So’nggi yangiliklar

10:35Кувайт U-23 бош мураббийи: "Футболда барча ғалаба қозонишни хоҳлайди, лекин биз етарли тажрибага эга эмасмиз"  0 10:11Ўзбекистон U-23 — Кувайт U-23 ўртасидаги учрашувни суриялик ҳакам бошқариб боради  1 09:44Салоҳнинг «Ливерпуль»даги келажаги маълум  0 09:20ПСЖ собиқ устози «Барселона»ни бошқариши мумкин  6 08:55Дилшод Раҳматов: «Ўйиндан ўйинга кучайиб борамиз. Мақсадимиз – чемпионлик!»  1 08:31Sofascore. Элдор Шомуродовнинг кечаги ўйини неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:43Осиё кубоги. Бугун Кувайтга қарши майдонга тушамиз  9 07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  1 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Файҳа" 3:1   0 01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  42

"Bunyodkor" yangi futbolchilarni tanishtirish marosimini o'tkazdi (+FOTO) Yangiliklar

"Bunyodkor" yangi futbolchilarni tanishtirish marosimini o'tkazdi (+FOTO)

Bugun "Bunyodkor" stadioni anjumanlar zalida davralar oralig'ida "Bunyodkor" safiga kelib qo'shilgan futbolchilarni tanishtirish marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda klub bosh direktori Murod Aliev, jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va yangi futbolchilar ishtrok etishdi.

Kirish so'zini "Bunyodkor FK" bosh direktori Murod Aliev boshlab berdi:

"Assalomu alaykum, bugungi yig'ilish qatnashchilari. Sizlarni ushbu tadbirda ko'rib turganimdan xursandman. May oyida Mirjalol Qosimovni bosh murabbiy sifatida tanishtirish marosimida uchrashgandi. Mana endi ikkinchi davra oldidan yangi futbolchilarni tanishtirish marosimida uchrashib turibmiz.



U paytda birinchi davra o'yinlari davom etayotgadi. Yangi futbolchilarni o'z safimizga qo'shib olish imkoniyati yo'q edi. Endi esa mana, o'z tarbiyalanuvchilarimizni, shuningdek o'z vaqtida jamoamizda o'ynagan yigitlarni "Bunyodkor"ga qaytara oldik. Undan tashqari "Obod"dan SHoxruz Norxonovni taklif qildik. Avvalambor, muxlislarni stadionga qaytarishimiz kerak. SHuningdek, raqobat bo'lishi lozim. Biz uchun imkoniyatlar yaratib qo'yilgan. Qilayotgan ishlarimiz o'z samarasini berishi kerak. Ayni paytda ko'plab o'zgarishlar ro'y bermoqda. Raqobat oshsa futbolimiz saviyasi ko'tariladi. "Paxtakor" kuchaymoqda, "Lokomotiv" ham so'nggi 2-3 yil ichida chempionlik uchun kurashadigan jamoaga aylandi.

Hozirda oldimizdagi eng birinchi va asosiy vazifa - "Neftchi"ga qarshi o'yinda g'olib chiqish. O'zbekiston kubogini qo'lga kiritmoqchimiz. Ko'rdik, yigitlarimiz "Nasaf", "Lokomotiv" kabi kuchli jamoalarga qarshi bo'lib o'tgan o'yinlarda bo'sh kelmay, yaxshi o'yin ko'rsata oldilar. Nasib qilsa yangi futbolchilar bilan yangi maqsadlarimizga erishamiz.

SHomurodov? Eng avvalo shuni aytib o'tishimiz kerakki, futbolchi shartnomasi tugashiga 6 oy qolganida o'ziga boshqa jamoa qidirishga haqqi bor. Otabek va Eldorga yangi shartnoma taklif qilgandik. Ammo, shuni ham aytib o'tishim lozimki, SHomurodovga bosh murabbiy tomonidan ham etirozlar bo'lgandi. Uning fikru-hayoli boshqa klub bilan shartnoma imzolash edi. Futbolchi borasida faqat "Rostov" rasmiy taklif bilan chiqdi. Ungacha esa SHomurodovning o'zi klub bilan shartnomaga imzo chekib bo'lgan ekan. Biz uning qilgan bu ishidan biroz ranjidik. Yakunda, unga oq yo'l tiladik. U kuchli chempionatga yo'l oldi. Unga omad tilaymiz. Rossiya chempionatida Ahmedov, Denisov kabi kuchayib ketsa, terma jamoamiz ham kuchayadi.
Biz kuchli chempionat klublaridan taklif tushadigan bo'lsa, futbolchimizni ushlab o'tirmaymiz. Bu borada Otabekka ham tushuntirish ishlarini olib bordik.

Dostonbek Hamdamovning esa biz bilan 1,5 yillik shartnomasi bor. U borada ham "Ufa"dan taklif tushgan. Lekin, biz o'z oldimizga OCHLda o'ynash maqsadini qo'yganmiz. Dostonni qo'yib yuborish niyatimiz yo'q. U bilan kelishib oldik. Ammo, kelajakda unga takliflar bo'ladigan bo'lsa, Dostonga oq yo'l tilaymiz", - deydi Murod Aliev.

So'ngra so'z klub bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovga berildi:

"Davralar oralig'ida CHimyonda yig'in o'tkazdik. Yig'in ko'ngildagidek o'tdi deb o'ylayman. Ayrim futbolchilarimiz yoshlar terma jamoasi bilan birga bo'ldi. Osiyo chempionati saralash o'yinlarida ishtirok etib kelishdi. Bundan tashqari, milliy terma jamoa ham 17-24 iyul kunlari Turkiyada yig'in o'tkazdi. U erda Norxonov, SHukurov, Umirov kabi futbolchilarimiz taklif qilingandi. 19 iyuldan boshlab Toshkentda, o'zimizning mashg'ulot maydonimizda shug'ullandik. Orada "Metallurg" bilan ham o'rtoqlik o'yinida ishtirok etdik. Nasib qilsa, qo'ldan kelganicha harakat qilib, kerakli natijalarga erishamiz", - deydi o'zbek futboli afsonasi.



SHundan so'ng OAV vakillari o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan tadbir ishtirokchilariga murojaat qilishdi.

- Yangi futbolchilarning 5 nafari "Bunyodkor"ning sobiq futbolchisi yoki tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Nima uchun yana aynan ushbu futbolchilarni jamoaga taklif qildingiz?

MQ: - Darvozabon Suhrob Sultonovni Murod Zuhurovga raqobat tug'dirishi uchun taklif qildik. Futbolchilarga raqobat kerak. Ularda raqobat bo'lmasa asosiy tarkibdagi o'rinni yo'qotish qo'rquvi bo'lmaydi. Himoyachilar haqida gapiradigan bo'lsak... Bizda ikki nafargina nominal himoyachimiz bor. Buning ustiga Rustamning jarohati bor. U ayni paytda jarohatdan tiklanish bilan band. Anvarning imkoniyatlarini esa juda yaxshi bilaman. Uning hali jamoamizga foydasi tegadi.

Islom Qobilov o'zimizning futbolchi. Uni ijara asosida "Metallurg"ga bergandik. Endi esa Islomni ortga qaytardik.

Sobirxo'jaev va Gadoevlarni ham juda yaxshi bilaman, ular o'z vaqtida O'zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan futbolchilar hisoblanadilar.

SHodiev haqida gapiradigan bo'lsak, u hozir formada emas. Ammo, o'ylaymanki u o'z formasiga qaytadi. Vohid bosh bilan yaxshi o'ynay oladigan futbolchi hisoblanadi.

Men bosh murabbiy bo'lib kelganimdan so'ng standart vaziyatdan umuman gol urganimiz yo'q. Ammo, bunday vaziyatlardan ko'p gol o'tkazib yubormoqdamiz. Standartlar futbolning bir qismi. Bu mashg'ulotlarda biz standart vaziyatlar ustida ishlamaymiz degani emas. Ammo, jamoada ayni paytda bu borada muammolar ko'p. Standart vaziyatlar borasida o'yinimizni kuchaytirishimiz kerak.

Legionerlar? Bu yaxshilab o'ylab, tanlab-tanlab olinadigan narsa hisoblanadi. Davralar oralig'ida bizda vaqt kam edi. Nasib qilsa, vazifani o'z yigitlarimiz bilan uddalaymiz.

Futbolda oxirigacha kurashish kerak. Legionerlar masalasida mavsum yakunlangandan so'ng selekciya bo'lib o'tadi. Yangi legioner har tomonlama tekshirilib, chertib-chertib tanlanadi.



- Mana jamoa taklifiga rozi bo'lgan futbolchilarni ko'rib turibmiz. Orada "Bunyodkor" taklifini rad etgan futbolchilar ham bo'ldimi?

- Bo'ldi. Akmal SHorahmedov. Uning "Nasaf" bilan shartnomasi mavjud.


- Eldor SHomurodovning transfer summasi qanaqa bo'ldi?

MA: - SHomurodov borasida "Rostov" bilan kelisha oldik. "Nasaf" bilan o'yindan so'ng, kechki payt SHomurodov yangi shartnomaga qo'l qo'yib bo'lganini bildik. Bo'lar ish bo'ldi. U yangi kelishuvga imzo chekib bo'lgandi. Eldor futbolchi sifatidagi o'z imkoniyatidan foydalandi. Xafa bo'lganim, bir jamoada uch yil muddat o'ynagan futbolchi murabbiy, futbolchilar va jamoa bilan xayrlashishi lozim edi. Mayli, shunday bo'lsada unga omad tiladik. Terma jamoa manfaati birinchi o'rinda turadi. Unga oq yo'l tilaymiz. Transfer summasi esa sirligicha qolaqolsin.

Islom va Sardorlar o'z akademiyamizdan chiqqan futbolchilar hisoblanadilar. Ularni yangi deb hisoblamaymiz. Yangi deb darvozabonimiz Suhrob Sultonovni aytish mumkin. Akademiyamiz faoliyatini yanada kuchaytirmoqchimiz. Bunday sharoitlardan to'liq foydalanishimiz kerak. Ayni paytda ham yosh kuchli futbolchilarimiz etarlicha.

MQ: SHomurodov haqida qo'shimcha qilib ketmoqchiman. Futbolchini majburlab o'ynatib bo'lmaydi. Qaysidir o'yindan so'ng futbolchilarga dam olish uchun bir kun bergandik. O'sha bir kun ichida Eldor Moskvaga borib kelgan va yangi shartnomaga qo'l qo'yib kelgan. U birinchi davrada bittagina gol kiritdi. Uning hayoli joyida emasdi. Fikru-hayoli umuman boshqa narsada edi. Futbolchi sifatida u balki to'g'ri yo'l tutgandir. Lekin, murabbiy sifatida men aytadigan bo'lsam, u noto'g'ri ish qildi. Uning bu ishi terma jamoaga zarar keltirmasa bo'ldi. Uni olib qolish uchun ko'p narsa qildik. Nima bo'lgan taqdirda ham unga omad tilab qolamiz. Rossiyada o'ynash oson emas. Unga yomonlik qilishni istamaymiz. Istaymizmi-istamaymizmi, u "Bunyodkor" futbolchisi sifatida transfer qilindi. O'sha erda o'ynab, terma jamoamizga foyda keltirsa xursand bo'laman.



MA: Norxonoving o'yinlarini oldin ko'p kuzatganman. Agar jamoamiz OCHLga chiqib, u jamoamizga foyda keltira olsa juda xursand bo'lardik. SHoxruzni ham, Anvarni ham "Obod"dan tekinga oldik.


- Eldorning o'rni bilinadimi?


MQ: - Bu futbolda normal holat. Uning o'rniga boshqa futbolchilarimiz bor. Jamoada bir futbolchi o'ynamaydi. Aytganimdek, uni olib qolishga harakat qildik. SHunday bo'lsada, uning o'rnida o'ynaydigan boshqa futbolchilarimiz bor.


- Ertaga "Neftchi"ga qarshi o'yinda qanday o'yin ko'rsatmoqchisizlar? Dastlabki o'yindagi ustunlikni ushlab qolish uchun o'ynaladimi?


- Ertaga albatta o'z o'yinimizni namoyish etamiz. Safarda 1:2 hisobida g'alaba qozonganmiz. Ammo, raqibni hurmat qilamiz. O'yinni 0:0 hisobidan boshlaymiz.


- Akmal SHorahmedov borasida qanday fikrdasiz?

- Zo'r bola (kuladi). "Nasaf" uni qo'yib yuborishi mumkinmi? Balki. SHartnomasini bilish kerak. Ammo, hozircha shu tarkibimiz bilan o'z maqsadimizga erishmoqchimiz.



SHundan so'ng "qaldirg'ochlar" safiga yangi borib qo'shilgan futbolchilarga yangi futbolkalar topshirildi.



Avvalroq xabar qilganimizdek, "Bunyodkor" safiga borib qo'shilgan futbolchilar quyidagi raqamlarda harakat qiladilar:

Anvar G'ofurov - 6

Islomjon Qobilov - 3

SHohruh Gadoev - 22

Sardor Sobirxo'jaev - 18

Vohid SHodiev - 14

SHohruz Norxonov - 77

Suhrob Sultonov - 32.


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Suratlar muallifi Tolibjon Qosimov


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика