So’nggi yangiliklar

01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  40 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   1 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  5 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  2 00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  1 00:25Иван Бошкович: "Ғалаба осонликча келмаслигини бугунги ўйин ҳам кўрсатиб берди"  0 00:10"Жиззах" бош мураббийи: "Таркибимиз фақат маҳаллий футболчилардан иборат экани мени хурсанд қилади"  1 00:05Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ - Ўзбекистон 1:4   0 00:00Саидазамат Мирсаидов: "Рақиб ким бўлишидан қатъий назар, ҳар бир учрашувда ғалаба қозонишни мақсад қилганмиз"  0 23:45Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг бугунги машғулоти. Эртанги рақиб - Қувайт  1 23:29Ўзбекистон U-23. Навбатдаги машғулот қандай ўтди? Мирсаидов ва Одиловдан интервью  0 23:23U-23 Осиё Кубоги. Саудия Арабистони Таиландга бешта гол урди, Япония БААга имконият қолдирмади  1 22:52Элдор Шомуродов "Ювентус"га қарши ўйинни асосий таркибда бошлайди!  26 22:47Абдуқодир Ҳусанов эртага ўтказиладиган "Ланс" – "Клермон" учрашуви қайдномасига киритилди  1

Bizning futbol katta bo'lish haqida o'ylamaydi Yangiliklar

Bizning futbol katta bo'lish haqida o'ylamaydi

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
“Kto ne riskuet, tot ne pet shampanskogo”. Yaxshi aytilgan gap.

O'zbekiston futboli o'zgarishlardan qo'rqmasligi kerak. Biz fevral va dekabrda futbol o'ynab bo'lmaydi, deb yuribmiz. Qishi bizdan sovuqroq bo'lgan Rossiya esa allqachon kuz-bahor tizimiga o'tib oldi. Ular shunchak qo'rqmadi.

O'zbekistonlik futbolchilar og'ir jismoniy yuklamalarni ko'tara olmaydi, deb chiqish qilayotganlar bor. Janubiy Koreyada futbolchilar chempionatning o'zida kamida 40 dan ziyod o'yinni bemalol o'ynayotgani uchun ham, ular Toshkentga kelib 90-daqiqalarda ustun-u to'sinlarimizni poylab yotibdi, biznikilar esa 70-daqiqadan keyin “o'limtik” bo'lib qoladi. Sami Al-Jabr topib aytgan, O'zbekiston termasi 70-daqiqadan keyin futbol o'ynamaydi.

Biz mehribonmiz. Qaysidir regionlar futboldan chetda qolib ketadimi deya oldinga qadam bosolmaymiz. Evropaning 25 ta mamlakati qo'rqmay umumlasha oladi, lekin O'zbekiston yaxlit bir mamlakat bo'lishda muammolarga duch kelaveradi. Biz qachon futbolni aniq-tiniq tizim bilan boshqarishni yo'lga qo'ysak, Xorazm, Qoraqalpog'iston va Surxondaryo futboli ham o'ziga keladi, ular “o'limtik klublar” sari emas, kuchli klublarga qarab intiladi va o'sadi.

Oddiy misol keltiraman. Futbolni daryo deb oling. Unda kimdir kemada, kimdir qayiqda va yana kimdir o'zi suzib yuribdi. Agar qayiq ham, kema ham o'zi suzayotgan odam tezligiga o'tib olsa, ularning hammasi manzilga faqat o'sha tezlikda etib keladi. Kapitalizm esa o'zi suzayotgan odamdan avval qayiqqa, keyin kemaga yaqinlashishni talab qiladi. SHunda ular kema tezligida manzilga etib kelishi mumkin.

Kuchli chempionat raqobatni oshiradi. Raqobat o'z navbatida iqtidorlarni izlashga bo'lgan majburiyatni oshiradi. Misol keltiraman. Angliya 9 ta regionga bo'linadi, shulardan biri shimoliy-g'arbiy region. Unda Manchester va Liverul kabi yirik shaharlar bor. Bu shaharlarning esa o'z navbatida “Yunayted”, “Siti”, “Liverpul”, “Everton” kabi klublari mavjud. Ular regionda quloch yozayotgan 8 yoshli futbolchini ham tinch qo'ymaydi, chunki biri olmasa, boshqasi ilib ketadi. Ular butun Angliya bo'ylab iqtidorlarni qidirishga zo'r beradi va shuning uchun ham butun Angliyada futbol rivojlanaveradi.

CHunki Angliyada odamlar nega hamma etibor Londonga, nega unda 6 ta jamoa bor-u, janubiy-g'arbiy zonadan hech kim yo'q, demaydi. London klublari kuchayib borgani sayin, o'sha janubiy-g'arbiy zona tezligini Londonniki bilan yaqinlashtirishga majbur bo'ladi cho'kib ketmasligi uchun va tezlik oshadi. Agar London aks tezlikka tushib, salbiy tomonni tortishga zo'r bersa, Berlin, Rim, Madriddan kelgan klublar London jamoalarining ko'zini ochirmaydi. Bu kapitalizmning futbol tilidagi ko'rinishidir.

Men O'zbekistonning eng oddiy shahri kamida Toshkent darajasida bo'lishini istayman. Rivojlangan mamlakatlarga boqing, Germaniya, AQSH, Angliya shaharlari bir-biridan o'zish uchun kurashadi, ularda qolganlar poytaxtdan yaqqol farq bilan ortda emas. CHunki ular men yuqorida aytgan kapitalizmni dasturiamal qilib olgan. Biz esa futbolda hammani birdek tortish ilinjidamiz, shuning uchun ham har safar kimdir kemtiklikka tushib qolishga mahkum. Men nima demoqchiman, dunyoqarashimizni o'zgartiraylik, o'rganaylik, yuqoriga qarab intilaylik, jarlik achinish uchun emas, xulosa uchungina xizmat qilsin demoqchiman.

Men Surxondaryo klublari Toshkent jamoalarini tor-mor keltirishini, vodiy va voha klublari Xorazmga borishdan tizzalari qaltirib turishini istayman va istaganim uchun ham shu princip bilan ishlashga harakat qilaman. Men uchun o'zi pul topadigan “Obod” va “Oqtepa” kabilar, davlat puliga yashayotgan Oliy Liganing har qanday etakchilaridan qadrliroq. SHunchaki biz bazida yordam beramiz deb, ko'p narsaga halal berib qo'yamiz.

Har narsaga o'z kuchi bilan erishadigan yigit va hammasini ota-onasi muhayyo qiladigan yigit o'rtasida katta farq bo'ladi. Birinchi yigitning ota-onasi farzandi qiynalmasligi uchun unga shunday “mehribonchilikni” ravo ko'radi va pishib etilishi haqida o'ylaydi. Ikkinchisi yigitning ona-onasi esa yanada mehribon, yalab-yulqab, oxirida katta bo'lgunicha boqadi. Biz futbolni bolaligida ham, kattaligida ham boqamiz. SHuning uchun ham u o'zi pul topish haqida hech qachon o'ylamaydi.  

Mana endi Angliyada odamlar hamma etibor nima uchun Londonga deb nolimasligini tushuntiraman. CHunki Angliya bolalarini birdek ko'radi va futbol kichikligida unga ko'mak beradi. Katta bo'lgach ham birdek ko'rishda davom etib, hech birini qo'llamaydi. Biz esa aytganimdek qirchillama vaqtida ham qo'llaymiz, ammo bittasiga 10 so'm, boshqasiga 1 so'm beramiz. Keyin nima bo'ladi? Aka-ukalar boylikni teng bo'lish, hovli o'rtasidan devor urish janjaliga tushadi. To'g'ri-da, ota-ona 1 ta, biroq etibor har xil. Bu kabi holat boqimandalarning hech biriga yoqmaydi. 

Muallif :
Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика