ” ўйин ўтказган дарвозабонлар маълум бўлди  0 22:06Роналду Саудия Арабистони чемпионатидаги энг омадсиз ҳужумчи бўлиб турибди  26 21:49Уругвай термаси техник ҳамкорсиз қолди, жамоа брендсиз либосларда ўйнамоқда  2 21:26Суперлига. "Динамо" — "Металлург" 2:1. Highlights  0 21:07"Бухоро" ва "Хоразм" ўртасидаги марказий учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  2 20:57Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўйинда Қирғиз Республикасини мағлуб этди  0 20:56Суперлига. "Динамо" "Металлург" устидан мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  24

DJ Piligrim: “Barselona” muxlisi bo'lsam ham “Real”ga yomonlik tilamayman” Yangiliklar

DJ Piligrim: “Barselona” muxlisi bo'lsam ham “Real”ga yomonlik tilamayman”

Dj Piligrim taxallusi bilan ijod qiluvchi xonanda Ilhom Yo'lchievning qo'shiqlarini eshitmagan muxlis bo'lmasa kerak.

Dj Piligrim yoshligida futbolchi bo'lganini, keyinchalik jarohat tufayli futbolni tashlaganini ko'pchilik uchun yangilik bo'lsa kerak. Biz xonanda bilan millionlar o'yini bo'lgan futbol haqida suhbat qurdik.

- Sizni fubolga xususan, “Barselona”ga muxlis ekanligizni bilamiz. Ananaviy savol futbolga qachondan qiziqib qolgansiz?

- Yoshligimdan futbolga qiziqqanman. Taxminan 10-11 yoshimdan sobiq MHSK stadionida mehnat zaxiralari jamoasida o'ynay boshlaganman. 14 yoshimgacha futbol bilan professional tarzda shug'ullanganman. Afsuski tizzamdan jiddiy jarohat olganman va shifokorlar menga futbol o'ynashni taqiqlab qo'yishgan...

- Qachondan “Barselona”ning muxlisiga aylangansiz?

- 2009 yil Moskva shahrida yashardim. O'sha paytda Londoning "Arsenal" klubi o'yinlarini ko'rib borardim. Arsen Venger shogirdlari "Barselona" bilan o'ynashgan va 1:3 hisobida yutqazishgan. Aynan mana shu o'yinda "Barselona" meni o'ziga rom qilib qo'ygan edi. Futbolchilar bir butun jismdek harakat qilishgan va shu klub muxlisiga aylandim. 2009 yildan buyon "Barsa" o'yinlarini qoldirmay ko'raman.


- Yana qaysi jamoalarga muxlislik qilasiz yoki kuzatib borasiz.
- Boshqa hech qaysi klubga muxlislik ham qilmayman, kuzatib ham bormayman. Jahon yoki Evropa chempionatlarida markaziy o'yinlar bo'lsa ko'raman. Masalan, Argentina - Germaniya, Braziliya - Gollandiya shu kabi bahslarni tomosha qilaman. SHuningdek, hamma qatori O'zbekiston terma jamoasi va klublarimizning xalqaro miqiyosidagi uchrashuvlarini ko'rib turaman.

- Jamoalarimizga nima etishmaydi deb o'ylaysiz?

- Menimcha butun tizimni o'zgartirish kerak. Bolalar-o'smirlar maktablaridan boshlash kerak o'zgarishlarni. Bolalarga dietani, jismoniy tayyorgarlikni, ruhiyatni va professionallikni singdirib borish kerak. Bizning futbolchilarga ruhiyat etishmaydi. Hozirgi kunda futbol faqatgina to'pning ketidan yugurib yurish emas, boshni ham ishlatib o'ynash kerak.

- Futbolchilar orasida yaqin do'stlaringiz bormi?

- Albatta bor. Azamat Abduraimov va Jafar Irismetov kabi sobiq futbolchilar bilan juda yaqinmiz. Ularni juda hurmat qilaman.

- “Nou Kamp”da ilk bor qachon bo'lgansiz?

- 2011 yil 2 aprel kuni "Barselona" - "Vilyarreal" uchrashuvini tomosha qilish uchun borganman. O'sha uchrashuvda klubimiz 2:0 hisobida g'alaba qozongandi.


- Taassurotlar qanday bo'lgan?
- Xuddi uyga kelgandek bo'lgandim. 2009 yildan 2011 yilga qadar hammasini kuzatdim, "Barselona"ni to'la o'rganib chiqdim. Jamoaning rasmiy fan-klubiga azo bo'lish uchun ariza yuborganman. Nihoyat 2011 yilda ijobiy javob kelgan va fan-klubga azo bo'lgandim. Barselonaga uchib kelishim bilan shaharni sevib qoldim. Menga o'zi tog' va dengizni yoqadi. Barselonada bu ikkisi bor, qo'shimcha tarzda sevimli klubim ham shu shaharda o'ynaydi (kuladi).

- Messi bilan ko'rishganmisiz?

- Messining o'yinlarini ko'p bor ko'rganman. Yonginamizda yugurib yurardi, ammo shaxsan ko'rishish va uchrashish nasib qilmagan hozircha.

- Madridning “Real” klubiga qanday munosabatdasiz?

- Barcha "Barselona" muxlislari kabi ispan tilidagi bazi haqoratli so'zlarni ishlataman (kuladi).  Lekin ularga omad tilayman, gullab-yashnashini tilayman. Ularga yomonlik tilamayman. Raqobat bo'lgani yaxshiku. "Real" yomon jamoa emas, shunchaki bular ikki turli falsafaga ega bo'lgan klublar. "Real"ni "Qirollik klubi" va "Galaktikos" deyishadi. Jamoa logotipida ham toj tasvirlangan, ularda pul ko'p. Bu klub duyoning eng kuchli yulduzlarini sotib olishga qodir. Ularda har bir futbolchi individual tarzda kuchli. "Barselona" esa urg'uni futbol maktabiga qaratgan. "La Masiya"dan ko'plab yulduzlar etishib chiqadi. Bizda kimdir yurak, kimdir jigar... SHu bois bu ikki klub o'rtasida doim raqobat bo'laversin. Bundan albatta muxlislar yutadi.


- O'zingiz ham futbol o'ynab turasizmi?
- Oldin ko'p o'ynardim, haftada bir marta to'p tepib turardik. Hozir esa oyog'imdagi og'riqlar tufayli bir yildan buyon futbol o'ynamay qo'yganman. Do'stlarim futbol o'ynashadi men esa tomosha qilib o'tiraman.

- Futbol yoki “Barselona” haqida qo'shiq kuylash niyatingiz bormi?

- Ancha yillar oldin futbol haqida qo'shiq aytganman. 2000 yillarda "O'zbekiston, gol" degan qo'shig'im bo'lgandi. Hozircha esa futbol haqida ham, "Barselona" haqida ham qo'shiq aytish rejada yo'q.

- O'zbekiston klublaridan ularning madhiyasini yozib berish taklifi bo'lganmi?
- Bo'lgan, takliflar bo'lgan. Qaysi klublar ekanligini aytmay qo'ya qolay. Buyurtmaga qo'shiq yozish juda ham qiyin, shu bois hozircha hech kimga madhiya yozib berganim yo'q.

- Siz uchun “Barselona”ning eng kuchli 11 nafar futbolchisi kimlar?

- 2009 yilgi tarkib men uchun eng zo'ri. Karle Puyol - sardorlarning sardori, sher, jamoa uchun deyarli murabbiy edi. Xavi - yurak. U hujumni ham, himoyani ham nazorat qilib turardi. Inesta, Messi, oldinda David Vilya va Pedro. Tayanch yarim himoyada Buskets. Himoyada Erik Abidal va Dani Alves. Darvozada Viktor Valdes. Bosh murabbiy Xosep Gvardiola.


- Futbol siz uchun nima?
- SHou! Futbolni XXI asrning gladiatorlar jangi deb bilaman. Sababi erkak kishi doim janglar, kurashlarga qiziqib kelgan. Oldinlari erkaklar gladiatorlar o'rtasidagi janglarni tomosha qilishardi. Futbol esa qonsiz, qurbonlarsiz yaxshi manodagi janglar deb o'ylayman.

- Bolangiz ham “Barselona”da o'ynashini istarmidingiz?

- Men har bir bola baxtli bo'lishlarini istayman. SHunchaki yaxshi inson bo'lishini xohlayman. Futbolchimi, rassommi, iqtisodchimi yoki jurnalistmi farqi yo'q. Etuk inson bo'lib etishsa bo'lgani.

- “Barselona” rasmiy muxlislar klubiga qanday azo bo'lgansiz?

2011 yil 28 fevral sanasida "Barselona" klubi prezidentidan menga rasmiy xat kelgan. Yani meni fan-klubning rasmiy azosi bo'lganimni tasdiqlovchi hujjat yuborilgan. Har yili klub menga maxsus kartochkalar taqdim etadi. Har kuni elektron pochtamga turli xatlar yuborib turishadi. Jamoa hayotiga oid turli yangiliklar, albomlar va boshqa qiziqarli xabarlar kelib turadi. 2016 yilda biz O'zbekistonda ham "Barselona"ning rasmiy muxlislar klubi ochilishini so'rab xat yuborganmiz. 80 nafar ishtirokchi yig'ilgan, xudo xohlasa 2017 yilda ochilishi kutilmoqda.  


Ushbu suhbatning videosini tomosha qilishni istaganlar uchun >>> HAVOLA <<<.



Narzulla va Zebo suhbatlashdi


Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика