So’nggi yangiliklar

08:31Sofascore. Элдор Шомуродовнинг кечаги ўйини неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:07Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур баҳслари давом эттирилади  0 07:43Осиё кубоги. Бугун Кувайтга қарши майдонга тушамиз  1 07:15U-23 Осиё кубоги. Хитой - Корея Республикаси 0:2  0 07:10U-23 Осиё кубоги. БАА - Япония 0:2  0 07:05U-23 Осиё кубоги. Таиланд - Саудия Арабистони 0:5   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Тожикистон - Ироқ 2:4   0 06:55Серия А. "Кальяри" - "Ювентус" 2:2   1 06:50Саудия чемпионати. "Ал Насср" - "Ал Файҳа" 3:1   0 01:48А Серия. "Кальяри" "Ювентус"га қарши ўйинда охирги дақиқалардаги автогол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди. Шомуродов 79-дақиқада алмаштирилди  41 01:40Каземиро: "Анчелотти МЮга ўтаётганимни билиб, йиғлаб юборганди"   4 01:15U-23 Осиё кубоги. Ироқ Тожикистонни ишончли тарзда мағлуб қилди  0 00:58Начо "Реал"га мавсум охирида жамоадан кетишини маълум қилди  7 00:40Ўзбекистон Қувайтга қарши ўйинда тўлиқ оқ либосда ҳаракат қилади  6 00:37Виталий Левченко: "Биз учун чемпионат ёки кубок учрашуви фарқланмайди"  2

Birinchi liga. 11-tur yakunlari Yangiliklar

Birinchi liga. 11-tur yakunlari

Kuni kecha O'zbekiston chempionati birinchi liga bahslari 11-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Ushbu turda bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi. Quyida 11-tur statistikalari bilan tanishtirib o'tamiz.

11-turda quyidagi hisoblar qayd etildi.

“NBU-Osiyo” – “Norin” 4:2

“Yangier” – “Yozyovon-Lochinlari” 2:2

“Zomin” – “Nurafshon” 3:1

“G'allaorol” – “Mashal-2”  0:1

“Xotira-79” – “Cementchi” 0:1 

“Lokomotiv-BFK” – “Uz-Dong-Ju”  3:2

“Istiqlol” – “Orol”  2:0

“Andijon” – “Xorazm”  2:2

“Nasaf-2” – “Surxon”  1:4


Turning muhim voqealari

-Ushbu turda darvozalarga jami 32ta to'p kiritildi. 17ta golni mezbonlar urgan bo'lsa 15ta golni mehmon jamoalar o'z hisoblariga yozdirib qo'yishdi.

-Ushbu turda eng ko'p gol “NBU-Osiyo” – “Norin” 4:2 jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda kiritildi.  

-Ushbu turda 5 nafar futbolchi dubl qayd etdi. Bular - A. Abduraxmonov (“Surxon”), A. Berdiev (“Andijon”), D. Saidov (“Zomin”), N. Davlatov (“Yangier”), S. Sindarov (“NBU-Osiyo”).

-Ushbu turda hech bir futbolchi xet-trik qayd etmadi. 

-Bu turda eng ko'p sariq kartochka “Andijon” – “Xorazm” o'rtasidagi uchrashuvida 7 nafar futbolchi hakam tomonidan ogohlantirildi. 

-Uchrashuvda mandondan chetlatilgan futbolchilar: S. Asqaraliev (“Andijon”), T. Bekchanov (“Xorazm”), O. Komilov (“UzDongJu”). 

-PFL taqdim etgan qaydnomaga ko'ra eng ko'p muxlis “Xotira-79” – “Cementchi” uchrashuvida kuzatildi 2100 tomoshabin bahsni bevosita stadiondan turib tomosha qildi. 

-Eng kam muxlis “Lokomotiv-BFK” – “UzDongJu” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda kuzatildi: 37


Qiziqarli malumot:

Ushbu turdagi uchrashuvlarda bir qator kutilmagan natijalar qayd etildi. Avvalgi turlarda turnir jadvalida “Cementchi” jamoasiga etib olib to'plar nisbatiga ko'ra birinchi pog'onaga chiqib olgan Andijonning “Andijon” klubi ushbu turda “Xorazm” jamoasini qabul qildi va o'z uyida durang natija qayd etdi (2:2). Mana shu uchrashuvdan so'ng “Andijon” klubi musobaqa jadvalida ikkinchi pog'onaga tushib qoldi. “Cementchi” yana birinchi o'ringa chiqib oldi. Qarshining “Nasaf-2” klubi esa o'z uyida “Surxon” jamoasiga yirik 1:4 hisobida mag'lubiyatga uchradi. 


Stadionga muxlislar tashrifi

1. “Xotira” - 2100 

“Zomin” - 1623

“G'allaorol” 1327

“Andijon” - 683

“Yangier” - 218

“Istiqlol” - 113

“Nasaf-2” - 79

“NBU-Osiyo” - 71 

“Lokomotiv-BFK” - 37


11-turda gol urgan futbolchilar:

NBU-Osiyo” - S. Sindarov (2ta), O. Abduxoliqov, R. SHarobiddinov

“Norin” - V. Nuriev, E. Ergashev

“Yangier” - N. Davlatov (2ta)

“Yozyovon-Lochinlari” - U. Olimov, D. Davlatov

“Zomin” - D. Toshmatov, D. Saidov (2ta)

“Nurafshon” - S. Ashurov

“Mashal-2” - M. Rizvonov 

“Cementchi” - D. Mamatov

“Lokomotiv-BFK” - O. Hakimov, S. Rasulov, S. G'ulomov

“UzDongJu” - O. Azizov, A. Mahmudov

“Istiqlol” - D. Qoraboev, D. Xoshimov

“Andijon” - A. Berdiev (2ta)

“Xorazm” - E. Seytnazarov, T. Ismoilov

“Nasaf-2” - S. To'raev

“Surxon” - A. Abduraxmonov (2ta), S. Allaev, J. Ko'chimov


11-turda sariq kartochka olgan futbolchilar

“NBU-Osiyo” - R. SHarobidinov, SH. Abduraxmonov, S. Sindarov 

“Norin” - D. Iskandarov, V. Nuriev, B. Murtazoev 

“Yangier” - V. Purak

“Yozyovon-Lochinlari” - M. Ibragimov, B. Yigitaliev, M. Qosimov  

“Zomin” - B. Murtazoev, D. Ikromov

“G'allaorol” - SH. Suyarqulov, A. Xolmatov

“Mashal-2” - M. Rizvonov, M. Yusupov

“Xotira-79” - S. Toshpo'latov

UzDongJu” - O. Axmatov 

“Istiqlol” - R. Abduhamidov

“Andijon” - I. Otaxonov, S. Asqaraliev, F. Bekmurotov, SH. Jumaboev

“Xorazm” - T. Bekchanov, E. Seytnazarov, G. O'daev

“Nasaf-2” - S. SHukurullaev

“Surxon” - S. SHomurodov 


Birinchi liga to'purarlari

1. Orifxo'ja Abduxoliqov ("NBU-Osiyo") - 12 .

2. Anvar Berdiev ("Andijon") - 8.

3. Doston Toshmatov ("Zomin") - 6.

4. SHahboz Jumaboev ("Andijon")- 6.

5. Davron Isoqov ("Cementchi") -  5.

6. Bahodir Murtazoev ("Norin") - 4.

7. Farrux SHotursunov ("Andijon") - 4.

8. SHarif Mirzaev ("Istiqlol") - 4.

9. Rahmatillo Meliboev ("Cementchi") - 4.

1-liga turnir jadvali


12-turda quyidagi uchrashuvlar bo'lib o'tadi


“NBU-Osiyo” – “Yozyovon-Lochinlari”

“Yangier” – “Norin”

“Zomin – “Mashal-2”

“G'allaorol” – “Nurafshon”

“Xotira-79” – “UzDongJu”

“Lokomotiv-BFK” – “Cementchi”

“Istiqlol” – “Xorazm”

“Andijon” – “Orol”


Jahongir Sotvoldiev tayyorladi


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика