So’nggi yangiliklar

01:00ЕЧЛ. "Барселона" — ПСЖ 1:2 (матнли трансляция)  143 00:14Бразилияда футбол маскотига қизил карточка кўрсатилди  3 00:00ЕЧЛ. "Боруссия Дортмунд" — "Атлетико Мадрид" (онлайн ҳисоб)  16 23:57Эден Азарнинг укаси 2024 йил бошқа майдонга туша олмайди  0 23:42Россия кубоги. Файзуллаев гол уриб, ЦСКА ғалабасига ҳисса қўшди  3 23:22Абдусамад Дўрмонов: "Футбол ўйнаётган жамоа ҳар доим юқори ўринлар учун ҳаракат қилиши керак"  2 22:42U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея ўйин сўнгида ғалабани илиб кетди, Таиланд эса Ироқни аяб ўтирмади  4 22:25Дмитрий Ким: "Чиғатой"нинг мақсади ёш иқтидорларни катта футболга муносиб тайёрлаш"  0 21:58"Барселона" мухлислари ПСЖ вакиллари яшаётган меҳмонхона яқинида мушакбозлик қилишди  13 21:31Улуғбек Бакаев: "Аввало гуруҳдан чиқиб олайлик"  3 21:06Наврўз Алимов: "Кучли жамоаларга қарши ўйинлар Биринчи лигада ёрдам беради"  2 20:30"Холматовнинг орзуси улкан нур ила қайноқ". Диёр Холматов U-23 Осиё кубоги олдидан ФИФАга интервью берди  18 20:23Ўзбекистон футзал терма жамоасининг асосий дарвозабони Осиё кубогини ўтказиб юборади  8 20:20U-23 Осиё кубоги. Бир киши кам бўлиб қолган Япония Хитойни минимал ҳисобда енгди  0 20:08Тўрт нафар ҳакам дисквалификация қилиниб, жаримага тортилди  10

Buxorodagi bahsli penalti, noprofessionallik... Yangiliklar

Buxorodagi bahsli penalti, noprofessionallik...

Kecha Buxoroda Oliy liganing 25-turidagi eng etiborga molik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Buxoro" hamda "Paxtakor" o'rtasidagi Buxoroda o'tadigan o'yinlar doim keskin kurashlar ostida o'tadi. Kechagi bahs ham bunan mustasno bo'lmadi.

Ikkinchi davra oldidan keskin o'zgargan va yangilangan "Paxtakor" uchun har galgi safar o'yini misoli finalga qiyoslanmoqda. O'tgan safar uchrashuvida Namanganda "Navbahor"dan engilgan va o'yindan keyingi matbuot anjumanida kelib chiqqan mojaro bilan mashhur bo'lgan o'sha bahsdan keyin Buxorodagi bellashuvga ham alohida etibor qaratilishi kundek ravshan edi.

Buxoroda o'yinga bo'lgan qiziqish yuqoriligi sabab, stadionga taxminan 12 mingdan oshiqroq ishqibozlar tashrif buyurishdi.

O'yin haqida qisqacha to'xtaladigan bo'lsam, "Buxoro" juda kuchli ishtiyoq bilan harakat qildi. "Paxtakor" o'yin jihatidan "Buxoro"dan kuchliroq ko'rindi, demagan bo'lardim. Ular to'g'ri taktika evaziga yakunda muhim 3 ochko egasiga aylanishdi.

Uchrashuv debyutida Ivan Nagaevda juda qulay imkoniyat paydo bo'lgandi. Ammo "Buxoro" hujumchisi har qanday poziciyada o'ynaydigan futbolchi uchun ideal bo'lgan vaziyatda esankirab qolib, to'pni darvozasini tashlab chiqqan Lobanov ustidan oshirib qo'yishni o'rniga, to'g'ri qo'liga uzatdi. Vaholanki hujumchini oldida hech kim yo'q va Nagaev istalgan variantni qo'llashi mumkin edi. Terma jamoadan chaqiruv olishi kerakligi aytilayotgan hujumchi bu kabi vaziyatlarni "yamlamay yutishi" kerak aslida. Lekin Nagaev o'yinga burilish yasashi mumkin bo'lgan vaziyatni ko'kka sovurdi. Bu esa yakunda jamoasi uchun qimmatga tushdi. Tezkor gol urilganida o'yin to'liqligicha "Buxoro" istagan scenariy ostida o'tishi mumkin edi.

Lekin bu uchrashuvdagi yagona kulminacion vaziyat sifatida qolmadi. 34-daqiqada Ergash Ismoilov jarima maydonchasi ichida Tiago Bezerraga nisbatan "podkat" ishlatdi. Bu vaziyatda Ismoilov to'pga kechikkandi va uning to'pga tashlanishi samarasiz bo'ldi. Natijada to'p bilan jarima maydonchasi ichiga kirayotgan Bezerra yiqildi. Yon hakam bu vaziyatda bayroqchasini ko'tarishga shoshilmadi. Lekin uchrashuv bosh hakami SHerzod Qosimov "nuqta"ni ko'rsatdi. Penaltidan esa Igor Sergeev unumli foydalandi.



Endi savol tug'iladi: Penalti bormidi?
Takroriy lavhani ko'p ko'rdim. SHaxsiy xulosam penalti yo'q edi.
Lekin qayta-qayta tomosha qilsa, tezlik bilan kelayotgan Bezerraning chap oyog'i Ismoilovning chap oyog'iga birozgina tekkan BO'LISHI MUMKIN.
Buni takroriy lavha to'liq ko'rsatib berolmadi. Yon hakam ham bu vaziyatda bayroqchasini ko'tarib penaltiga ishora qilmadi. Ammo vaziyatdan nisbatan uzoqroqda turgan SHerzod Qosimov buni qanday payqagani qiziq. Bu vaziyatda bosh hakam masuliyatni to'liq o'z zimmasiga oldi. Lekin shuni alohida qayd etish kerak, Bezerra jarima maydonchasi ichida hujumchi qanday yiqilishi kerakligi bo'yicha "master-klass" ko'rsatdi. Balki Qosimov ham uning yiqilishiga mahliyo bo'lib qolib, beixtiyor ikkilanmasdan "nuqta"ni ko'rsatgan bo'lishi mumkin. CHunki Bezerraning jarima maydonchasi ichidagi yiqilishi hakamni penaltiga ishontira oldi.

Teparoqda Ismoilovning chap oyog'i Bezerraning chap oyog'iga tekkan BO'LISHI MUMKIN, deb yozdim. Bunga oydinlik kiritish maqsadida Ergash Ismoilovning o'zidan bu xususida so'raganimda, futbolchi shunday dedi: "Meni oyog'im Bezerraga UMUMAN TEGMADI. Bu erda penalti yo'q edi. CHunki kontakt bo'lmadi", deb qo'shimcha qildi - Ergash Ismoilov.

Demak Bezerraning yiqilishdagi sanati o'yin referisi Qosimovni aldab qo'ygan bo'lish ehtimoli yuqori.

O'FFning hakamlarga qo'llayotgan jazolaridan kelib chiqadigan bo'lsak, SHerzod Qosimov uchun ham joriy mavsum yakunlangan bo'lishi mumkin.
CHunki penalti belgilashdagi xatolik bevosita o'yin natijasiga tasir o'tkazdi.

Uchrashuv davomida penalti, Igor Sergeevni to'sinni nishonga olganini hisoblamasa, "Paxtakor" "Buxoro" darvozasiga deyarli aniq zarba yo'llay olmadi. Ammo ikkinchi bo'limda "Paxtakor" kiritgan gol offsayd qayd etilgani tufayli inobatga olinmadi. Bu vaziyat ham juda bahsli va gol urgan Sergeev o'shanda o'yindan tashqari holatda qolmagandek ko'rindi.

Bu ikkala bahsli vaziyatdan tashqari ham Qosimov o'yin davomida tizginni qo'ldan chiqargandi. SHu boisdan ham nazoratchi R.Serazetdinov SHerzod Qosimovga past (7,0) baho qo'ydi. Brigada ichidan penaltini qayd etmagan yon hakam A.Po'latov maydondagi uchta hakam ichidan nisbatan yaxshiroq (7,5) ball oldi. "Paxtakor"ni golini hisobga olmagan T.Galeev esa eng past baho (6,0) oldi.

Zaxira hakami esa I.Ibragimov brigada ichidan eng yaxshi (8) ballni qo'lga kiritdi.

Rustam Bobomurodovni chetlatgan, Olim Tolibjonovni 10ta o'yinga diskvalifikaciya qilgan va Agishevni mavsum yakuniga qadar o'yindan tashqari holatda qoldirgan O'FFning bu galgi qarori qanday bo'ladi?

"Buxoro"ning o'yinidan keyin Bobomurodov, "Paxtakor" ishtirokidan bellashuvdan so'ng Agishev diskvalifikaciyaga uchragandi. Endilikda bu ikkala jamoalarning o'zaro bahsidan keyin SHerzod Qosimov ham chetlatiladimi, degan savol kun tartibidan o'rin olgan.


O'yin atrofidagi ko'ngilsizliklar va noprofessionallik
Hammasi SHerzod Qosimov "Buxoro" darvozasiga belgilagan penaltidan keyin boshlandi. O'shanda "Buxoro" stadionidagi press-lojada o'tirgan "Paxtakor" rahbariyati, MTJning yangi murabbiylar shtabi, PFL vakillari, uchrashuv komissari va jurnalistlar o'tirgan joyda klub tasvirchisi penaltiga keskin etiroz bildirdi. Stadion suhandoni ham bunga o'z reakciyasini ko'rsatdi. O'yin komissari etib tayinlangan PFL vakili SHerzod Rajabov bu vaziyatda ulardan o'zlarini bosib olishlarini so'radi. Komissarga javoban esa stadion suhandoni haqoratli gaplarni ishlata boshladi. Bu vaziyatda komissar (SH.Rajabov) o'zining professional ishini bajarayotgandi. "Buxoro" klubi tasvirchisi o'zini bosib oldi. Ammo stadion suhandoni o'z ehtiroslarini jilovlay olmadi va komissar bilan keskin aytishuvga kirishdi. Bu kabi holat albatta juda xunuk. Muxlislik o'z yo'liga. Hamma o'z ishini professional bajarishi shart.

Buxorodagi stadionga birinchi marotaba tashrif buyurishim tufayli u erdagi media-tribunani holati talablarga javob bermasligini o'z ko'zim bilan ko'rdim. Masalan o'yinni matnli onlayn translyaciya qilish uchun jurnalistlarga sharoit yo'q edi. SHuningdek, o'sha joy media-tribuna bo'lsa, unda nega mehmon jamoa rahbariyati va MTJ murabbiylar shtabi maxsus VIP lojaga o'tkazilmadi?

Stadionning ikkinchi qavatidagi joy VIP lojamidi yoki media-tribuna? O'ylaymanki, PFL vakillari bu holat bo'yicha ham klubga chora qo'llaydi.



Oliy ligada o'ynaydigan, sovrinli o'rinlar uchun kurashmoqchi bo'layotgan "Buxoro"dek jamoa uchun oddiy elementar ishlarni to'g'ri yo'lga qo'yilmagani uyatli albatta. Klub qachonki to'liq professionallikni yo'lga qo'ymasa, hech qachon katta maqsadlar sari dadil odimlay olmaydi.
Futbolda kichik, yani mayda detallar bo'lmaydi.

Aynan o'sha kichik detallarga etiborsizlik bu noprofessionallik degani.

Muxlislik madaniyatini ham oshirish vaqti kelgani aniq. Stadionga bazi muxlislar tomonidan uloqtirilgan suv idishlari Buxorodek azim shahar ishqibozlariga yarashmaydi...

"Buxoro" stadionidagi suhandon jamoa uchun qayg'urishi, ularga muxlislik qilishi mumkin. Ammo buni ish jarayoniga aralashtirmaslik kerak. Mayli, hakam xato qilsin, mayli qaysidir futbolchi terma jamoa safidagi o'yinlari tufayli muxlislar etiroziga sababchi bo'lgandir. Ammo hamma o'z ishini to'g'ri bajarishi lozim. Igor Sergeev almashtirilayotgan paytda stadion suhandoni Igor Sergeevni "Igor Babayan", deb atashi bu juda noto'g'ri. Noprofessionallik. Sergeev qanday futbolchi yoki hujumchi bo'lishidan qatiy nazar uni shaxsini hurmat qilish lozim. Hech kim uni shaxsiyatiga tegishga haqqi yo'q. Birovni sharifini noto'g'ri aytish bu hurmatsizlik belgisi. Stadion suhandoni esa ish jarayonida kimgadir hurmatsizlik qilishga haqqi yo'q.

Namangandagi matbuot anjumanida muxlislar kirib mojaroga sababchi bo'lgan bo'lsa, Buxoroda mikrafon muxlisni qo'liga tushib qoldi... Yana mojaro.

Bu kabi ishlarni yig'ishtirish, bunga barham berish lozim.


Muallif :
Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика