Bobir Davlatov Toshkentda, u O'zbekistonda qolishi mumkin
26 iyu 2017 13:32
Yangiliklar
Bobir Davlatov Toshkentda, u O'zbekistonda qolishi mumkin
Meksika-2011 qahramonlaridan biri Bobir Davlatov hozirda Toshkentda bo'lib turibdi.
U ayni paytda "Lokomotiv" mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Agar Davlatovning o'yini va harakatlari murabbiylarga maqul kelsa, "Lokomotiv" bilan shartnoma tuzishi mumkin.
Malumki, Bobir Davlatov "Mashal" va "Yangier" klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi hamda faoliyati davomida Rossiya, Qozog'iston klublarida o'ynagan.
Fikrlar