So’nggi yangiliklar

23:07АПЛ. "Арсенал" — "Челси". Парти, Сака ва Мудрик асосий таркибда  0 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  145 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  11 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  10 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  3 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  10 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  3 20:07Асрор Алиқулов: "Олимпиада йўлланмасини қўлга кирита оладиган таркибимиз бор"  2 19:59"Милан" Жиру ўрнига кимни олиб келади?  2 19:40Ўзбекистон U-23 терма жамоаси "Халифа" стадионида!  13 19:22Рауль "Реал"ни тарк этишга тайёр  4 19:01Ўзбекистон ва Вьетнам ўзаро ўйинлар тарихи ёхуд "қорли финал"ни эслаб  4 18:30Тухель АПЛ ва Ла Лига ўртасида танлов қилди  3 18:01Ўзбекистон Кубоги. 2-тур баҳсли вазиятлари юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  24

Baxtiyor Davlatov xotira turniri - "Nasaf-2003" g'olib, "SHo'rtan-2003" uchinchi o'rin sohibi Yangiliklar

Baxtiyor Davlatov xotira turniri - "Nasaf-2003" g'olib, "SHo'rtan-2003" uchinchi o'rin sohibi

Yangier shahrida bir hafta davom etgan Baxtiyor Davlatov xotira turniri hozirgina o'z nihoyasiga etdi.

Tashkilotchilar tomonidan ko'tarinki ruhda  o'tgan musobaqa barcha ishtirokchilarda iliq taasurot qoldirdi.

Musobaqa bosh sovrini  uchun “Nasaf-2003”-“Yangier” jamoalari o'rtasida kechgan final uchrashuvida tuliq ustunlik “Nasaf-2003” jamoasi tomonida bo'ldi. Musobaqa davomida ketma-ket g'alaba nashidasini so'rgan vohalik yosh iqtidor egalari final bahsida  ham zafarli yurishini davom ettirishdi. Keskin va murosasiz uchrashuvda “nasafchilar”  uch gollariga Muhammad Abdumalikov, Javohir Abbosov, SHahzod Azamovlar mualliflik qilishdi.

Final uchrashuvi:  “Nasaf-2003”-“Yangier” 3:1

Aytish joizki, O'zbek futboliga  Jamol Otaqulov, Zafar Palvonov, Umar Eshmurodov, Olim Karimov,(SHo'rtan) Bobir Abduholiqov, Aziz G'aniev, Islom Rashidhonov (Nasaf) Otabek SHukurov(Bunyodkor) kabi  istedodli futbolchilarni etkazib berayotgan futbol fabrikasi bo'lmish  “Nasaf” futbol maktabida yosh futbolchilarga  futbolning sir-asrorlaridan talim berayotgan tajribali  murabbiylar Jasur Ibragimov va Umar Rahmatullaev bo'lajak chempionlar bilan navbatdagi yutuqni qo'lga kiritishdi.  

“Nasaf-2003” jamoasining turnirdagi barcha uchrashuvlardagi natijalari:
“Nasaf-2003” – CHimkent (Qozoqiston) 8-1
“Nasaf-2003” – Namangan  Futbol internati (Namangan) 6-3
“Nasaf-2003” –“SHo'rtan-2003”  (G'uzor) 5-0
“Nasaf-2003” –“Guliston”  (Sirdaryo) 7:3
“Nasaf-2003”-“Yangier” 3:1


Samad Rahimov murabbiyligidagi g'uzorlik yosh futbolchilar ham turnirni yuqori saviyada boshlashdi. “SHo'rtan-2003” jamoasi besh uchrashuvda to'rttasida g'alaba qozonib, faqat birgina kichik voha derbisida  yirik hisobda mag'lubiyatga uchrashdi.
Turnirning  uchinchi o'rin uchun kechgan bahsda jizzaxlik tengdoshlari ustidan 2:1 hisobida ustun kelishdi. G'uzorliklar ikki gollariga Abbos Berdiev, Adham Majidov mualliflik qilishdi.
“SHo'rtan-2003” jamoasi hujumchisi Abbos Berdiev turnirning “Eng yaxshi hujumchisi” nominaciyasiga tashkilotchilar tomonidan munosib deb topildi.
Musobaqa yakunida  tashkilotchilar va Davlatovlar oilasi tomonidan kubok, medal, diplomlar va esdalik sovg'alari topshirildi.   

“SHo'rtan-2003” – CHimkent (Qozoqiston) 6-1
“SHo'rtan-2003” – Namangan  Futbol internati (Namangan) 2-1
“SHo'rtan-2003” –“Nasaf-2003”  (G'uzor) 0-5
“SHo'rtan-2003” –“Guliston”  (Sirdaryo) 4-1
“SHo'rtan-2003”-“Jizzax” (Jizzax) 2-1




Fahriddin CHoriev   

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика