Buxoro: Nazorat o'yinida Navbahor mag'lub etildi
24 iyu 2017 09:32
Yangiliklar
Buxoro: Nazorat o'yinida Navbahor mag'lub etildi
Bu safargi sparring-raqibimiz oliy liga vakili Navbahor jamoasi bo'ldi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda vakillarimiz irodali g'alabaga erishdi. O'yinda avvaliga namanganliklar hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Mirzohid G'ofurov o'zining aniq zarbasi bilan darvozani ishg'ol etgan bo'lsa, so'ngra Buxorodan Azamat Allaniyozov bilan Vladimir Baenko to'p kiritib, jamoaga irodali g'alabani taqdim etdi.
Quvonarlisi kichik jaroxatidan asta-sekin forig' bo'lib borayotgan to'purar hujumchimiz Ivan Nagaev mazkur uchrashuvda boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi.
Bosh murabbiy Ulug'bek Baqoev shu kuni quyidagi tarkibdan foydalandi:
Akmal Tursunboev, Tohir SHamshitdinov, Bobur Amonov, Vladimir Baenko, Alisher Samatov, Ergash Ismoilov, Sanat SHixov, Alisher Sanoev, Robbimjon Hasanov, Ivor Veycer, Ivan Nagaev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Azamat Allaniyozov, Bahriddin Vahobov, Zohir Pirimov, Nozim Umurov.
Mazkur bahsdan so'ng futbolchilarga bir kunlik dam berildi. Eslatib o'tamiz, 28 iyul kuni Buxoro Toshkentda Lokomotivga qarshi O'zbekiston Kubogi 1/4 final, javob uchrashuvidan o'rin olgan o'yinini o'tkazadi.
Buxoro matbuot xizmati.
Fikrlar