So’nggi yangiliklar

20:55Футзал. Ўзбекистон Вьетнам устидан камбэк амалга оширди ва ярим финалга йўлланма олди  50 20:31ОЧЛ. "Йокогама" пенальтилар сериясида "Ульсан Хюндай"ни мағлуб этиб, финалга йўл олди!   1 20:22Оливье Жиру "Лос Анжелес" билан шартнома имзолагани маълум бўлди  2 19:30Тарихда илк бор Жаҳон чемпионатида Марказий Осиёдан 2 та терма жамоа иштирок этади  14 18:57Футзал. Таиланд чорак финалда Ироқни таслим қилди. Ярим финалдаги рақиб - Тожикистон  4 18:33Мбаппе ПСЖдан кетиши оқибатида 130 млн евродан воз кечиши мумкин  2 17:35"Спартак" собиқ устози "Милан"ни бош мураббийлигига асосий номзод   1 17:10«Сити»нинг икки асосий футболчиси «Брайтон»га қарши майдонга тушмаслиги мумкин  3 16:45«Атлетик»да 15 йил ўйнаган футболчи клубдан кетмоқда  3 16:21U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувида бизга таниш ҳакам ишлайди  21 16:04"Дон-дон-зики", хушчақчақ Кападзе — Ўзбекистон - Вьетнам учрашувидан 93 та расм  2 15:53Футзал. Эрон кетма-кет 9 марта Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  6 15:26АПЛда «Олтин қўлқоп» учун асосий даъвогар маълум бўлди  3 15:05"Фейеноорд" бош мураббийи топ-клублардан бирида иш бошлаши мумкин  4 14:45"Ўзбекистон ҳеч кимдан қўрқмаслигини намойиш этди". Сайтимизнинг россиялик ходими Вьетнам устидан қозонилган ғалаба ҳақида қандай фикрда?  12

Bu qiziq. Jahonning 20 nafar eng mashhur futbol agent(lik)lari Yangiliklar

Bu qiziq. Jahonning 20 nafar eng mashhur futbol agent(lik)lari

Zamonaviy futbolni futbol agentlarisiz tasavvur qilish qiyin bo'lib qoldi.

CHunki futbolchilar u jamoadan bunisiga ko'chib o'tayotganda agentlar katta rol o'ynashadi. Jahon futbolini muntazam yoritadigan 

saytlaridan biri fourfourtwo.com dunyoning eng kuchli 20 nafar futbol agenti (agentligi) nomini elon qildi. 

20. "Beyz Sokker" agentligi 


Bu agentlik asosan Buyuk Britaniya futbol bozorini boshqaradi va tarkibi bir nechta kishidan iborat. Agentlik o'z faoliyatini 90-yillarda 

boshlagan.

Eng mashhur beshta mijozi: Aaron Remsi, Andre Ayyu, Kayl Uolker, Denni Rouz, Eshli Yang. 

19. Fernando Felisevich 


U ko'pincha chililik futbolchilarni Evropaga o'tkazish bilan shug'ullanadi. Bazi futbolchilar unga hatto o'z otasidek muomala qilishadi. 

Eng mashhur beshta mijozi: Aleksis Sanches, Arturo Vidal, Klaudio Bravo, Gari Medel, Angelo Enrikes. 

18. PRO Profil (Tomas Krot)


Evropa futbolida PRO Profil laqabi bilan mashhur Tomas Krot futbolchilik paytida katta sovrinlarga erishmagan. Lekin agentlik 

sohasiga kirib kelganidan so'ng ishi ancha rivojlanib ketdi. 

Eng mashhur beshta mijozi: Manuel Noyer, SHinji Okazaki, SHinji Kagava, Kevin Volland, Patrik Xerrmann. 

17. "FirstEleven ISM" agentligi 

Bu ham agentlik hisoblanadi va ko'pincha francuz futbolchilarining katta klublarga o'tishida xizmat qiladi. 

Eng mashhur beshta mijozi: Fabian Delf, Vinsan Yanssen, Deyan Lovren, Mate Valbuena, Fransis Koklen.

16. "Kick and Run" sport menejmenti 

Bu agentlik "Monako" bilan yaxshi aloqalarni yo'lga qo'ygan, shuningdek "Arsenal" va "CHelsi" bilan ham faol ishlab kelmoqda. 

Eng mashhur beshta mijozi: Villian, Fabino, Denni Uelbek, Andreas Kristensen, Gabriel. 

15. "Key Sports Management" agentligi 

"Futbol agentlari axloqsizmi? Hamma emas! Biz yaxshi xizmat ko'rsatamiz". "Key Sports Management" mana shu gapni o'ziga shior qilib olgan.

Eng mashhur beshta mijozi: Jeymi Vardi, Teo Uolkott, Jordan Xenderson, Rayan Bertrand, Fil Jons. 

14. Manuel Garsia Kilon 

Uning Madridda o'z ofisi bor va ko'pincha ispaniyaliklar bilan shug'ullanadi. 2011 yil agentlikni tashlamoqchi ekanligini malum 

qilgandi, ammo haligacha bu niyatidan voz kechgani yo'q.

Eng mashhur beshta mijozi: Rafael Benites, Felipe Luis, Pepe Reyna, Xavi Garsiya, Alvaro Arbeloa. 

13. "Europe Sports Group" agentligi 

Bu agentlik 600-700 nafar futbolchi bilan shug'ullanadi. Ularga farqi yo'q, kim kelsa ham shartnoma imzolab qo'yaverishadi. Mijozlari 

asosan braziliyalik. 

Eng mashhur beshta mijozi: Vitino, Vanderson, Emmanuel Insua, Albert Adoma, Xuan Karlos Paredes. 

12. "Bahia Internacional" agentligi 


Ushbu agentlikning asoschisi ispaniyalik Xose Otin hisoblanadi va u asosan ispaniyalik futbolchilarning Angliyaga yo'l olishida katta 

rol o'ynaydi. 

Eng mashhur beshta mijozi: Pedro, Xavi Martines, Fernando Torres, Dani Parexo, Borxa Baston.

11. "MJF Publicidade e Promocoes" agentligi 


Bu agentlik ikki kishi tomonidan yuritiladi: Xuan Figer va Vagner Ribeyro. Ularning 16 yil oldin amalga oshirgan eng katta ishi 

Figuning "Barsa"dan "Real"ga ko'chib o'tishini taminlash bo'lgandi. Endi bo'lsa Neymarni PSJga o'tkazishmoqchi. 

Eng mashhur beshta mijozi: Neymar, Xalk, Lukas Moura, Robino, Kleberson. 

10. "SportsTotal" agentligi 


Bu agentlikni germaniyalik Volker Strut boshqaradi. U bir paytlari yoshgina Mario Gyotceni futbol ahliga tanitgandi. Volker Strutning 

Pep Gvardiola bilan munosabatlari yaxshi emas, chunki uning fikricha Gyotceni aynan Gvardliola "sindirgan". 

Eng mashhur beshta mijozi: Toni Kroos, Marko Roys, Benedikt Xovedes, Yosip Drmich, Gonsalo Kastro. 

9. "Sports Entertainment Group" agentligi 

15 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan ushbu agentlik golland futbolini egallab olgan desak ham bo'laveradi. SHuningdek, boshqa 

davlat futbolchilari bilan ham ishlaydi. 

Eng mashhur beshta mijozi: Memfis Depay, Kevin Strotman, Stefan de Vriy, Tomas Vermalen, Sedrik Soares. 

8. ROGON futbol agentligi

Roberto Firmino qanday qilib "Liverpul"ga borib qolgan bo'lishi mumkin? Buning javobini ROGON futbol agentligidan topasiz. 

ROGON asosan Germaniya bundesligasi yulduzlari bilan ishlaydi. 

Eng mashhur beshta mijozi: Roberto Firmino, Luis Gustavo, Julian Draksler, Rikardo Rodiriges, Marsel SHmelcer. 

7. "Promoesport" agentligi 

Bu agentlik ham 15 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. "Barsa"ning bazi futbolchilari aynan ushbu agentlik mijozlari hisoblanadi. 

O'tgan besh yil ichida "Promoesport" Ispaniyaning beshta joyini egallab oldi va Afrikaning ettita davlatida o'z ofisini barpo etdi. 

Eng mashhur beshta mijozi: Erik Baye, Denis Suares, Aleish Vidal, Adama Traore, Diego Alvesh.

6. Juliano Bertoluchchi


O'z vaqtida suv polosi bo'yicha turli musobaqalarda qatnashgan Juliano Bertoluchchi bugungi kunda futbol agenti hisoblanadi. Uning 

asosiy transferlari "CHelsi" bilan bog'liq. Xususan Bertoluchchi Aleks, Ramires, Oskar, Villian, Natan, David Luis kabi futbolchilarning 

"CHelsi"ga o'tishida katta rol o'ynagan. 

Eng mashhur beshta mijozi: Markinos, David Luis, Oskar, Villian, Xuan Xesus. 

5. Jonatan Barnett


Barnett "Stellar Group"ning xo'jayini. U futbol olamida juda mashhur. Jonatan Barnett bir gal matbuotga bergan intervyusida shunday 

degandi: "Biz juda katta agentlikmiz. Bizga yaqin faqat Jorje Mendes bo'lishi mumkin". 

Eng mashhur beshta mijozi: Garet Beyl, Grjegors Krichoviak, Jo Xart, Lyuk SHou, Eshli Koul. 

4. Per Gvardiola 


Murabbiy Pep Gvardiolaning ukasi Per Gvardiola agentlik bilan shug'ullanishini ko'pchilik bilmasa kerak. Lekin uning mijozlari 

anchagina mashhur. U "Media Base Sports"ning 55 foiz akciyalariga ega. 

Eng mashhur beshta mijozi: Pep Gvardiola, Luis Suares, Andres Inesta, Tiago Alkantara, Pedro Obiang. 

3. "Mondial" sport menejmenti

Bu agentlik ham Evropada o'z nomiga ega. To'g'ri, uning mijozlaridan biri Pato zo'r o'ynab keta olmadi, ammo yaxshi o'ynab ketgan 

futbolchilar ham etarlicha topiladi. 

Eng mashhur beshta mijozi: Duglas Kosta, Filipp Koutino, Dmitriy Paye, Edinson Kavani, Riyad Mahrez. 

2. Mino Rayola


48 yoshli Rayola bir paytlari picca sotib kun ko'rganini ko'pchilik bilmasa kerak. Endi bo'lsa u mashhur futbol agenti. U arazlab ketib 

qolgan Pogbani yana MYUga qaytara oldi. Rayolaning shiori shunday: "Pul va kuch, kuch va pul". 

Eng mashhur beshta mijozi: Pol Pogba, Zlatan Ibragimovich, Genrix Mxitaryan, Mario Balotelli, Romelu Lukaku. 

1. Jorje Mendes 


Nihoyacht, birinchi o'ringa Jorje Mendes qo'yildi. Portugaliyalik agent birinchi navbatda o'z vatandoshlari bilan ishlaydi. Aynan uning 

say-harakatlari tufayli Deko, Tiago, Ilario, Rikardo Karvalo, Kuarejma, Paulo Ferreyra, Diego Kosta va Radamel Falkao "CHelsi"ga 

o'tishgandi. Albatta, uning eng kuchli mijozi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. 

Eng mashhur beshta mijozi: Joze Mourino, Krishtianu Ronaldu, Renato Sanches, Villiam Karvalo, Tiago Silva. 


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика