“Bunyodkor” yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimiga taklif etadi
24 iyu 2017 20:26
Yangiliklar
“Bunyodkor” yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimiga taklif etadi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi davralar oralig'ida o'z tarkibiga qo'shib olgan yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtiradi.
Tadbir 26 iyul, chorshanba kuni “Bunyodkor” stadioni matbuot anjumanlari zalida soat 12:00da boshlanadi. Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari “qaldirg'ochlar”ning yangi azolariga aylangan futbolchilar bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. SHuningdek, klub rahbariyati tomonidan “Bunyodkor”ning yangi futbolchilari uchun atalgan futbolkalar ham tantanali ravishda topshiriladi.
Taqdimot marosimiga OAVning barcha bo'g'inlarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlarni taklif etamiz.
Fikrlar