“CHelsi” akademiyasining o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi ijaraga berildi
25 iyu 2017 00:20
Yangiliklar
“CHelsi” akademiyasining o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi ijaraga berildi
“CHelsi” klubi yarim himoyachisi Meyson Maunt yangi mavsumni ijara asosida Gollandiyaning “Vitess” jamoasida o'tkazadi.
18 yoshli futbolchi ketish oldidan “CHelsi” bilan amaldagi shartnomasini 2021 yilgacha uzaytirdi. Maunt o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra “CHelsi” akademiyasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
SHuningdek, Maunt Angliya yoshlar (U-19) terma jamoasi tarkibida Evropa chempionatida muvaffaqiyatli to'p tepgan edi. Finalda inglizlar Portugaliya terma jamoasini mag'lub etishgandi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
22:00
Qutqaruvchi ko'chish: Pulishich qanday qilib faoliyatini "Milan"da "jonlantirmoqda" (mutolaa uchun) 1
Fikrlar