So’nggi yangiliklar

01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  20 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  9 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   0 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  10 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  6 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  4 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  12 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  151 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  30 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  20 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  12 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  5

Bugun futbol. "Dinamo" - "Qizilqum" Yangiliklar

Bugun futbol. "Dinamo" - "Qizilqum"

Teglar :  DinamoQizilqum
Bugun oliy liganing 12-tur uchrashuvlari boshlanadi. Bugungi taqvimdan beshta o'yin o'rin olgan. SHulardan biri Samarqand shahrida bo'lib o'tadi va "Dinamo" o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qiladi.

18:00 - Dinamo (Samarqand) – Qizilqum (Navoiy)
Hakamlar
: V. Serazetdinov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), N. Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Inoyatov.


O'yindan nima kutyapmiz? Jamoalarni to'rt ochkolik farq ajratib turibdi. Albatta, raqibiga nisbatan ikkita ko'p g'alabaga erishgan "Dinamo" teparoqda. Bugun Samarqandda qiziqarli o'yin bo'lib o'tishi kutilmoqda. CHunki ikkala jamoaga ham g'alaba nihoyatda zarur. Qolaversa, ikkala jamoa ham oxirgi turlarda uch ochkoli bo'la olmayapti.

Fakt: Bugun "Dinamo" o'z maydonida oltinchi o'yinini o'tkazadi. Jamoa bungacha ikkita bahsda g'alaba qozongan. Ikki bor durang o'ynab, bir marta yutqazib qo'ygan. To'plar nisbati 9-5. "Dinamo" uy uchrashuvlarida 8 ochkoni qo'lga kiritgan.

Fakt: "Qizilqum" safarda bor-yo'g'i bir marta g'alaba qozongan. Navoiyliklar 1:0 hisobida "Bunyodkor"ni mag'lub etishgan. Qolgan o'yinlarda jamoa ikki bor durang o'ynab, uchta bahsda mag'lub bo'lgan. To'plar nisbati 3-7.

Bilasizmi? "Dinamo" ketma-ket besh o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti: uch durang, ikki mag'lubiyat. Jamoa oxirgi marta 6-turda "Buxoro"dan 3:1 hisobida ustun kelgan.

Bilasizmi? "Qizilqum" ham yutmaslik bobida bo'sh kelayotgani yo'q, jamoa qatorasiga oltita o'yindan beri yuta olmayapti. Qizig'i shundaki, "Qizilqum" oxirgi oltita o'yindan beshtasini durang bilan yakunlagan.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика